GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida. Grammatik shakllarning fahmiy his qilinadigan alohida ma'nolari xususiy grammatik ma'no deyiladi. Masalan, egalik qo'shimchalan umuman «keyingi so'zni oldingi so'zga bog'lash» mohiyatiga ega. Bu umumiy grammatik ma'no (qisq.UGM) bo'lib, u, masalan, nutqiy birlik bo'lgan Salimning kitobi birikuvida «kitob so'zim Salim so'ziga bog'lash», daftarning varag'i birikuvida esa avaraq so'zini daftar so'ziga bog'lash» tarzida xususiylashgan. Bu tipdagi ma'nolar tilshunoslikda xususiy grammatik ma'no (qisq.XGM) termini bilan yuntiladi. UGM lisoniy tabiatli bo'lib, lisoniy birliklarga xos barcha belgilarga, XGM esa nutqiy ma'no bo'lgan-ligi uchun nutqiy birliklarga xos belgilarga ega (Bu haqda «Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursining «Kirish» qismida tanishgansiz.). UGM umumiy, mavhum, zaruriy, barqaror, invariant, uzual, ijtimoiy bo'lsa, XGM bu belgilarning aksi bo'lgan xususiylik, aniq, tasodifiy, beqaror, okkozional, individual kabi belgilarga ega.
UGM va XGM xususiyatlarini idrok etish uchun barcha borliq hodisalarida umumiy yashash qonuniyati bo'lgan umumiylik va xususiylik tushunchalari munosabatim yaxshi bilish lozim.
Biz ko'ra oladigan, seza oladigan, o'lchay oladigan narsa-larning barchasi xususiylikdir. Hovlimizda o'sib turgan har bir daraxt xususiylikka misol bo'la oladi. Biroq ongimizda umuman daraxt tushunchasi ham bor. Umuman daraxtning mohiyati «tana-sidan shoxlanuvchi yirik o'simlik»dir. Umuman daraxt ko'rib bo'l-masligi, sezib bo'lmasligi, o'lchab bo'lmasligi, mevali-mevasizligi, katta-kichikligi noaniqligi bilan muayyan daraxtdan farq qiladi.
Umuman daraxt abstrakt tushunchadir. U borliqdagi daraxtlarning o'sishi, rivojlanishi, kesilishi, qurishi yoki yonib ketishiga befarq holda ongimizda o'zgarmay, bir xil turaveradi. Bu umumiylikning barqarorlik, o'zgarmaslik belgisidir. Demak, xususiylik sifatidagi
muayyan daraxt o'zgaruvchan, o'tkinchi, atrof-muhitga bog'liq, takrorlanmas bo'lib, barcha belgilari bilan umuman daraxtga zid turadi. Shu o'rinda xususiy daraxtning takrorlanmasligiga diqqatni qaratmoqchimiz. Bir daraxt qurisa, uni qayta ekib, o'stirib bo'l-maydi. O'rniga ekilgan daraxt esa uning takrori emas, balki yangi daraxtdir. Umuman daraxt o'z belgilarini har bir yangi daraxtda takrorlayveradi. Masalan, biz yuqonda keltirgan «tanasidan shoxlanuvchi yirik o'simlik» umumiyligi har bir xususiy daraxtda ko'ri-nish beradi. Umuman daraxt bitta, xususiy daraxtlar esa cheksizdir.
Umumiyliklar mayda-chuyda ahamiyatsiz belgilarga befarqdir. Masalan, xususiy daraxtning katta-kichikligi, yosh-qariligi, mevali-mevasizligi, madaniyligi yoki yowoyiligi umumiy daraxt uchun ahamiyatsizdir. Zero, uning mohiyati «tanasidan shoxlanuvchi yirik o'simlik» bo'lib, bunda biz hozirgina sanagan belgilardan xususiy daraxtga xos birortasi ham yo'q.
UGM va XGM munosabatini xuddi shunday idrok etmoq lozim bo'ladi.
Nutqiy birliklarda turli lisoniy umumiyliklarning belgilari mujassamlanganligi, qorishganligi kabi, XGMlar ham o'zida o'zi mansub UGM zarralari bilan birgalikda boshqa lisoniy zotlarning zarralarini ham o'zida birlashtirgan. Masalan, egalik qo'shimcha-sining ukitob so'zini Salim so'ziga bog'lash» XGMsida «keyingi so'zni oldingi so'zga bog'lash» UGMsi ko'rinishi bilan birgalikda «qarashlilik» ma'nosi, shuningdek, Salim va kitob leksemalarining (umumiyliklari) zarralari qorishgan holda yuzaga chiqqan.
Grammatik ma'no so'zning grammatik shakli bilan va undan xoli holdagi holatidan, ya'ni o'zak-negizidan anglashilgan-ligi kabi UGM va XGMlar ham ikki xil tabiatlidir. Masalan, «predmetlik» ot turkumining, «jarayonlilik» fe'l turkumining, «belgi» sifat turkumining grammatik shaklsiz ifodalanadigan UGMsidir. Bu Salimning kitobidir gapidagi kitob so'zinmg «Salimga tegishli o'qish uchun mo'ljallangan predmetni ifoda-lovchi turdosh ot» ma'nosi bu so'zning grammatik shaklsiz ifodalanadigan XGMsidir.
UGM va XGM grammatik shakllarda o'ziga xos tarzda narnoyon bo'ladi. Har bir grammatik kategoriyaning ma'nosi uning shakllarining ma'nosiga nisbatan UGMdir. Masalan, barchakelishik shakllari uchun umumiy bo'lgan «oldingi rnustaqil so'zni keyingi mustaqil so'zga bog'lash» ma'nosi kelishik kategonya-sining UGMsidir. Bu kategorial umumiylik alohida shakllarning ma'nosiga nisbatan belgilanadi. Boshqacha aytganda, kelishik kategonyasining yuqorida aytilgan UGMsi uning tarkibiga kiruv-chi 6 ta kelishik shakJining ma'nosidan sintezlanadi, ya'ni keltirib chiqariladi.
Har bir kelishik shaklinmg ma'nosi undan quyidagi ma'nolarga nisbatan UGM hisoblanadi. Masalan, qaratqich kelishi-gining UGMsi oldingi ism turkumiga kiruvchi so'zni keyingi ism turkumiga kiruvchi so'zga bog'lashdir. UGM har doim ham quyi ma'nolarga nisbatan olinadi. Masalan, kelishik kategoriyasi UGMsi quyidagi kelishiklaming ma'nosiga nisbatan olinsa, har bir kelishikning UGMsi undan quyidagi bu kelishik UGMsining «parchalari»ga nisbatan olinadi. Chunki ota farzandiga nisbatan ota, otasiga nisbatan farzand bo'lganligi kabi kelishik kategoriyasi UGMsi haqida gap ketayotganda har bir kelishikning ma'nosiga nisbatan UGM termini qo'llanilmaydi. Kategonya va shakl ma'nosi hamda uning xususiy ko'rinishi haqida bahs ketganda ularni qanday baholash muammosi ham bor. Bunda dialektikaning umumiylik-maxsuslik-alohidalik kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo'ladi. Tilshunoslikda grammatik ma'noga nisbatan bu umumiy grammatik ma'no-oraliq grammatik ma'no(qisq.OGM)-xususiy grammatik ma'no tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli ma'nosini olaylik. Kelishik kategonyasining «oldingi mustaqil so'zni keyingi mustaqil so'zga bog'lash» , tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe'lga vositasiz to'ldiruvchi sifatida bog'lash» va tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo'lmish kitobni o'qimoq birikuvida voqelangan «kitob so'zini o'qimoq so'ziga vositasiz to'ldiruvchi sifatida bog'lash» nutqiy ma'nosi yaxlitlikda olinganda UGM-OGM-XGM munosabatidadir. Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so'zni keyingi mustaqil so'zga bog'lash» ma'nosi tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe'lga vositasiz to'ldiruvchi sifatida bog'lash» ma'nosiga nisbatan UGM maqomida bo'lib, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo'lmish kitobni o'qimoq birikuvida voqelangan «kitob so'zini o'qimoq so'ziga vositasiz to'ldiruvchi sifatida bog'lash» nutqiy ma'nosi XGMdir. Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe'lga vositasiz to'ldiruvchi sifatida bog'lash» ma'nosi esa UGM va XGM orasida turganligi hamda ularni bog'lovchi bo'g'in bo'lganligi uchun OGM maqomidadir. OGMning mavqei nisbiy-dir. Masalan, kelishik kategonyasining UGMsi e'tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum kelishigi va uning quyi ma'nolan haqida ketsa, mazkur OGM UGM sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan XGMsi e'tibordan soqit qilinib, so'z kelishik kategoriyasi va tushum kelishigi munosabati xususida ketsa, bunda OGM ushbu UGMga nisbatan XGM sifatida ham qaralishi ham mumkin.
Demak, borliq hodisalari umumiylik-maxsuslik-xususiylik (alohidalik) munosabatida bo'lganligi kabi grammatik ma'no ham umumiy grammatik ma'no-oraliq grammatik ma'no-xususiy grammatik ma'no ko'rinishlanga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |