Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalar ta’mirlanishini hisobga olish



Download 0,83 Mb.
bet48/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Asosiy vositalar ta’mirlanishini hisobga olish


Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan tamirlanib turiladi. Bu esa, o’z navbatida, ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi.
Asosiy vositalar ta’mirlanishi hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bajarilgan tamirlash ishlarining tannarxi va hajmini to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash;

  • ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to’g’ri o’tkazilishini ta’minlash;

  • ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag’dan to’g’ri foydalanilishi ustidan nazorat olib borish;

  • ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida va yaxshi sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib borish va boshqalar.

Tamirlash xarajatlari ikki xil usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin:

  • tamirlash bo’yicha hamma xarajatlarni vujudga kelish jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlariga yozish bilan;

  • maxsus rezerv fondi tashkil qilish yo’li bilan.

Rezerv fondining tashkil qilinishi asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini yil davomida mahsulot va bajarilgan ish, xizmat tannarxiga bir tekis o’tkazilishini ta’minlaydi.
Tamirlash ishlarini olib borish uchun rezerv xo’jalik yurituvchi sub’ektda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bo’yicha tashkil bo’ladi. Rezerv summasi har oyda, korxona tomonidan mustaqil belgilanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga qo’shiladi. Normativ besh yil muddatga qat’iy belgilangan summada ishlab chiqilishi lozim yoki asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan foiz ko’rinishida bo’ladi. Rezerv summasining to’g’ri tashkil qilinganligi va undan to’g’ri foydalanish vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi.
Tekshirish smeta, hisob-kitob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Rezerv summasi 8910- «Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi» schyotida hisob qilinadi.
Asosiy vosita ob’ekti foydalanishda bo’lgan tsex kuchi bilan bajarilgan, ta’mirlash ishlari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:

D-t 0200,1000, 6710, 6520 K-t D-t 2310, 2510 K-t


Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining yordamchi ishlab chiqarish tsexlari tomonidan bajariladigan tamirlash ishlari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t 1000, 6710, 6510 K-t D-t 2310 K-t


S. S.
haqiqiy xarajat summasiga

Tamirlash ishlari tugaganidan so’ng, xarajatlarni tegishli schyotlarga yozilishi (qaerda foydalanishda bo’lgan ob’ekt tamirlanganiga qarab) quyidagicha provodkada aks ettiriladi:


D-t 2310 K-t D-t 2510 K-t
S.
Xarajatlarni tegishli schyotga yozilishi
Ta’mirlash ishlari xo’jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo’jalik usulida ta’mirlash ishlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning remont-mexanika tsexi yoki asosiy ishlab chiqarish tsexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa ta’mirlash ishlari maxsus remont-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Tamirlash ishlari pudrat usulida bajarilsa, tugallangan ta’mirlash ishlari «qabul- topshirish akti» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Aktda ta’mirlash ishlarining smeta qiymati, haqiqiy qiymati, ob’ektning nomi va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Akt ikki nusxada yozilib, bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga, pudratchi schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya provodkasi to’ziladi:
D-t 6010 K-t D-t 2310, 2510 K-t S.


Pudratchiga to’lanishi kerak bo’lgan summaga
Pudratchi schyoti to’langanda:

D-t 5110 K-t D-t 6010 K-t



Asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini schyotlarga yozish, 8910- «Kelgusidagi xarajatlar rezervi va to’lovlari» schyotidan foydalanilgan holda aks ettirilishi buxgalteriya provodkalari quyidagicha:


Rezerv fondini tashkil qilish summasiga:





D-t 8910-schyot K-t D-t 2010, 2310, 2510 K-t


Xo’jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozilishi quyidagicha aks ettiriladi:



D-t 0100, 1000, 6710 K-t D-t 8910 K-t


Xo’jalik usulida bajarilgan tugallangan ta’mirlash xarajatlarini schyotlarda aks ettirilishi quyidagicha:


D-t 2310 K-t D-t 8910 K-t


S. Ta’mirlash xarajatlari rezervini
kamayishiga yozildi
Pudrat usulida bajarilagan, asosiy vositalarni tamirlash bo’yicha haqiqiy xarajatlarni schyotlarda aks ettirilishi quyidagicha:

D-t 6010 K-t D-t 8910 K-t


haqiqiy xarajatlar rezervini
kamayishiga yozildi
Hisobot davri oxiriga qoldiq yopiladi, bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi to’ziladi:

D-t 3110 K-t D-t 8910 K-t





S. S.
S.
Rezerv schyotining
yopilishi

Asosiy vositalarni tamirlash jarayonida olingan, qaytariladigan chiqindilar, ulardan foydalanish bahosi bo’yicha qabul qilinadi va asosiy vositalarning tamirlash bo’yicha haqiqiy xarajatlarning kamayishiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan yoziladi:


D-t 2310, 2510 K-t D-t 1000-Materiallar K-t




S.
Chiqindi qiymati tamirlash xarajatlari kamayishiga yozildi

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish