5. Bank nazoratining usullari va ularni qo ‘llash amaliyoti. Bank nazorati hukumatning amaldagi bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidan iborat tizimli boshqaruv vositasi hisoblanadi. Mazkur tizim oldiga ikkita asosiy vazifa qo’yiladi: nazorat jarayonlarini amalga oshirayotgan paytda ham banklar manfaatini,ham mazkur banklarga o’z omonatlarini joylashtirgan mijozlar manfaatdorligini ko’zlab ish ko’rishlari lozim bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti qaror topgan rivojlangan davlatlarda davlatning bank nazorati sohasidagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
pul taklifi ustidan nazorat o’rnatish;
iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorlikka barham berish;
banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta’minlash;
bank tizimiga nisbatan ishonchsizlik tuyg’ularini yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.
Bank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalanish samarali natija berishini inobatga olgan holda, ularga batafsil to‘htalib o‘tamiz.
Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish.
Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir.
Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi.
Masofadan turib banklarni nazorat qilish usuli Yevropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bankning nazorat departamentlari tashqi audit firmalari bilan yaqin munosabatda bo’ladi.
6.Bojxona nazoratni tashkil etishning huquqiy asoslari. Bojxona xizmati bojxona organlarida amalga oshiriladigan davlat xizmatining tarkibiy qismi. Bojxona xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi» 472-I-sonli Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib6, 2017 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu Qonun davlat bojxona xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazorati bojxona organlari xodimlari tomonidan quyidagi shakllarda o‘tkaziladi7:
hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
og‘zaki so‘rov;
axborot olish;
bojxona ko‘zdan kechiruvi;
tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish;
bojxona ko‘rigi;
shaxsiy ko‘rik;
bojxona identifikatsiyalashi;
bojxona kuzatuvi;
binolar va hududlarni tekshirish;
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish.
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim.
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo‘ylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.