Masuliyatdarajasi. Moliyaviy hisobni notogri olib borganligi uchun korxona rahbarlari va bosh buxgalteri mamuriy, ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Boshqaruv hisobi sohasida esa rahbar xodimlar intizomiy (mamuriy) javobgarlikka tortiladilar, bu ham bolsa qandaydir boshqaruv hisobi malumotlarini buzib korsatganligi uchun emas, balki malum qilishlari uchun.
Ya.V.Sokolov boshqaruv va moliyaviy hisob ortasidagi munosabatni noyob chizmasini taklif etadi.
A - boshqaruv hisobi S - moliyaviy hisob B - hisob siyosati
1-chizma.Boshqaruvvamoliyaviyhisobortasidagibogliqlikva nisbat. Uning fikricha, S - sohasi - faqat tashqi foydalanuvchilar manfaatlari uchun olib boriladigan hisobni ozida namoyon etadi. B -sohasi boshqaruv hisobining ichki va tashqi foydalanuvchilar manfaatlarini kozlab olib boriladigan qismidir, A sohasi esa mamuriyat talabi asosida shakllantiriladigan boshqaruv hisobi.
Taqdim etilgan chizma shuni korsatadiki, hisob siyosati boshqaruv va moliyaviy hisoblar ortasida boglovchi halqa hisoblanib, u korxonaning ichki va tashqi foydalanuvchilari manfaatlari yolida tashkil etiladi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni takidlash lozimki, tezkor, statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bolinadi: moliyaviy va ishlab chiqarish; korxona xarajatlari va daromadlari ularning obekti (manbai) hisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobining tahliliy (analitik) axboroti mutlaqo ichki boshqaruv uchun foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon etmaydigan axborot toplanadi, shu munosabat bilan uni yangi tashqi
foydalanuvchilarga taqdim etadilar.
Buxgalterlik hisobining bunday bolishini shu bilan asoslash mumkinki, aslida buxgalteriya hisobining butun tizimi tashkilot boshqaruv tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisob va ishlab chiqarish hisobi iboralarini qolanishda asosan uchyot amallari (protseduralari) ga zor beriladi.
Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi, balki boshqaruvning boshqa funktsiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi.
Uning malumotlari tijorat sirlaridan iborat va manaviy hisobdan farqli olaroq mutlaqo tashkilot ichkarisida foydalaniladi.
Boshqaruv va moliyaviy hisob ortasidagi ozaro munosabatlarini quyidagi korinishda taqdim etish mumkin.
Boshqaruv hisobi
Ishlab chiqarish hisobi
2-chizma.Boshqaruvvamoliyaviyhisobot ortasidagibogliqlik Boshqaruv hisobi imkoniyatini ochish uchun boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi ortasidagi ozaro bogliqlikni kuzatish zarur.