Dastlabki qiymatni shakllantiruvchi omillar
|
Nomoddiy aktivlarning shakllanish manbalari
|
Ustav kapitaliga hissa sifatida qoyish
|
Xarid qilish
|
Korxona-ning ozida yaratish
|
Boshqa aktivlarga almashtirish
|
Grantl ar asosida olish
|
1
|
4
|
2
|
3
|
5
|
6
|
Nomoddiy aktivlarning bahosi:
|
|
|
|
|
| |
|
+
|
|
|
| |
|
|
|
+
|
+
| |
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Xarid qilish xarajatlari;
|
|
|
|
|
|
davlat bojlari va yigimlari (royxatdan otish)
|
+
|
+
|
|
+
|
| |
+
|
+
|
|
+
|
|
ijaraga berish xarajatlari
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
| |
|
+
|
|
|
| |
+
|
+
|
+
|
+
|
|
Nomoddiy aktivlarning tashkil etish manbalari bo’yicha dastlabki qiymatini shakllanishi
Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin boladi.
Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tuzish va ularning aylanishini amaldagi meyoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda belgilaydilar. Xojalik yurituvchi subektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda nomoddiy aktivlarning oziga xos xususiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarni kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali hizmat qilish muddatlari, dastlabki qiymati, amortizatsiya meyorlari kabi muhim rekvizitlarni oz ichiga olishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish malum xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlangich hisobini togri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga kiruvchi patentlarni hujjatlashtirishda litsenziya shartnomasini etiborga olish lozim. Ushbu xujjat Patent idoralarida qayd etilgan bolishi lozim. Tabiiy resurslarga bolgan (er, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rol oynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni himoya qilinishi.
Korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmogi sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu oz navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini togri va aniq tashkil etish hamda takomillashtirishni taqazo etmoqda.
Asosiy vositalar boyicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bolgan rekvizitlaridan ozod qilib nomoddiy aktivlarga xos bolgan qoshimcha rekvizitlarni qollash mumkin .
«Buxgalteriya hisobi togrisida»gi Qonunga asosan (9-modda) boshlangich hisob hujjatlari xojalik muomalalari amalga oshirib bolingandan song tuziladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy rekvizitlariga ega bolishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning material korinishi, obektlardan foydalanish muddatlari, asl nushalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), obektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish obektlari va boshqa korsatkichlar. Shuningdek, qonunga kora hisobot davriga tegishli bolgan xojalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bolsa, tegishli boshlangich hujjatlar rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi korsatiladi.
Nomoddiy aktivlarning dastlabki va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda toliq yoritilmagan. Ilmiy tadqiqot jarayonida tarmoq korxonalarida nomoddiy aktivlar boyicha dastlabki hisobini tashkil qilishda ularni qayd etuvchi yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak boladi. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlarni qollash maqsadga muvofiqdir.
Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi (NMA 1 shakl). Mazkur dalolatnomaning shakli amaliyotda meyoriy - huquqiy jihatdan oz tasdigini topmoqda, uning shakli dissertatsiya ilova qismida namuna sifatida taqdim etildi. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qoshish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya korinishida olish, korxonaning ozida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq
«Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» NMA-1 shakl boyicha rasmiylashtirilishi lozim.
Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hayati tomonidan har bir obekt uchun bir nushada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib Umumiy dalolatnoma tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bolgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil olchamdagi bir nechta er maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruhsatnoma (litsenziya) lar bolishi mumkin. Dalolatnomaning asosiy vositalarni hisobga oladigan dalolatnomasidan farqli
tomonlari shundaki, avvalo bu shaklning sodda hamda kerakli rekvizitlarga ega bolganligidadir.
Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib song buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga obektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham takidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar obektlari boyicha dalolatnomani toldirish aktivning oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi. (NMA- 2
shakl).
Korxonalarining hisob yuritish siyosatiga muvofiq ulardagi mavjud nomoddiy aktivlarini hisobdan chiqarish boyicha «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» deb nomlanagan dalolatnomaning yangi shakli (NMA-2 shakl) ishlab chiqildi va uni amaliyotga joriy etish mumkin.
Ushbu shaklda nomoddiy aktivlar obektlarini hisobdan chiqarish paytida xojalik yurituvchi subekt rahbari tayinlangan hayat tomonidan ikki nushada tuziladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nushasi buxgalteriyaga, ikkinchi nushasi esa javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarni nomi, sanasi, inventar (arxiv raqami), hisobdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiyaning yillik meyori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi.
Tomonlar ortasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat namunasi huquqi boyicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga bolgan guvohnomalar oz kuchini yoqotganda korxonada nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish komissiya azolarining xulosalariga asoslanib, hisobdan chiqariladi va yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
Nomoddiy obektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi (NMA-3
shakl).
Korxonalarida nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular ozining dastlabki qiymatini yoqotib boradi. Ushbu aktivlar buxgalteriya hisobi milliy standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan istemol xususiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu esa, nomoddiy aktivlarning butun foydali hizmat qilish muddatlari davomida qoldiq qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam otkazish hisobiga amalga oshiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda belgilangan meyorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash qaydnomasi» tuzilishi kerak.
Shuni takidlab otish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda amortizatsiya qaydnomasining tegishli bolgan ustunlarida nomoddiy aktivlar amortizatsiya meyorlari ham keltiriladi. Lekin, ushbu meyorlar ilmiy jihatdan toliq asoslanilmaga. Buning asosiy sababi amortizatsiya meyorlari haqidagi maxsus xujjatlar ishlab chiqilmagan. Nomoddiy aktivlar boyicha amortizatsiyani hisoblash qaydnomasining amaldagi namunaviy shakliga amortizatsiya meyorlarini qayd etuvchi ustunini kiritish mumkin.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisob-kitob qilishda ishchi jadvali korxona boyicha hisobot oyida yoziladigan nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasini
belgilash uchun foydalaniladi. Ushbu jadvalning qollanilishi amortizatsiya hisoblash jarayonini yanada soddalashtirishga olib keladi. Bunda hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi: oy boshidagi amortizatsiya summasiga kelib tushgan nomoddiy aktivlar boyicha hisoblangan amortizatsiya summasi qoshilib, otgan oyda hisobdan chiqqan nomoddiy aktivlar boyicha amortizatsiya summasi chegirib tashlanadi. Bunda hisob-kitob malumotlari faqat amortizatsiya qismida keltirilib, u nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati asosida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining qiymati guruhlashagan meyorlar boyicha belgilanib, bular patentlar, litsenziyalar kabilarning turlariga qarab ajratiladi. Shuningdek, bu ishlanma jadvalida amotizatsiya summasi har bir foydalanish obektlari boyicha belgilanadi. Bunda amortizatsiya ajratmalari xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar xarakatini hisobga oluvchi dastlabki va jamlama xujjatlar tarkibida bizning fikrimizcha kora quyidagi hujjatlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida qollanganishi boyicha korxona rahbarining buyrugi (NMA-4 shakl);
Nomoddiy aktivlar obektlaridan foydalanish muddatlari togrisidagi bayonnoma (NMA-5 shakl);
Nomoddiy aktivning maxfiyligi togrisidagi korxona rahbarining buyrugi (NMA-5a shakl); (8-ilova).
Bunday xujjatlar oz mazmuni va ahamiyatiga kora, bir-biriga mos kelishi va unda obektlarni xujjatlarda aks ettirishga asos boladi. Nomoddiy aktivlarning ozini yoki uning ishlatilish tartibini bayon etuvchi xujjatlar, shuningdek xojalik yurituvchi subektning u yoki bu mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi xujjatlar anashunday xujjatlar jumlasiga kiradi.
Sanoat namunasi boyicha olgan patent yoki guvohnomalar maxsus xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Xojalik yurituvchi subekt biror bir huquqni sotib olgan taqdirda ular anashu mualliflik huquqlarini sotgan huquqiy va jismoniy shaxs bilan tuzilgan, kuchga kirgan shartnoma asosdagina hisobda qayd etiladi shuningdek, yuqorida korsatilgan dastlabki va yigma xujjatlarning sonini qisqartirish, toldirish tartibini soddalashtirish, sifatini yaxshilash va ularni kompyuter dasturlariga moslashtirish kerak.
Nomoddiy aktivlar xarid qilish bahosi boyicha aks ettiriladi. Xarid qilish qiymati barcha xarajatlarni, shu jumladan- sotib olish bahosi, tashish boyicha xarajatlar, shuningdek, sotib olish bilan bogliq bolgan boshqa har xil xarajatlarni oz ichiga oladi. Nomoddiy aktivlarning sotib olinishiniga oid buxgalteriya provodkalari
quyidagicha:
Dt 6010 Kt 5110- Etkazib beruvchiga tolov
Dt 0830 Kt 6010-Kapital qoyilmalar hisobidan sotib olish Dt 0400 Kt 6010-Mol etkazib beruvchilardan sotib olish.
Agar nomoddiy aktivlar pulsiz yoki begaraz almashish (barter) yoli bilan sotib olinsa ularning qiymati bozor narxi asosidan kelib chiqib, olingan huquqlar asosida aniqlanishi mumkin:
Dt 0830 Kt 6010
Dt 0400 Kt 0830
Nomoddiy aktivning firmaning ozi tomonidan tashkil qilinishi vaqtida va xarajatlar summasini aniq belgilab olish mumkin bolsa, ushbu aktiv haqiqiy tannarx boyicha aks ettiriladi.
Dt 0830 Boshqa aktivlarni sotib olish
Kt 1010,6710,6520,2010 Nomoddiy aktivning tashkil qilinish xarajatlari Dt 0400 Nomoddiy aktivlarni hisobvaragi
Kt 0830 Boshqa aktivlarni sotib olish
Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
xizmat muddati tugagandan song;
toliq eskirishi vaqtida ;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga sotilishi vaqtida ;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tekinga berilishi vaqtida ;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ustav kapitaliga badal sifatida berilishi vaqtida .
Hisobdan chiqarishga oid buxgalteriya provodkalarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |