7.Jahon hamjamiyatida moliyaviy nazoratni tashkil etishda Lima deklaratsiyasining ahamiyati. 1977 yil Oliy nazorat organlari xalqaro tashkiloti (INTOSAI)ning Limada bo’lgan 9 kongressida deklorasiya qabul qilingan bo’lib, unda davlat nazorati uchun tekshiruv organlari faoliyatining tamoyillari ishlab chiqilgan.Quyida biz ushbu deklorasiya mohiyati bilan tanishib chiqamiz.
Oliy nazorat organi ishining maqsadi eng muhim hisoblangan pul va moddiy resurslarni boshqarishning qonuniyligi, to’g’riligi va tejamkorligi hisoblanadi.
Lima deklorasiyasida Oliy nazorat organi o’ziga yuklatilgan vazifalarni turli xildagi tekshiruv organlaridan mustaqil va ularning aralashuvlaridan himoyalangan bo’lgandagina obyektiv va samarali amalga oshirishi mumkinligi keltirilgan.
Garchi umumiy hukumatning bir qismi sifatida oliy davlat organlari davlatdan mutloq mustaqil bo’lmasalarda, oliy nazorat organi o’z vazifalarini bajarish uchun tashkiliy va funksional mustaqillikka ega bo’lishi kerak.
Oliy nazorat organining mustaqilligi bevosita uning a’zolarining mustaqilligiga bog’liq. Oliy nazorat organlarining a’zolari qaror qabul qiluvchi va bu qarorlar uchun uchinchi shaxs oldida javobgar bo’lgan kimsalardir.
Oliy nazorat organlari a’zolarining mustaqilligi ham konstitusiya bilan kafolatlangan bo’lishi kerak. Ayniqsa, ularning mustaqilligiga zarar etkazmaydigan tarzda a’zolarini yollash jarayoni ham konstitusiyada aniqlashtirilishi kerak. Oliy nazorat organi a’zolarining egallab turgan lavozimiga tayinlash yoki undan ozod qilish o’sha mamlakatning konstitusion tuzilmasiga bog’liq.
Oliy nazorat organlari taftishchilarining xizmat lavozimlari bo’yicha harakati tekshiruv organlariga bog’liq bo’lmasligi kerak.
Oliy nazorat organlari o’z vazifalarini bajarishi uchun kerak bo’ladigan moliyaviy resurslari bilan ta’minlanishi kerak.
Oliy nazorat organi mamlakat byudjeti to’g’risida qaror qabul qiluvchi davlat tashkilotiga to’g’ridan-to’g’ri zarur moliyaviy resurslarni ajratish talabi bilan chiqishga haqli.
Oliy nazorat organi byudjetning alohida satrida o’zi uchun ajratilgan pul resurslarini o’z vakolatlari doirasida ishlatish huquqiga ega.
Konstitusiya va qonunlarda belgilangan oliy nazorat organining mustaqilligi unga parlament rahbarlariga chiqish va tekshirishlar o’tkazishda ham yuqori darajadagi tashabbusli va avtonom ishlashiga sharoit yaratadi. Oliy nazorat organi va parlament o’rtasidagi o’zaro aloqalar mamlakat talablari va sharoitlaridan kelib chiqib, milliy konstitusiyada aniq belgilanishi kerak.