Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet117/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

3-chizma. Ishlab chiqarish korxonalarida javobgarlik markazlarining tuzilmasi

Investitsiyalar markazi-bu rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga ajratilgan mablag’ga ham javob beradigan bo’linmadir. Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo’lgan Bunday markazning maqsadi nafaqat foyda olish, balki sarflangan mablag’larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag’ning ortishiga erishish ham hisoblanadi.


Investitsiyalar markazi faoliyatini operatsion byudjet, uni ijro etish xaqidagi hisobot, shuningdek pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, balans yordamida boshqarish mumkin.
Javobgarlikni asosiy markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar uchun ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish uchastkasi va tsexlarni, sotish bo’limini ana shunday markazlarga kiritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari javobgarlikning asosiy markazlariga xizmat qilish uchun mavjud bo’ladi. Bu markazlarining xarajatlarini avvaliga javobgarlikning asosiy markazlari bo’yicha taqsimlaydilar, shundan keyingina asosiy markazlarning umumiy xarajatlari tarkibida mahsulot, ishlar, xizmatlar tannarxini kiritadilar. Ma’muriy-xo’jalik bo’limini, texnik nazorat bo’limini, ta’mirlash tsexini, asbob-uskunalar ustaxonasi va boshqalarni shunday markazlar jumlasiga kiritish mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, javobgarlik markazini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, keyin uni gorizontal va vertikal kesimlariga ajratish zarur. Birinchisi, markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan chegaralanadi; ikkinchisi boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi vakolatli xuquqi bor shaxsning erarxiya pillapoyasini ko’zda tutadi.
Javobgarlik markazining har biri bir vaqtda xarajatlar, daromadlar, foyda yoki investitsiyalar markazi bo’lishi mumkin. Birinchi holda xarajatlar bo’yicha, ikkinchi holda sotishlar (kirim) hajmi bo’yicha, uchinchi holda – foyda bo’yicha va to’rtinchi holda investitsiyalar hajmi va qoplanish muddatlari bo’yicha tuziladi. Markaz rahbari vazifalarini bajarish bo’yicha qabul qilingan majburiyatlariga moliyaviy javobgarlikni zimmasiga olish shart. Bunda har bir markaz xilma-xil funktsiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). Bu shu bilan bog’liqki, muayyan olingan funktsiyalar yoki vositalar emas, balki inson, agent, ma’mur markaz obekti bo’lib hisoblanadi. Korxona javobarlik markazini gorizantal va vertikal kesimlarda ko’rib chiqish markazlashtirilgan rahbariyatni umumiy maqsadga korxona tuzilmaviy bo’linmalari rahbarlarining iloji boricha eng ko’p tashabbusi bilan qo’shib yuborishga imkon beradi.
Shunday qilib, javobgarlik markazlari - bu ma’lum ta’limot hisoblanib, boshqaruv xodimlari hatti-harakatini tashkil etishga yo’naltirishning yangi psixologik talqinidir. Uning maqsadi nazoratdan ko’ra ko’proq o’z-o’zini boshqarishni tashkil etishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdan iboratdir, zero hech bir odam o’ziga foydali bo’lgan maqsad va mezonlarni buzishga jur’at etmaydi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish