1-rasm. Bank nazorati tizimi
Barcha davlatlardagi bank nazorati tizimlari oldida 2 ta muhim vazifa turadi:
Bank tizimini mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sishga hamkorlik qilish;
Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish.
11. Soliq organlarining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
soliq to’lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq to’lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, soliq to’lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog’liq joylarni ko’zdan kechiradi (tekshiradi); )
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o’z ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:
tegishli tanlovdan o’tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo’shatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to’lovchilarga nisbatan g’arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko’rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
soliq organlarida korruptsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga va ularga barham berishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
har ikki yilda ko’pi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarining byudjet va xo’jalik faoliyati bo’yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo’lganda va moliya-xo’jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo’l qo’yilgan holatlar to’g’risida ishonchli axborot mavjud bo’lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o’tkazilishi mumkin;
davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, xo’jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag’larini va byudjetdan tashqari mablag’larni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |