patent boyicha ixtirolar va selektsiya yutuqlari 5 (besh) yil davomida; dastlabki patent boyicha ixtirolar va guvohnoma boyicha selektsiya yutuqlari, patent boyicha sanoat namunalari 3 (uch) yil davomida; dastlabki patent boyicha sanoat namunasi 2 (ikki) yil davomida.
Litsenziat(litsenziyashartnomasibuyumidanfoydalanishhuquqini olganshaxs)nomoddiyaktivlardanolgandaromadlariundanfoydalana boshlangan davrdan boshlab;
patent boyicha ixtirolar selektsiya yutuqlari 5 (besh) yil davomida; dastlabki patent boyicha sanoat namunasi 2 (ikki) yil davomida; guvohnoma boyicha tovar belgisi va hizmat korsatish belgisi-1 (bir) yil davomida (litsenziar mahsulot ishlab chiqarganda).
Ushbu Soliq kodeksning 58-moddasi "T" bandiga muvofiq jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadiga quyidagilar qoshilmaydi. Patent egasi bolgan jismoniy shaxs (litsenziar) oz ishlab chiqarishida intellektual mulkdan foydalanishdan yoki ularga litsenziyani sotishdan olingan daromad miqdori xarakat muddati darajasida foydalanish boshlangan paytdan, shuningdek litsenziat sanoat mulkidan foydalana boshlangan paytdan:
patent boyicha ixtirolar va selektsiya yutuqlari-5 (besh) yil davomida; dastlabki patent boyicha ixtirolar va guvohnomalar boyicha sanoat namunalari- 3 (uch) yil davomida; dastlabki patent boyicha sanoat namunasi-2 (ikki) yil davomida.
Nomoddiy aktivlaridan foydalanib olingan daromadlar (foyda)dan Soliq Kodeksinig 31-moddasi 13-bandlarida korsatilgan soliq imtiyozlarinig muddatlari tugatilgandan song korxona buxgalteriyasida olingan daromad miqdori aniqlanib, belgilangan foizlarda daromad soligi hisoblab chiqiladi.
Nomoddiy aktivlardan foydalanishdan olinadigan daromadni yalpi daromad miqdoridagi ulushi haqida axborotlarga ega bolish maqsadida yangi schyotlar rejasida alohida schyot ochish kerak deb hisoblaymiz. Ushbu schyotlar rejasida
«Daromadlar va xarajatlar» deb nomlangan 9-bolimidagi 9000-«Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari»ga nomoddiy aktivlardan foydalanishdan olingan daromad ulushini toliq hisobga olish maqsadida 9060-
«Patent yoki litsenziya asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotini kiritishni taklif qilamiz. Ushbu schyotning malumotlari subektning moliyaviy natijalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bolishi mumkin deb hisoblaymiz. Chunki, Soliq Kodeksining 31-moddasiga asosan subekt
schyotida mahsulot (ishlar, hizmatlar) sotishdan kelgan daromadlaridan hisoblanayotgan soliq stavkalaridan malum vaqt davomida tolovlardan ozod qilinadi. Shuningdek Soliq Kodeksining 71-moddasida intellektual mulk obektlariga bolgan huquqlarni olganlik uchun patent boyicha bojlar, royhatga olish yigimlari va litsenziya tolovlar qoshilgan qiymat soligini tolashdan ozod qilingan.
Xojalik subektlari ozlarining mol-mulkidan, shuningdek nomoddiy aktivlariga ega bolganligi uchun, ushbu kodeksning 90-moddasiga asosan, nomoddiy aktivlarining yillik balansi ortacha qoldiq qiymatidan 3,5 foiz miqdorida mol-mulk soligini tolash majburiyatini oladi Tarmoq korxonalarida «Pul oqimlari togrisida»gi hisobotida pul mablaglarining harakatini 9-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti qoidalariga muvofiq tarzda tuzadilar. Mazkur standartning 11- bandida operatsion faoliyatdan pul oqimi subektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi deb belgilanadi va royalti bilan bogliq pul mablaglari tushumi operatsion faoliyatining asosiy pul oqimlari sifatida ifodalanadi. Patent egasi (litsenziar) royalti, "Paushal-tolov» va «plast-kost» korinishidagi (sanoat mulki obektlaridan foydalanish huququni berganligi uchun) litsenziatdan olgan daromadlarini, shuningdek litsenziat esa royalti, «Paushal-tolov» va «plast-kost» korinishidagi (intellektual mulkdan foydalanganligi uchun) litsenziarga tolovlarning umumiy qiymati «Pul oqimlari togrisidagi hisobot» shaklida ham aks ettirilishi lozim. Tomonlar ortasida tuzilgan litsenziya shartnomasiga kora litsenziat litsenziarga qatiy belgilab qoyilgan bir yola yoki davriy shaklda haq tolaydi.
Xojalik subektlarining birlashuvida yoki bir subekt ikkinchi bir subektning sof aktivlari va ishlab chiqarish faoliyati xuquqini sotib olishi oqibatida bir iqtisodiy birlikka qoshilishidan gudvill (Goodwill) paydo boladi.
Gudvillning paydo bolishini quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Gs=(Tp+L)-(Ga+Na);(2.2.1.)
Bu erda: Gs-gudvill sumasi;
Tp-tolanadigan pul mablaglari; L-majburiyatlar;
Ga-joriy aktivlarning bozor qiymati4
Na-uzoq muddatli aktivlarning bozor qiymati.
Korxonalarning birlashuvidan inventarga otgan barcha sotib olingan aktivlar va passivlar konsolidatsiyalashgan va hisobot malumotlariga odatda sotib olish sanasiga bolgan qiymat boyicha kiritiladi. Sotib olish narxini aktivlarning hisob narxidan, shartnoma boyicha otkaziladigan majburiyatlarni chegirib tashlaganda ortiq bolishi gudvill sifatida qayd qilinishi lozim. Sotib olish sanasiga oluvchi korxona tomonidan konsolidatsiyalashgan balans tuziladi va bu asosida ishchi jadvallari tayyorlanadi. Bu ishchi jadvalida balans moddalari va uning qiymatlari, tuzatuvchi yozuvlar keltiriladi: Masalan, bir korxona ikkinchi korxonaning 100 foiz oddiy aktsiyalarini 1500000 somga sotib oldi, bu summa aktivlarning qoldiq qiymatidan 300000 somga kop. Bu ortiq summani birinchi korxona investori quyidagicha ifodalaydi: 180000 som sotib olingan korxonaning aktivlari qiymatini kopaytirish hisobiga va qolgan 120000 som esa investor oladigan gudvill hisobiga. Shuningdek, sotib olish qiymati nominal qiymatidan oshganida amalga oshiriladigan tuzatishlarni korsatuvchi ishchi jadvalini tuzadi.