Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili



Download 9,79 Mb.
bet259/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

12.7. Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha foydalanish tahlili
Ishlab chiqarish jihozlaridan vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish tahlilida korxona asosiy fondlari va ularning tarkibida mashina va uskunalar, stanoklar ish vaqtidan foydalanishning darajasiga, quvvatlarning foydali ish koeffitsentlariga, foydalanishning real holatiga baho beriladi.
Mashina va uskunalar ish vaqtidan samarali foydalanishda ularning jami sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibidagi salmog‘iga va ularning ish samarasiga ahamiyat beriladi.
Mashina va uskunalarning jami ishlagan vaqti hamda mashina va uskunalar ish vaqtidan olingan samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil etiladi hamda uni o‘stirishning ichki imkoniyatlari belgilanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ularni tahlil etishning uslubiy asoslarini ko‘rib o‘tish mumkin.
118-jadval Mashina va uskunalardan samarali foydalanish
ko‘rsatkichlari tahlili

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+, –)

Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m hisobida

2113430

2553967

+440537

Ishlangan stanok soatlar, ming stanok soat

128780

120280

-8500

Bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m

16,41

21,23

+04,82

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 440537 ming so‘mga o‘sgan bo‘lsa, buning aksi o‘laroq, jami ishlangan stanok soatlar hajmi 8500 ming stanok soatga qisqargan. Buning natijasida esa bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘tgan yilgi 16,41 ming so‘mdan hisobot yiliga kelib 21,23 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Uskunalar (ishlab chiqarish uskunalari, mashinalar) vaqt jihatdan kalendar, rejim va yillik ish vaqti fondlariga bo‘linadi.
Kalendar vaqt fondi koeffitsiyenti mashina, uskunalarni yil davomida ishlagan vaqt fondini kalendar bo‘yicha vaqt fondiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Uskunalarning rejim vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyentini aniqlash uchun yillik vaqt fondini rejim vaqt fondiga bo‘lish lozim.
119-jadval Xo‘jalik yurituvchi subyektning 1-sexida mashina va uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili





Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish