O‘zbekiston Repsublikasi Hisob Palatasining tarkibiy tuzilishi mamlakat Prezidentining 10.08.2017 yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatas
O‘zbekiston Repsublikasi Hisob Palatasining tarkibiy tuzilishi mamlakat Prezidentining 10.08.2017 yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizom”ida
belgilanib, 2017 yilda yangidan tasdiqlangan nizomda ushbu organning shtat birligi belgilab berildi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarining cheklangan soni 70 nafarni tashkil etmoqda.
Moliya vazirligi G`aznachiligining moliyaviy nazoratni olib borishdagi roli.
Javob: Moliya organlari ichida G’aznachilik tizimi moliyaviy nazoratni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.
G’aznachilik tizimini monitoring, pul mablag’larini boshqarishni takomillashtirish va byudjet operasiyalari samaradorligiga erishishga yo’naltirilgan tamoyillaridan biri – byudjet ijrosini nazorat qilishni kuchaytirish bo’yicha yagona g’azna hisob varag’ini tashkil etish hisoblanadi.O’zbekistonda G’aznachilikning asosiy vazifalari vafunksiyalari O’zbekiston Respublikasining Buydjet Kodeksi”da aniqlangan.
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini3:
byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi.
G’aznachilik tizimi to’liq hajmda (Moliya vazirligi G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594 – son qarori qabul qilingandan keyin rivojlandi.
G’aznachilik o’zining hududiy bo’linmalari bilan birgalikda Davlat byudjetining g’azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
G’aznachilik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o’z faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga amal qiladi.
G’aznachilik o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita va o’zining xududiy bo’linmalari orqali amalga oshiradi.
Davlat byudjetining g’aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi:
• davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;
• davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish;
• davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan monitoringini o’tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish;
• moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va adresli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;
• byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri tovar yetkazib beruvchilar hisob raqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari xarakatini tezlashtirish va o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;
• g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’lari o’tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag’larini tezkor xarakat qilinishini ta’minlash va boshqalar.
Demak, g’aznachilikni joriy etishdan asosiy maqsad, davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishga ta’sir ko’rsatishdir.
G’aznachilik organlari davlat moliyasini boshqarishga taalluqli turli vazifalarni bajaradilar.
G’aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topadi:
• kelgusida byudjet daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operasiyalar turli banklarda ochilgan ko’plab byudjet hisob raqamlari o’rniga Markaziy bankda ochiladigan Moliya vazirligi g’aznasining Yagona hisob-varaqasiga jamlantiriladi;
• byudjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va byudjet mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy hisob-varaqalari g’aznachilikda ochiladi;
• bank o’rniga g’azna tomonidan byudjet kassa ijrosini amalga oshirilishi va byudjet jarayoni barcha bosqichlari ya’ni daromad tushimi, byudjet mablag’lari
ajratishdan tortib byudjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha bo’lgan ishlar birlashtiriladi;
• zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo’llagan holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratiladi hamda u banklarning elektron to’lov tizimiga ulanadi. Bu esa Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta’minlaydi hamda barcha darajadagi byudjetlar ahvoli haqida ma’lumotlarni tezkor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishni ta’minlaydi.4 G’aznachilik tizimida byudjetlar ijrosini tashkil qilish, byudjetlarning schyotlarini va byudjet mablag’larini boshqarish mamalakatning Moliya vazirligi maxsus g’aznachilik organlariga yuklatiladi. Maxsus g’aznachilik organlari barcha byudjet mablag’larini tasarruf qiluvchilar va byudjet mablag’lari oluvchilar uchun kassir vazifasini bajaradi hamda ularning topshiriqlari bo’yicha ular nomidan tegishli to’lovlarni amalga oshiradi.