П = 3600Fv k (4.54)
к.тех л заг V /
Bunda, F - lentada joylashgan kon massasining ko’ndalang kesim yuzasi, м2;
- konveyer lentasining harakatlanish tezligi, m/s (4.11-jadv.); кзаг =0,8-1 - lentani yuklash koeffitsiyenti.
Lentada joylashgan kon massasining ko’ndalang kesim yuzasi (м2) uning tuzilishiga bog’liq va A.O. Spivakovskiy formulasi bilan aniqlanadi:
F = КакК.р(0.9Вл -0.05)2 (4.55)
Bunda, B - lenta kengligi ( B > 2dmax+200mm shartni qanoatlantirishi lozim), m;
dmax - tashiladigan kon massasining maksimal bo’laklar kattaligi, mm; k - rolik tayanchlarning tuzilishini inobatga olovchi koeffitsiyenti (bitta rolikli
tayanchlar uchun kKp =0,07-0,09; uch rolikli tayanchlar uchun kKp =0,13-0,17); кнак - konveyer qiyalik burchagini inobatga oluvchi koeffitsiyent.
4.11-rasm. Karyer bo’ylab qoplovchi tog’ jinslarini qazib olingan maydonlarga tashish sxemasi:
1 - ekskavator; 2 - yuklash uskunasi; 3 - zaboyda harakatlanadigan konveyer; 4 - qiya konveyer; 5 - yuklash uskunasi; 6 - yarim turg’un konveyer; 7 - o’zi yurar qayta yuklagich; 8 - ag’darmada harakatlanadigan konveyer; 9 - bo’shatish uskunasi; 10 - ag’darma hosil qilgich.
кнж koeffitsiyenti quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi:
Konveyerning qiyalik burchagi, gradus
|
<10
|
12
|
14
|
16
|
18
|
20
|
кнак koeffitsiyenti
|
1
|
0.97
|
0.95
|
0.92
|
0.89
|
0.85
|
4.12-rasm. Qoplovchi tog’ jinslarini tashqi ag’darmalarga tashish sxemasi:
1 - rotorli ekskavatorlar; 2 - qayta yuklagichlar; 3 - zaboy konveyer; 4 - qiya konveyer; 5 - magistral konveyeri; 6 - ag’darma konveyeri; 7 - ag’darma hosil qilgich.
Soatlik unumdorlik, м3
|
Tog’ jinsini tashishda lentaning harakatlanish tezligi (m/s)
|
Maydalangan
|
Qoyali
|
400-750
|
2-4
|
1.5-2.5
|
1000-2200
|
3-4
|
2-3
|
2500-5000
|
3-5
|
2.5-4
|
4000-8500
|
4-7
|
2.5-4.5
|
KOMBINATSIYALASHGAN KARYER TRANSPORTI
Katta karyerlarda maksimal unumdorlikka faqatgina bir necha karyer transportlaridan foydalangan holda erishish mumkin (kombinatsiyalashgan transport), ya’ni kombinatsiyaga kiruvchi har bir transport o’ziga mos keladigan foydalanish holatlarida foydalaniladi.
Texnologik o’ziga xoslikni hisobga olgan holda karyer transporti zanjirida uchta zvenoni ajratish mumkin:
Ishchi gorizontlar va bog’lovchi bermalar bo’yicha tashish;
Qiya kon lahimlaridan boshqaruvchi yuzalar bo’yicha tashish;
Yuza bo’yicha tashish.
Birinchi zvenoning transportlari bevosita qazib olish zaboylariga xizmat qiladi. U qazib olish mashinalarining yuqori unumdorligini ta’minlash uchun, qazib olishning to’liq bo’lishi uchun va foydali qazilmaning kerakli sifatini ta’minlashi uchun katta manyovrga ega bo’lishi kerak. Ikkinchi zvenoning transporti qisqa qiya yo’l uchastkalari bo’yicha harakatni ta’minlashi kerak. Uchinchi zveno transporti nisbatan gorizontal bo’lgan va uzoq masofalarga tashishga xizmat qiladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, karyerda kon massasini tashishda turli yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallardan foydalanish ma’qul (birinchi
zveno). Kon massasini gorizontdan yuqoriga tashishida (ikkinchi zveno) asosan skipli, konveyer va avtomobil ko’targichlardan foydalanilganda katta unumdorlikka erishiladi. Kon massasini yuqoriga tashishda (uchinchi zveno) temiryo’l va konveyer transporti qo’llamladi.
Ko’pincha avtomobil va temiryo’l transporti kombinatsiyalari qo’llaniladi. Kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklash nuqtalarigacha tashiladi (4.13-rasm.) va u yerdan temiryo’l transporti yordamida ag’darmalar yoki boyitish fabrikalarigacha tashiladi. Bu holatda qayta yuklash nuqtalari yoki karyer ichida, yoki bevosita karyer yonida joylashgan bo’lishi mumkin. Avtomobil-temiryo’l transporti kombinatsiyasini ishchi qayta yuklash nuqtalari bilan yuqori unumdorlikka ega karyer va 150m gacha bo’lgan chuqurligida va temiryo’l transportining karyerning yuqori gorizontlarida joylashuvida qo’llash mumkin. Bu kombinatsiyalashgan transport turi Lebedinskiy, Mixaylovskiy, Sokolovsko-Sarbayskiy karyerlarida qo’llanilmoqda.
Avtomobil transporti va konveyer qayta yuklagichlari kombinatsiyasida qayta yuklash nuqtalarida katta bo’laklarni maydalash uskunalarini o’rnatish kerak bo’ladi. Maydalab qayta yuklash nuqtalari karyerning konstentratsion gorizontlarida o’rnatiladi va bir nechta ishchi gorizontlarga xizmat ko’rsatadi. 70-100m chuqurlik orasida ular pastda joylashgan gorizontlarga ko’chiriladi.
4.13-rasm. Avtomobil-temir yo’l transportida qayta yuklash nuqtalari sxemasi:
10>
Do'stlaringiz bilan baham: |