Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari



Download 0,83 Mb.
bet109/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

4. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari.


Boshqaruv hisobi taktikasi quyidagilaridan iborat: tashkil etish, hisob, nazorat, dalillash, avval qabul qilingan qarorlarni tahlil qilish va moslashtirish, shuningdek uning ijrosi uchun javobgarlik.
Boshqaruv hisobining strategiyasi uzoq davr mobaynida korxona taraqiyotini belgilovchi tahlil, taxminlash rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini o’zida namoyon etadi.
O’zbekiston Respublikasining Korxonalar to’g’risidagi qonunida bilgilanganidek: “Korxona o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarining mavjudligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi”1.
Integratsiya jarayonida hal qiluvchi nuqta xarajatlar va daromadlarni





1 O’zbekiston Respublikasining O’onuni. O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’¨risida O’zbekiston Respublikasi: ¢onunlar va farmonlar.-T.: “O’zbekiston”, 1992, 87-bet.
taqqoslash bo’lganligi sababli boshqaruv hisobi uchun eng muhimi xarajatlarni va daromadlarni boshqarish hamda daromadlarga ta’sir qilish vositasi bilan natijalar orqali boshqarish bo’lib qoladi.
Boshqaruv hisobi ob’ektlari boshqaruv hisobi uslubining asosini tashkil etuvchi yo’llar va usullar majmui orqali o’rganiladi.
Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob uslubining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, boshqaruv hisobida iqtisodiy tahlil, iqtisodiy matematik va statistik uslublar ham keng qo’llaniladi.
Boshqaruv hisobi tizimi ko’plab amallardan tashkil topadi, ular boshqaruv maqsadlariga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Shunday bo’lsada, ular quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:

  • tashkilot faoliyatining uzluksizligi;

  • rejalashtirish va hisob uchun o’lchovlarning yagona birligidan foydalanish;

  • korxona bo’linmalari faoliyati natijalarini baholash;

  • boshqarish maqsadlarida birlamchi va oraliq axborotdan qayta-qayta foydalanish va uni saqlash;

  • boshqaruv darajalari o’rtasidagi kommunikatsion aloqalar asosida ichki hisobot ko’rsatkichlarini shakllantirish;

  • boshqarishning byudjet (smeta) uslubini qo’llash;

  • htsob obe’ktlari haqida hal qiluvchi ahborotni ta’minlovchi to’laqonlilik va tahliliylik;

  • korxonaning hisob siyosatini belgilash va tijorat jarayonlarini aks ettiruvchi davriylik.

Sanab o’tilgan talablar boshqaruv hisobi tizimining ta’sirchanligini ta’minlashi kerak.
Albatta, boshqaruv hisobini O’zbekiston iqtisodiyoti uchun qandaydir yangilik sifatida qabul qilish xato bo’lar edi. Ma’lumki, markazlashgan rejalashtirish reja va moliyaviy bo’limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishiga, unga buxgalteriya vakolatining bir qismi berilishiga imkon tug’dirdi. Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimiga aylandi va mutlaqo davlat ma’nfaatlariga xizmat qila boshladi. Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechib, rejalashtirishning ahamiyati asossiz ravishda pasayib ketdi va oqibatda u korxona texpromfinplaniga aylaib qoldi. Ya’ni buxgalteriya va boshqa iqtisodiy xizmat muttaxasislari (reja bo’yicha iqtisodchi mehnat va ish haqi bo’yicha iqtisodchi, moddiy texnika ta’minoti bo’yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalash bilan cheklanib qoldilar.
Biroq barcha qo’llanilgan choralar keraklicha samara bermadi va boshqaruv hisobining yagona tizimini yaratishga imkon tug’dirmadi. Ґozirgi vaqtda ham uni qo’llash yo’lida ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Ko’pgina bosh buxgalterlar buning uchun asosan, mavjud soliq tizimini aybdor qilib ko’rsatishadi, go’yoki u boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun ko’p vaqt olib qo’yar emish. Shu bilan birga amaliyotda ko’rilganidek, ma’lum sabablar mavjud bo’lishiga qaramay, buxgalterning buxgalteriya sub’ektidan buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi
kuchaya boshladi. U tobora ko’proq korxona boshqaruv faoliyatining faol sub’ekti bo’lib borayotir.
Boshqaruv hisobi – iqtisodiy bilimlarning yangi yalpi sohasidir. Uning katta afzalligi ham shunda, chunki aynan fanlar tutashgan joyda, turli ilmiy uslublardan foydalanilganda, yangi bilimlar va texnologiyalar sari jiddiy siljishlar sodir bo’ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish