Mendel tajribasi Gregor Johann Mendel



Download 20,55 Kb.
Sana27.04.2022
Hajmi20,55 Kb.
#585537
Bog'liq
Mendel tajribasi


Mendel tajribasi
Gregor Johann Mendel (Řehoř Jan Mendel; 20-iyul 1822, hozirgi Ginchitse, Chexoslovakiya — 6-yanvar 1884, hozirgi Brno, Chexiya) — chex olimi, irsiyat to’g’risidagi taʼlimot asoschisi. Bu taʼlimot uning sharafiga mendelizm deb ataladi. Vena untida erkin tinglovchi bo’lib, fizika, botanika, paleontologiya va analitik kimyoni o’rgangan (1851—53). No’xatning 22 navida duragaylash bo’-yicha tajriba olib borgan (1856-63). M. o’z tajribalari natijasini tabiatni o’rganuvchilar Bryunn jamiyati "Asarlari"da chop ettirgan (1866). U chatishtirilgan o’simliklar belgilarining duragay avlodlarida namoyon bo’lishini kuzatish orqali ayrim belgilarning mustaqil irsiylanishini aniqlagan. Bu qonuniyatlar irsiylanish to’g’risidagi taʼlimotga asos bo’ldi va Mendel qonunlari deb atala boshladi. M. kashfiyotiga uning hayotida eʼtibor berilmagan. 1900-yilda botanik olimlar: nemis K. Korrens, golland X. De Friz va avstriyalik E. Chermak birbiridan mustaqil holda M. kashf etgan qonunlarni qayta ochishdi.Mendel qonunlari - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi to’g’risidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning o’zi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qo’llash orqali olib borilgan ko’p yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel o’z-o’zidan changlanuvchi no’xat o’simligining o’rganilayotgan belgi bo’yicha irsiy toza, ya’ni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga ko’ra keskin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini o’zaro chatishtirgan. Olingan duragay avlodlarda ota-ona o’simligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon qilishini o’rgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan. Mendel organizmlarda ular belgilarining irsiylanishini ta’min etuvchi maxsus irsiy omillar (genlar) mavjudligi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda bo’ladi. Har qaysi irsiy omil dominant yoki retsessiv allel holatda bo’lishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgilarining irsiylanishi va rivojlanishini ta’min etadi. Mendel qonunlari Mendel kashf etgan uchta qonunni o’z ichiga oladi.
Birinchi qonun birinchi avlod duragaylarining o’rganilayotgan belgi bo’yicha bir xilligi qonuni yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel tajribada qizil gulli (genotipi AA) va oq gulli (genotipi aa) bo’lgan gomozigotali no’xat navlarini chatishtirib, birinchi avlod (G’,) duragaylarning hammasi bir xil, ya’ni qizil gulli bo’lganligini kuzatdi. Bu holda no’xat guli qizil fenotiplarning hammasi bir xil — Aa (geterozigota) ge-notipga ega bo’lgan. Qizil rangni belgilovchi gennit oq rang geni ustidan dominantlik qilishi tufayli bu ikki allel geterozigot (Aa) holatida faqat dominant allel fenotipida namoyon bo’ladi.Ikkinchi qonun ota-ona belgilarining ikkinchi avlod (G’2) duragaylarida belgilarning ajralishi, ya’ni ajralish qonuni deyiladi. Mendel no’xatning yuqorida ko’rsatilgan kizil gulli G’, duragaylarini o’zaro chatishtirilganida olingan duragaylarida gul rangi bo’yicha ajralish sodir bo’lishi tufayli olingan o’simliklarning 3/4 qismi qizil gulli, 1/4 qismi esa oq gulli, ya’ni ularning miqdoriy nisbati 3:1 ga teng ekanligi aniqladi.
G’2 da olingan kizil va oq gulli o’simliklar o’zo’ziga chatishtirilganida esa oq gulli o’simliklarning barchasidan faqat oq gulli o’simliklar olingan. Qizil gulli o’simliklarning 1/3 qismidan faqat qizil gulli, 2/3 qismidan esa qizil va oq gulli o’simliklar yana 3:1 nisbatda olingan. Bu holatda naslida ajralish ro’y bermagan retsessiv alleli oq gulli va kizil gulli o’simliklar gul rangi bo’yicha gomozigotali (oq — aa, qizil — AA), naslida ajralish sodir bo’lgan, qizil gulli o’simliklar esa gul rangi bo’yicha geterozigotali, ya’ni Aa bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan, retsessiv va dominant gomozigotali genotipga ega bo’lgan organizmlar o’z-o’ziga chatishtirilganda ular naslida mazkur belgilar bo’yicha ajralish yuz bermaydi. Dominant geterozigot genotipli organizmlarda esa ajralish 3:1 nisbatda sodir bo’ladi; ular genotip bo’yicha 1AA:2Aa:1aa nisbatdagi guruhlarga ajraladi. Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlarini bir juft belgilari bo’yicha bir-biridan farq qiladigan organizmlarga nisbatan tatbiq qilish mumkin.
Uchinchi qonun belgilarning mustaqil irsiylanish qonuni deyiladi. Bu qonun ikki va undan ortiq juft belgilari bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladigan no’xat navlarini chatishtirib olingan duragaylar naslini genetik tahdil qilish natijasida kashf etilgan. Diduragay chatishtirish uchun Mendel rangi va shakli, ya’ni ikki xil belgisi bo’yicha keskin farq qiladigan no’xat navlarini tanlab oldi. Sariq va silliq urug’li no’xat bilan yashil va burishgan urugli no’xat navlarini o’zaro chatishtirib, duragaylarning birinchi avlodi (G’,)da faqat sariq silliq urug’li no’xatlar oladi.
Bu no’xat urug’ining sariq rangi (AA) va silliq shakli (VV) dominant, yashil rangi (aa) va burishgan shakli (vv) retsessiv bo’lishi G’, duragaylarida har ikkala juft belgilar genlari geterozigot (AaVv) holatga o’tishi tufayli faqat dominant belgilar fenotipda namoyon bo’lishi bilan bog’liq, G’, duragaylari birbiri bilan chatishtirilganda G’2 da fenotiplar bo’yicha 4 xil urug’li: sariq silliq (barcha o’simliklarning 16 dan 9 qismi), sariq burishgan (16 dan 3 qismi), yashil silliq (16 dan 3 qismi) va yashil burishgan (16 dan 1 qismi) urug’li o’simliklar olingan.
F2 duragaylari har ikki juft belgilar bo’yicha alohida taxlil qilinsa, u holda sariq va yashil hamda sariq va burishgan urug’li o’simliklar bir xil, ya’ni 3:1 nisbatda hosil bo’lishi aniqlangan. Shunday qilib, 2 juft belgi bo’yicha bir-biridan farq qiladigan diduragay chatishtirishda 2-avlodda har bir juft belgi boshqasidan mustaqil holda irsiylanadi. Shuning uchun ham F2 da ajralish har bir juft belgi bo’yicha 3:1 nisbatda sodir bo’ladi. Har xil juft belgilarning irsiylanishini ta’min etuvchi genlar noallel genlar deb nomlangan.
Genetik va sitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida Mendel qonunlarining umumbiologik qonunlar ekanligi isbotlandi; irsiyat va irsiylanishning yangi qonunlari kashf etildi; genetikada Mendelning nomi bilan ataladigan ta’limot — mendelizm shakllandi.
Download 20,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish