- federal nobyudjet fondlar byudjetini daromad va xarakat moddalari bo’yicha o’z vaqtida bajarilishi, ularni hajmlari, tartibi va maqsadli yo’naltirilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish; - federal nobyudjet fondlarni federal mulkdan samarali va maqsadli foydalanishni aniqlash; - federal nobyudjet fondlar byudjeti loyihasini daromad va xarajat moddalarini asoslanganligini baholash; - federal nobyudjet fondlarni byudjetlarini shakllanishi va bajarilishiga ta’sir qiluvchi federal qonunlar loyihalarini, shuningdek, davlat hukumati federal organlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini moliyaviy ekspertizasi; - federal nobyudjet fondlarda o’rnatilgan ko’rsatkichlarga nisbatan aniqlangan chetlashishlarni tahlil qilish va ularni to’g’rilash yuzasidan takliflar tayyorlash; - RF Markaziy banki va Rossiya federasiyasi vakillik banklari yoki boshqa moliya-kredit muassasalarida federal nobyudjet fondlarni byudjet mablag’larini qonuniyligi va muddatlilik xarakati nazorati hisoblanadi. Shuningdek, Hisob palatasi federal nobyudjet fondlarini bajarilishi ustidan quyidagilarni nazarda tutadigan yagona nazorat tizimini ta’minlaydi: - federal nobyudjet fondlarining alohida bo’limlari va moddalari bo’yicha kompleks taftish va tematik tekshirishlar o’tkazish; - federasiya Sovetiga va Davlat Dumasiga federal nobyudjet fondlar bajarilishi bo’yicha xulosalar tayyorlash va taqdim etish. 7. Bank nazoratini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roli. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati
Mamlakatimizda bank tizimi barqarorligini qo’llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazorati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi 154-I-son qonuni va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, davlatning mulki hisoblanadi va o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo’yicha o’z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operasiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir bir qator vakolatlari belgilangan.
Bank nazorati sohasida Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;
banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish.
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank o’z qarori to’grisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab o’ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bog’liq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli.
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo’lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi va bu normativlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
8. Parlament nazoratining maqsadi, obyekt va subyektlari.
2016 yil 11 aprelda parlament nazoratini olib borish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish, munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunni tayyorlashda parlament nazorati sohasidagi milliy tajriba, ushbu masalada huquqshunos-olim va ekpertlarning nazariy qarashlari hamda xorij tajribasi, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Finlyandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chexiya, AQSh va Yaponiya kabi 30 dan ortiq davlatlar qonunchiligi va amaliyoti, atroflicha o‘rganib chiqildi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyekti hisoblanadi. Shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Parlament nazorati subyektlari bo‘lib quyidagilar belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati;
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari;
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
Mamlakatimizda Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
parlament so‘rovi;
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi;
Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
parlament tekshiruvi.
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |