Morfologik tahlilda qo’shimchalar kombinatsiyasi


GM tarkibi. Kategorial, yondosh va hamroh ma'no



Download 163 Kb.
bet4/11
Sana10.06.2022
Hajmi163 Kb.
#650697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Morfologik tahlilda qo’shimchalar kombinatsiyasi

GM tarkibi. Kategorial, yondosh va hamroh ma'no. Grammatik ma'no tarkibi murakkabdir. Masalan, son kategoriya­sining UGMsi predmetning miqdoriy va sifatiy tavsiflarini berish-dan lborat, bu umumiy kategorial ma'no son kategoriyasining [0] shaklida «miqdoriy aniqlik-noaniqlik va sifatiy bo'linmaslik», [-lar] shaklida "miqdoriy noaniq ko'plik va sifatiy bo'linuvchan va bo'linmaslik" kabi har bir shaklga ixtisoslashgan ko'rinishlarga ega bo'lib, ularni sifat va miqdor kabi turlarga ajratish mumkin. Son kategoriyasining nomidan ma'lumki, u miqdor ifodalashga ixtisoslashgan morfologik hodisadir Shuningdek, uning UGMsida "noaniq", "aniq", "sifat", "bo'linuvchan", "bo'linmas" kabi unsur-lar bevosita kategoriya markazidagi "miqdor" unsuriga bevosita daxldor emas. Biroq "bevosita daxldor emaslik"ni u UGMdan tashqari deb tushunmaslik kerak. Chunki, deylik, [-lar] shakli miqdor (ya'ni ko'plik) ifodalar ekan, u bir paytning o'zida o'z-° zidan yuqorida zikr etilgan "bo'linuvchanlik - bo'linmaslik", noaniq" kabi belgilarini ham lfodalab yuboradi. Demak, son ^tegoriyasi shaklida miqdor belgisi har doim sifat belgisi bilan baqamti yashaydi, u bilan dialektik bog'lanishda turadi. Boshqacha aytganda, miqdor belgisi hech qachon sifat belgisisiz yuzaga chiqmaydi. Nutqda bu ma'nolardan birining kuchayishi boshqa- sining.susayishiga, boshqasining kuchayishi birinchisining susayi-shiga olib keladi. Masalan, Do'konda suvlar bor gapida [-lar] shakli miqdony belgi ham (ya'ni «ko'plik»), sifatiy belgi ham («bo'linuvchanlik», «har xil») ifodalanmoqda. Bunda sifatiy belgi ustuvorhk kasb etib, miqdor belgisi kuchsizlanganhgi sezilib turadi. Lekin baribir «ko'plik» yuzaga chiqmoqda. Ma'lum bo'ladiki, grammatik shakl UGMsi tarkibiy qismlaridan biri uning mohiyati bo'lsa (masalan, sonda «miqdor»), boshqalari unga yondosh, mohiyatga mansub bo'lmagan, biroq u bilan dialektik yaxlitlik kasb etgan ma'nodir (masalan, sonda «bo'linuvchanlik»). Shuning uchun grammatik shakl UGMsi tahlilida kategorial ma'no va unga yondosh hodisalar farqlanadi.
Kategorial va yondosh ma'no har bir grammatik shaklda mavjud.
Grammatik shakllar nutqda ba'zan UGMsida bo'lmagan ma'nolarni ham voqelantiradi. Masalan, biz ko'rib o'tgan [-lor] shakli nutqda «hurmat» ma'nosini ifodalashi ham mumkin. Bu ma'no shaklning UGMsi tarkibiga kirmaydi. U UGM bilan birga yuzaga chiqishi ham, chiqmasligi ham mumkin. Bunday ma'no hamroh ma'no deb yuritiladi. Demak, kategorial ma'no shaklning mohiyati va UGMning asosidir. Yondosh ma'no UGMga kirsa-da, mohiyat tarkibiga kirmaydi. Hamroh ma'no esa shakl mohiyatiga ham, UGM tarkibiga ham kirmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: 1. Aqllari bormi? - ukasiga istehzoli kuldi Salim. U kishining Jikrlari bizga ma 'qul. Birinchi gapda aqllari so'zshaklining [-lari] egalik qo'shimchasida "kesatish" ma'nosi ham (aslida aqling), «II shaxs, birlik» ma'nosi ham anglashilmoqda. «Kesatish», umuman. egalik kategoriyasi UGMsi daxldor emas. Lekin "II shaxs birlik" ma'nosi bu kategoriyamng [- (i)ng] shakliga xos kategorial ma'no bo'lib, [-lari] shakli bu ma'noni ifodalash uchun xoslangan va UGM ko'rinishiga vaqtincha "yopishgan" tajalli hisoblanadi. Uning bunday xususiyatga egaligi ushbu "noqulay" ifodalovchi bilan nutqqa chiqishi uchun zarur nutqiy sharoit, bog'liq qurshov talab qilayotganligi bilan ham belgilanadi. Zero, gapdan muallif gapi ("ukasiga istehzoli kuldi Salim") olib tashlansa, [-lari} shaklidan anglashilayotgan ushbu hamroh ma'no uqilmay qoladi. UGM nutqiy ma'no bo'lmish XGMlarni bosqichli umumlashtirish orqali ochiladi. Bunda XGMdagi o'zi mansub UGMga tegishli bo'lmagan barcha begona tajallilar idrokiy yo'l bilan e'tibordan soqit qilinadi. Quyida [-moqda] hozirgi zamon davom fe'li shakli va umuman zamon kategoriyasinmg UGMsini bosqichli tiklash namunasini beramiz.
1-bosqichda [-moqda] shaklining turli matniy va uslubiy hollarda qo'llanishini tahlil etish asosida bu shaklning nutqiy, matniy ma'no turlari, ya'ni XGMlari aniqlanadi. Shakl XGMlariga misollar keltiramiz. \.Suv egatlarda jildirab oqmoqda. l.Umr o'tmoqdadir. 2. Zamin aylanmoqda mag'rur tebranib. Shakl 1-misolda «ish-harakat nutq paytida davom etayotganligining badiiy uslub nasriy turiga xos obrazli ifodasi», 2-misolda «ish-harakat nutq paytida davom etayotganligining badiiy uslub lirik turiga xos ko'tarinki ifodasi», 3-misolda «ish-harakat nutq paytida davom etayotganligining badiiy uslub lirik turiga xos tantanavor ifodasi» XGMlarini voqelantirgan. Misollarni davom ettirsak, XGMlar soni yana ortib boradi. Biroq umumlashtirish uchun bizga ushbu XGMlar etarli. Ular orasidagi umumiylik «ish-harakat nutq paytida davom etayotganligining ifodasi» bo'lib, XGMlarning qolgan unsurlari farqlardir (1-misolda «badiiy uslub nasriy turiga xos obrazli ifodasi», 2-misolda «badiiy uslub lirik turiga xos ko'tarinki ifodasi», 3-misolda esa badiiy uslub lirik turiga xos tantanavor ifodasi»). Farqlar e'tibordan soqit qilinib, ulardagi bir xillik (umumiylik)lar ajratib olinadi. Farqlar shu bosqich uchun qiymatga ega bo'lsa, bir xilliklar yuqori bosqich qiyoslashlari uchun ahamiyat kasb etadi.
2-bosqichda [-moqda] qo'shimchali zamon shakli birmchi bosqich xulosalari asosida [-(a)y] qo'shimchali hozirgi -kelasi zamon, [-yap] qo'shimchali aniq hozirgi zamon, [-yotir] qo'shim­chali hozirgi zamon shakli kabi barcha hozirgi zamon turlari bilan munosabatlarda ko'rilib, shu asosda [-moqda], [-yotir], [-yap], [-(a)y] qo'shimchali hozirgi zamon shakllarining mohiyati -UGMlari ochiladi. Keyingi bosqich uchun farqlar e'tibordan soqit qilinib, ulardagi bir xillik(umumiylik)lar ajratib olinadi. Bu bir xilliklargina keyingi bosqich qiyoslashlari uchun ahamiyatli bo'ladi.
3-bosqichda awalgi bosqich xulosalari asosida hozirgi zamon shakllari umumiylik sifatida olinib, uning kelasi zamon shakllari umumiyligi bilan aloqa-munosabatlari, o'xshash va farqh jihatlari oydinlashtiriladi. Joriy bosqich uchun ulardagi farqlar, keyingi bosqich uchun bir xillik(umumiylik)lar ahamiyatli bo'ladi.
4-bosqichda oldingi bosqich xulosalan asosida «sodir bo'lmagan va bo'layotgan harakat-holat»ni lfodalovchi o'tgan zamon shakli bilan munosabatlan tekshirilib, hozirgi-kelasi va o'tgan zamon shakllarining UGMlari ochiladi.
5-bosqichda 4-bosqich xulosalan asosida hozirgi, kelasi va o'tgan zamon shakllari ma'noviy xususiyatlari bilan munosabat-larini aniqlash asosida zamon va mayl kategoriyalarining UGMlan tiklanadi.
Xususiylikdan umumiylikka qarab yo'naltirilgan bu tadqiq jarayonida har bir bosqichga o'tish bilan xususiyliklarning zamiri-dagi UGMga chuqurlashib boriladi. Chunki [-moqda] qo'shimchali zamon shaklinmg nutqiy voqelanishlarida zamon kategoriyasi LJGMsiga xos hozirgi-kelasi zamon shakli UGMsi ko'rinishinmg hozirgi zamon UGMsi ko'rinishchasiga mansub running bevosita kuzatishda berilishini ko'ramiz va bu XGMlarda barcha oldingi bosqichlar UGMlari zarralari mavjud bo'ladi. Shuning uchun [-moqda] qo'shimchali zamon shaklining ziddiyatlari va UGMsi faqat 2-bosqichdagina ochilishi mumkin. 3-bosqichda [-moqda] va [-(a)y\, [-yap-] qo'shimchali zamon shakllari mustaqil til birliklari sifatida emas, balki hozirgi zamon shaklining variantlari sifatida yuzaga chiqadi. Bu pog'ona qancha yuqorilasa, xususiy ko'rinish-lar shunchalik katta guruhlarga birlashib, o'z mustaqilliklarini yo'qotib, umumlashib boraveradi. Shu boisdan grammatik shakl-larning ma'noviy xususiyatlari haqida gapirganda tekshirish qaysi bosqichda olib borilayotganligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish