Moliyaviy nazoratni tashkil etishning huquqiy asoslari.
Javob: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning Davlat byudjeti shaklan qonuniy asoslab berildi. O’tgan davr ichidagi barqaror byudjet tizimini to’liq shakllantirish sohasidagi barcha ishlarimiz va tajribalarimiz bu sohadagi jahon tajribasi bilan uyg’unlashdi, bu esa O’zbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksi”da o’zining huquqiy aksini topdi.
Davlat moliyasini isloh qilish loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’z oldiga tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish bo’yicha keng ko’lamli vazifalarni qo’ymoqda. Bu bir tomondan sezilarli miqdorda moliyaviy resurslarni talab qilsa, ikkinchi tomondan ushbu resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanishning samarali tizimining joriy etilishini nazarda tutadi. “Davlat moliya tizimini isloh qilish sohasida O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga BMT Taraqqiyot Dasturi 2007 yildan buyon ko’maklashib kelmoqda. Jumladan, ushbu loyiha doirasida byudjet qonunchiligini hamda davlat byudjetini rejalashtirish va ijro etish metodologiyasini mukammallashtirish, buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyati hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish, sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish, shuningdek Moliya vazirligi xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar samarali amalga oshirildi”1.
Byudjet tashkilotlari moliyasinini nazoratini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida so’z borar ekan, bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinayotgan Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish loyihasi doirasida byudjet tashkilotlari moliyasi, ular xarajatlarini normativ rejalashtirish, g’aznachilik orqali xarajatlar to’lovini amalga oshirish tartiblariga bevosita taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham takomillashib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning Davlat byudjeti shaklan qonuniy asoslab berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi;
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-raqam bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizom va boshqalar.