8.Soliq tekshiruvunung turlari va qo’llanish amaliyoti.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to’lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslashdir.
Qisqa muddatli tekshiruv soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish bilan bog’liq bo’lmagan, uning ayrim operasiyalarining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir
Bugungi kunda amaliyotda soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi8:
rejali soliq tekshiruvi;
rejadan tashqari soliq tekshiruvi.
9.O’zbekiston Respublikasida moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning Davlat byudje¬ti shaklan qonuniy asoslab berildi. O’tgan davr ichidagi barqaror byudjet tizimini to’liq shakllantirish sohasidagi barcha ishlarimiz va tajribalarimiz bu sohadagi jahon tajribasi bilan uyg’unlashdi, bu esa O’zbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksi”da o’zining huquqiy aksini topdi.
Moliyaviy nazoratni tashkil etish, xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish, buxgalteriya hisobii yuritish, davlat xaridlarida ishtirok etish, ular xarajatlarini g’aznachilik orqali ijro etishning qonuniy-huquqiy va me’yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi;
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-raqam bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizom va boshqalar.
Qayd etish lozimki, Byudjet kodeksiga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarni yakuniy nazorat qilish tartiblarini belgilovchi normalar kiritildi.
Shuningdek nazorat davriyligi yiliga ko’pi bilan bir marta qilib belgilandi.
Bunda nazoratni amalga oshirish muddati o’ttiz kalendar kunidan oshmasligi belgilab qo’yildi.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu kodeks nafaqat moliya, g’aznachilik yoki nazorat - taftish organlari hodimlari uchun, balki byudjet qonunchiligining to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchilari, aynan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |