Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet58/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Debet: 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti -1000000 so’m. Kredit: 6010 «Mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti-1000000

so’m.

  1. Debet: 0430 «Dasturiy ta’minot»- schyoti-1000000 so’m.

Kredit: 0830 «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti -1000000 so’m.

  1. Ta’sischilardan ulush asosida nomoddiy aktivlarning olinishi (er maydonlaridan foydalanish uchun guvohnoma);
    • Dastlabki qiymati:


Debet: 0440 «Er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi»-schyoti-500000 so’m.
Kredit: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari»-schyoti-500000 so’m.
    • amortizatsiya qiymati;


Debet: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi»-schyoti-200000 so’m.
Kredit: 0540 «Er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi»- schyoti-200000 so’m.
    • qoldiq qiymati:


Debet: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar qarzi»-schyoti-300000 so’m.
Kredit: 8510 «Aktivlar qayta baholash bo’yicha, tuzatishlar» schyoti-300000 so’m.
Yuqoridagi buxgalteriya yozuvlarini yana quyidagi ko’rinishda ham aks ettirish mumkin:
Debet: 0440 «Er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi» scheti-500000 so’m.
4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti-200000 so’m.
Kredit: 0540 «Er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi» schyoti-200000 so’m.
4610 «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti-200000 so’m.
8510 «Aktivlarni qayta baholanish bo’yicha tuzatishlar» schyoti-300000 so’m
Tarmoq korxonalarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli tanlab olingan bo’lsa, 0400-«Nomoddiy aktivlar» va 0500-«Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi» schyotlari turkumlari bo’yicha sintetik hisobi 10 va 13- sonli jurnal-orderda olib borilishi kerak.
Nomodiy aktivlardan, jumladan, patent yoki litsenziyalar uchun royalti va
«paushal-to’lov» ko’rinishidagi summalarni o’tkazib beradi.7 Litsenziya egasi-bu nomoddiy aktivlarga egalik qiluvchi hamda Davlat Patent Idorasi (DPI)da ro’yhatga olingan litsenziar shartnomasi asosida nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini uchinchi shaxsga topshirgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Litsenziat esa, bu litsenziya shartnomasiga asosan nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini olgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Har ikkisining faoliyati uchun asos tuzilgan litsenziya shartnomasi (bitim) hisoblanadi. Bu erda litsenziya shartnomasi patent egasi (litsenziar)ning aqliy mulkini muhofaza qiladigan ob’ektidan shartnomada ko’zda tutilgan hajmda foydalanish huquqini topshirish to’g’risidagi bitimi hisoblanadi.
Bu bitimga muvofiq boshqa shaxs (litsenziat) shartnomada ko’zda tutilgan royalti va paushal-to’lovlari ko’rinishida to’lovlarni litsenziarga o’tkazish hamda, shartnomada ko’zda tutilgan boshqa xarajatlarni bajarish majburiyatini oladi. To’lovlarga kelsak ularni quyidagicha ifodalash mumkin.
Royalti to’lovi litsenziat litsenziya bitimga binoan mahsulot qiymatidan vaqti- vaqti bilan ajratma sifatida yoki savdo-sotiqdan tushgan mablag’ miqdoridan foiz tarzida yoki maxsulot birligidan yig’im tarzida litsenziarga to’laydigan mablag’dir.
«Paushal-to’lovi» esa sotiladigan litsenziyali maxsulotning amaldagi miqdori qanchaligidan qat’iy nazar litsenziya shartnomasiga binoan aqliy mulk ob’ektlaridan foydalanish huquqini berganligi uchun to’lanadigan mablag’ning qat’iy belgilar qo’yilgan miqdor bo’lib, uni to’liq yoki bo’lib-bo’lib to’lashni ifodalaydi. Bu to’lovlar operatsion faoliyatdan olingan daromadlar bo’lib, «Pul oqimlari to’g’risidagi» buxgalteriya hisobi milliy standartining 11-bandi bilan tartibga solinadi. Shunday holatlar ham bo’lishi mumkinki litsenziya shartnomasida ko’zda tutilmagan hizmatlarga litsenziat to’lovlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu to’lov turini biz «plast-kost» ya’ni qo’shimcha xizmatlar uchun to’lovlar deb ataladi. Litsenziya shartnomasiga ko’ra litsenziat (patentdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxs) litsenziarga royalti bo’yicha to’laydigan summalarni quyidagi buxgalteriya yozuvlarda o’z ifodasini topadi;


  1. Download 0,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish