Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet53/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Tashkiliy xarajatlar-xo’jalik faoliyatni tashkil qilinishi vaqtida yuz bergan xarajatlardir. Unga bevosita tegishli bo’lgan xarajatlar (masalan, yuridik, buxgalteriya, kantselyariya va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtiriladi. Faoliyatning birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan muvofiq kelmasligiga olib keladi.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo’lib gudvill (firma bahosi) hisoblanadi. U o’zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi ko’tilayotgan daromadlariga qo’shimcha ravishda daromadlarning ko’payishiga olib keluvchi firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xo’jalik yurituvsi sub’ekt ikkinchisini sotib olgan hollardagina ro’yxatdan o’tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bo’lsa eki ularning qo’shilishi yuz beradigan bo’lsagina tan olinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari tarkibida 0400-son schyotida quyidagilar aks ettiriladi: patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, savdo markalari (bunga firma markalari va nashr etiladigan nomlar ham kiradi), mutlaq huquqlar, kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, mu alliflik huquqlari, mijozlarning ro’yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish xarajatlari, yani “boshlang’ich xarajatlar”), nou-xau, bozor to’g’risidagi bilimlar, gudvill (firma bahosi), texnikaga oid ko’nikmalar va h.k.
0500-son buxgalteriya hisobvarag’ining kreditida nomoddiy aktivlarning yig’ilib boradigan amortizatsiyasi hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar korxonaning aktivi ko’rinishida, agar u:

  • aktiv talabini qondirsa;

  • o’lchash imkoniga ega bo’lsa;

  • o’z ahamiyatiga ega bo’lsa;

  • ishonchli bo’lsa;

  • kelgusida iqtisodiy foyda keltirsa;

  • aniq (ya’ni, undan u ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida ajratilgan holda foydalanilishi mumkin) bo’lganidagiia tan olinadi.

Aktiv, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt undan kelgusida olinadigan alohida sotish, almashtirish yoki taqsimlash imkoniga ega bo’lsagina, bo’linishi mumkin.
Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo’lib hisoblanadi:

  • xarid qilish, vaqtida gi tannarx qoidasi;

  • ko’rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan daromadning bir vaqtning o’zida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi;

  • hisobdan chiqarish vaqtida, yani chiqib ketishlardan ko’rilgan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to’lov va balans qiymati o’rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi.

Nomoddiy aktivlar quyidagicha baholanishi mumkin:

  1. tomonlar kelishuvi bahosi bo’yicha;

  2. ularni ta’sischilar ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritganda;

  3. nomoddiy aktivlar ob’ektlarini tayyorlik holatiga keltirish va sotib olish haqiqiy xarajatlari bahosi bo’yicha - boshqa tashkilotlar va shaxslardan sotib olinganda;

  4. ekspert yo’li bilan belgilangan baho bo’yicha - boshqa korxona va shaxslardan bepul olinganda.

Nomoddiy aktivning bahosi amal qilish muddati mobaynida yoki muvofiqlik qoidasiga binoan nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati mobaynida muntazam ravishda hisobdan chiqarib borilishi lozim. Mazkur jarayon nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinishi deb ataladi.
7-son BHMS ning 39-bandida nomoddiy aktivning amorti-eatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda quyidagi tarzda taqsimlab borilishi lozim bo’lgan amortizatsiya qilish mud-datlari belgilangan:

  • uning foydali xizmat ko’rsatish muddati mobaynida (biroq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddati doirasida);

  • foydali foydalanish muddatlarini aniqlash imkoni bo’lmagan 5 yil hisobida (biroq, xo’jalik yurituvchi sub’ekt- ing faoliyat muddati doirasida).

Nomoddiy aktivning iqtisodiy xizmat ko’rsatish muddatini belgilash odatda qiyin bo’lgani sababli, uning xizmat ko’rsatish muddatini aniqlash uchun quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:

  • xizmat ko’rsatishning eng ko’p muddatini cheklashi mumkin bo’lgan yuridik, tartibga soluvchi va shartnoma qoidalari;

  • mo’ljal qilinayotgan xizmat qilish muddatini o’zgartirishi mumkin bo’lgan yangilash yoki muddatni uzaytirishga oid shartlar;

  • xizmat qilish muddatini kamaytirish mumkin bo’lgan eskirish, talab va boshqa xil iqtisodiy omillar;

  • ko’tilayotgan ish muddati yoki xodimlar guruhiga muvofiq kelishi mumkin bo’lgan xizmat qilish muddati;

  • nomoddiy aktivning mavjud raqobatbardoshligini cheklashga qodir raqobatchilar va boshqa sub’ektlarning ko’tilayotgan hatti-harakatlari;

  • turli xizmat ko’rsatish muddatlaridagi ko’pgina alohida aktivlarning asosi bo’lishi mumkin bo’lgai nomoddiy aktiv.

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish