Monoduragay chatishtirish



Download 21,3 Kb.
Sana12.04.2017
Hajmi21,3 Kb.
#6643

WWW.UZREFERAT.UCOZ.NET

Monoduragay chatishtirish

Mendel o’z tajribalarini irsiy jihatdan toza, ko’zga yaqqol tashlanadigan belgilari bilan o’zaro keskin farq qiluvchi no’xot o’simligining turli navlari ustida olib bordi. Monoduragay chatishtirish yo’li bilan irsiyat qonunlarini o’rganish sohasidagi uning ishlarining mohiyatini quyidagi misolda namoyish qilish mumkun.



Mendelning birinchi qonuni. Mendel no’xotning guli qizil va oq navlarini chatishtirib birinchi avlod (F1) duragay o’simliklarini oldi. Ularning hammasida gulning qizil rang belgisi ustunlik qildi. Bunday belgi dominanat belgi deb ataladi. Gulning oq rang belgisi esa butunlay rivojlanmadi. Uni ressesiv belgi deyiladi.

Bayon etilgan irsiy jarayon Mendelning birinchi qonunining mazmunini tashkil etadi. Bu qonunni birinchi avlod duragay organizmlarining bir hilligi yoki dominantlki qonuni deb ataladi.



Mendelning ikkinchi qonuni. F1 o’simliklari o’z-o’zidan chatishtirilib olingan ikkinchi avlod (F2) duragay o’simliklarini tahlil qilish natijasida, ularda gul rangi bo’yicha xilma-xillik xodisasi borligi aniqlandi. Ularning orasida qizil gulli o’simliklardan tashqari oq gulli o’simliklar ham paydo bo’ldi. Ularning miqdoriy nisbati 3:1 holatda bo’ladi. Bu irsiy jarayon Mendelning ikkinchi qonuni yoki belgilarning F2 ajralish qonuni deb ataladi.

Ikkinchi avlod duragay o’simliklaridan namoyon bo’lgan belgilarning kelgusi avlodlarda irsiylanishini aniqlash uchun Mendel F2 dagi har qaysi qizil va oq gulli o’simliklarni o’z-o’ziga chatishtirib, ularning F3 dagi avlodini alohida tekshirdi. Buning natijasida F2 dagi oq gulli o’simliklar F3 da o’zgarmay saqlanib qolganligi aniqlandi. Demak, F2 dagi oq gulli o’simliklar ushbu ressesiv belgi bo’yicha irsiy jihatdan tozaligi bilindi. F2 dagi qizil gulli o’simliklarning uchdan bir qismi F3 da ham faqat qizil rangli gulga ega bo’lgan o’simliklar berdi. Boshqacha qilib aytganda, bu guruhdagi F2 ning qizil gulli o’simliklari ushbu belgi bo’yicha irsiy tozaligi ma’lum bo’ldi.

F2 ning qizil gulli o’simliklarining uchdan ikki qismida kelgusi avlodda (xuddi F2 dagiga o’xshash) xilma-xillik, yani ajralish kuzatilib, 3 qism qizil gulli va 1 qism oq gulli o’simliklar paydo bo’ldi. Xo’sh F1 dagi dominant belgiga ega bo’lgan o’simlik nima sababdan F2 da xilma-xillik beradi? Bu muammoni echish uchun Mendel gametalar sofligi gipotezasini ilgari surdi. Bu gipotezaga binoan har qanday organizmda belgi va hususiyatlarni avloddan-avlodga tashib yuruvchi irsiyatning moddiy asosi bor. Mendel uni irsiyatning omillari (faktorlari) deb nomladi va ularni lotin alifbosining ayrim hariflari bilan ifodalashni taklif etdi. Dominant belgilarning omillarini bosh harif bilan ifodalashni taklif etdi. Dominant belgilarning omillarini bosh harf bilan, ressesiv belgilarning omillarini esa kichik harf bilan izohlash zarurligini takidladi. Mendel kashif etgan irsiyat omillari keyinchalik “gen” deb atala boshlandi.

Ona o’simligi: qizil gulli no’xot genotipi AA, ya’ni dominant gomozigotali organizm. Shuning uchun u ham bir hil, lekin bittadan ressesiv a geniga ega bo’lgan gametalar hosil qiladi. Ularning 50% A geniga, qolgan 50% a geniga ega bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, ularning guli bir hil qizil rangda bo’ladi.

Ikkinchi avlod duragayi (F2) F1 o’simliklarini o’z-o’ziga chatishtirib olinadi. Shuning uchun uning gametalari quyidagi 4 xil variantda uchrashib, qo’shilib zigotalar, yani F2 o’simliklarini hosil qiladi: AA, Aa, aA, aa. Ularni uchta guruhga bo’lish mumkun: 1. AA – dominant gomozigotali guruh. Ular F2 o’simliklarning ¼ qismini tashkil etadi.

Qisqacha qilib F2 dagi genotipik ajralishni shuday ifodalash mumkun:

1 AA : 2 Aa : 1aa. No’xat gulining rangi to’liq dominantlik holatida irsiylangani sababli F2 da fenotib bo’yicha 2 ta guruh o’simliklar ajralib chiqadi. Ularning ¾ qizil va 1/3 qismi oq gulli o’simliklar bo’ladi.

F2 dagi gomozigotali o’simliklar (AA va aa) keyingi avlod (F3) da aralash bermaydi, getorozigotali (Aa) o’simliklar esa tana IAA:2Aa:Iaa guruhlariga ajralish beradi.

Ressesiv (a) geni F1 da getorazigota (Aa) holatida bo’lib uning fenotipida nomoyon bo’ladi. Bo’lmasa ham o’zining yaxlitligi, sofligini ya’ni diskretligini saqlab qoladi. Shuning uchun ham ressesiv “a” geni F2 ressesiv gomozigota (aa) holatiga kelib, ular gulining oq rangda bo’lishini tamin etadi. Bu qonuniyat Mendelning gametalar sofligi nazariyasining mazmunini tashkil qiladi.

Mendel no’xat o’simligi urug’i rangining sariq-yashil bo’lishi, urug’ shaklining tekis-burishgan bo’lishi kabi belgilarining ham irsiylanishi yuqorida bayon etilgan qonuniyatlarga bo’ysunishini isbotladi.

Mendel tajribalarida no’xot o’simligi gulining qizil rangi oq ranga, urug’ining sariq bo’lishi yashilga va uning silliq bo’lishi esa burishgan belgiga to’liq dominantlik holatida irsiylanishi ko’rsatilgan. Bundan keyingi tadqiqotlar natiyjasida organizm belgilarining irsiylanishida yana bir holat – to’liqsiz (chala) dominantlik ham namoyon bo’lishi mumkunligi isbot etadi. To’lioqsiz dominantlik hodisasiga g’o’za tolasi rangining irsiylanishini misol qilib keltirish mumkun.

G’o’zaning tolasi malla rang va oq rang bo’lgan liniyalarinin o’zaro chatishtirib olingan birinchi avlod duragay o’simliklarda tola rangi oraliq holatda, novvot rangda bo’ladi. Ularning ikkinch avlodida esa bu belgi bo’yicha hilma-hillik (ajralish) sodir bo’ladi. F2 o’simliklarini tola rangi bo’yicha uchta guruhga bo’lish mumkun: malla rang, novvot rang va oq rang tolaga ega bo’lgan o’simliklar. Bu uch guruh o’simliklarning miqdoriy nisbati. Fenotib va genotib jihatdan 1:2:1: holatida bo’ladi.

F2 ning malla rang va oq rang tolali o’simliklari F3 avlodida ajralish bermaydi. F2 ning novvot rang tolali o’simliklari esa F3 (F2 dagi kabi) tola rangi bo’yicha 1:2:1 nisbatda ajralish beradi.

Qorako’l qo’ylarida teri (mo’yna) rangining qora bo’lishi uning oq rangda bo’lishiga nisbatan to’liq dominantlik holatida irsiylanishi aniqlangan.

Qoramollarda esa terining qizil rangda bo’lishi, uning oq rangda bo’lishiga nisbatan to’liqsiz dominantlik holatida irsiylanishi ko’rsatilgan.

To’liq dominantlik holatidagi irsiylanishda F2 duragay o’simliklari 2 ta fenotipik guruh (3:1), to’liqsiz dominantlik holatida esa 3 ta fenotipik (1:2:1) guruh hosil etadi. Chunki ularda dominant gomozigotali (AA) o’simliklar tashqi ko’rinishidan geterozigotali (Aa) o’simliklardan farq qiladi. Ularda genotipik guruhlarning soni va miqdoriy nisbati bir hil, ya’ni 1AA:2Aa:1aa tarzida bo’ladi.

Mendel tadqiqotlarining samaradorligini tamin etgan omillar uning o’z ishlarida matematik usullar va simvollardan keng foydalanganidir. Buning uchun duragaylarning bir necha avlodlarida o’z belgilari bo’yicha ota va ona organizmlarga o’xshash va ulardan farq qiluvchi xisoblash, ularning miqdoriy nisbatini aniqlash shundan dalolat beradi.

Tahliliy chatishtirishva gametalarning sofligi gipotezasi. To’liq dominant holatda irsiylanuvchi belgilar bo’yicha dominant gomozigotali (AA) va getora zigotali (Aa) organizmlarni tashqi ko’rinishiga, ya’ni fenotipiga qarab bir-biridan farq qilib bo’lmaydi. Mendel bunday fenotipi bir hil, genotipi har xil organizmlarning irsiy asoslarini aniqlashning samarali usulini yaratdi. Bu usul tahliliy chatishtirish yoki bekkross deb yuritiladi. Buning uchun tekshirilayotgan o’simlik, masalan no’xatning qizil gulli F1 duragay o’simligi, gulining rangi oq, genotipi ressessiv gomozigotali (aa) no’xot o’simligi bilan qayta chatishtiriladi, ya’ni bekkross qilinadi. Olingan tahliliy bekkross (FB) avlodlarida gul rangining irsiylanishi tahlil qilindi.

Ona organizmi qizil gul rangi bo’yicha geterozigotali F1 o’simligi ikki hil gametalar hosil qiladi. Ularning 50% yagona dominant A geniga, qolgan 50% esa yagona ressesiv a geniga ega. Ota o’simligi (guli oq) esa ressesiv gomozigotali (aa) bo’lgani uchun faqat bir hil, ya’ni o’zida a geni bo’lgan gametalar hosil qiladi. Ular o’zaro urug’lanib FB da ikki guruh: 50% qizil gulli (Aa) o’simliklar va 50oq gulli (aa) o’simliklar hosil qiladi.

No’xot gulining oq bo’lishini taminlaydigan resessiv a geni F1 da getorazigota (Aa), ya’ni yashirin holatda bo’lsa ham o’z sofligini saqlab qoladi. Uning gametaga o’tib va u orqali zigotaga o’tib, ressesiv gomozigota (aa) holatiga kelganda, gulning rangi oq bo’lgan o’simlik hosil bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan fikr va dalillar Mendel ilgari surgan g’oya – gametalarning sofligi gipotezasining mohiyatini tashkil qiladi. Gametalarning sofligi gipotezasinning asosida genlarning sofligi, ularning bir butun, turg’un irsiy birlik ekanligi haqidagi g’oya yotadi.

Organizmdagi bir belgi, masalan, no’xot guli rangining qizil yoki oq bo’lishini belgilovchi juft genlar genetikada allel genlar deb ataladi. Mendel kashf etgan birinchi va ikkinchi irsiyat qonunlari, alllel genlarning (A-a) faoliyati va ularning o’zaro ta’sirining fenotipik rivojlanish natijasini aks ettiradi.



Monoduragay chatishtirishda irsiylanishning sitologik asoslari.

Mendel hali hujayralarning mitoz va meyoz bo’linishi kashf qilinmagan davrda duragaylarning ikkinchi va keyingi bo’g’inlaridagi holatini o’zining gametalar sofligi gipotezasi bilan to’g’ri tushuntirib berdi. Mitoz va meyoz bo’linishi ixtiro qilingandan keyin Mendelning gametalar sofligi gipotezasi ilmiy jihatdan to’g’ri ekanligi isbotlandi. Bu qonuniyat gametalar sofligi gipotezasi bo’yicha dominant va ressesiv irsiy omillar genlarning gametalarga tarqalishi bilan meyoz bo’linishda gomologik xromosomalarning gametalarga tarqalishi jarayonida uyg’unlik borligida namoyon bo’ladi. Bu uyg’unlikni quyidagicha izohlash mumkun.

Tana hujayralarining genotipi tarkibidagi genlar juft – juft bo’lib, allel genlardir.

Tana hujayralaridagi kariotip tarkibiga kiruvchi xromosomalar ham juft – juft bo’lib, ular gomologik xromosomalar deb ataladi. Tana hujayrasidagi juft allel genlar jinsiy hujayralarga ayrim – ayrim, alohida holatda bo’ladi. Tana hujayralarida juft gomologik xromosomalar ham meyoz bo’linish natijasida hosil bo’luvchi gametalarga alohida o’tadi. Onalik va otalik jinsiy hujayralari qo’shilib, zigota hosil qilganda allel genlarning va gomologik xromosomalarning juftligini tiklanadi.

Agar F1 o’simliklari o’z – o’ziga chatishtirilsa F2 da xromosomalar bo’yicha ajralish quyidagicha bo’ladi: ¼ qism o’simliklarda bir juftdan qizil xromosoma, ¼ qism o’simliklarda bir juftdan ko’k xromosoma va qolgan 2/4 qism o’simliklarda esa bittadan qizil va bittadan ko’k xromosomalar bo’ladi. Irsiy omillar bo’yicha, ilgari aytilganidek F2 da ajralish 1AA:2Aa:1aa xolatida bo’ladi.

Qayd etilgan dalillarni Mendel kashf etgan 1 va 2 irsiyat qonunlarining stologik asosi deb qabul qilish mumkun. Chunki, bu dalillar, genlar xromosomalarda joylashgan, degan fikrni oldinga surish imkoniyatini beradi.



Toshkent Pediyatriya Tibbiyot Instituti

qoshidagi 2-son akademik litsey

Mavzu: Monoduragay chatishtirish


Bajardi: Melsov Akbarbek Melsovich

Tekshirdi: ___________________________



TOSHKENT 2010


Download 21,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish