boshqa xojalik yurituvchi subektlarning ustav kapitaliga ulush sifatida qoshilganida;
moliyaviy lizing shartnomasiga kora topshirilganida;
kamomad yoki yoqotish aniqlanganida.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli schyotlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvaragi debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvaragi krediti boyicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» schyotlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular boyicha hisoblangan eskirish summasi 0210-0290-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvaragi kreditiga hisobdan chiqariladi.
Toliq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning sotish qilinishidan korilgan foyda (zarar) sotish qilinadigan asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati, QQS (faqat QQS tolovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga togrilangan, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish ortasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida may oyida asosiy vosita hisobdan chiqarildi: balans qiymati 120000 som, eskirish qiymati 30000 som.
Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 som. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:
dasturiy taminotning sotish qiymatiga:
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 som K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 som.
balans qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 som K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 120000 som.
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 som
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 som.
QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning shartnomaviy qiymati va qoldiq qiymati ortasidagi farqdan aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200- (120-30)=110000 somdan iborat.
QQS= 110000*20/100=18300 som;
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 18300 som K-t 6410-«Byudjetga tolovlar boyicha qarzlar» - 18300 som.
Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000+30000-120000-18300)=91700 som:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 91700 som. K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 91700 som.
Toliq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan korilgan zararlar mazkur asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi oyning 1-sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan tolanadigan QQS summasiga kopaytirilgan eskirish ortasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. Boshlangich qiymati 70000 som bolgan stanok boshqa xojalik yurituvchi subektga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 som.
Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish obekti bolib hisoblanadi, yani 70000-30000=40000 som.
Hisoblab yozilgan QQS summasi=40000*20/100=6700 som.
Asosiy vositani bepul berishdan korilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000-6700-30000=33300 som. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz:
balans qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 som K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 som.
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 som
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 som.
QQS hisoblandi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 6700 som K-t 6410-«Byudjetga tolovlar boyicha qarzlar» - 6700 som.
Stanokni bepul berishdan zarar korildi (70000-6700-30000)=33300 som: D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 33300 som
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 33300 som.
Mol-mulkni bepul berishdan korilgan zararlar teskari hisoblash yoli bilan berayotgan xojalik yurituvchi subektda soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Asosiy vositalar boshqa xojalik yurituvchi subektnining ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin.
Misol. Xojalik yurituvchi subekt boshqa xojalik yurituvchi subektning ustav kapitaliga boshlangich qiymati 350000 som bolgan, 500000 som shartnoma bahosiga ega bolgan hamda eskirishi 140000 som bolgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:
Boshlangich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 som K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 som.
eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 140000 som
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 som.
shartnomaviy bozor bahosi boyicha uzoq muddatli investitsiyalar: D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» 500000 som
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» 500000 som.