Reyting baholash ko‘rsatkichlari va ularning normalari
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkichlar mazmuni
|
Norma
|
1. O‘z
mablag‘lari bilan
ta’minlanish
koeffitsiyenti
|
Kt = O‘z mablag‘lari manbasi
(UMM) + Uzoq muddatli kredit va
qarzlar (UMKQ) – Uzoq muddatli
aktivlar (A) / Jami aktivlar (JA)
|
Kt>=0.1
|
2. Balans
likvidligi
|
Kt = Joriy aktivlar (JA) / Joriy
majburiyatlar (JM)
|
Kl>=0.1
|
3. Avanslangan
kapital
aylanuvchanligi
|
Ka = Sotishdan tushum /Avanslangan kapital*365
|
Ka>=2.5
|
4. Korxona
boshqaruvining
samaradorligi
|
Ks = Sotishdan olingan foyda /
Sotishdan tushum
|
Ks>=(r-1)
|
5. Xususiy kapital
rentabelligi
|
Kk = Soliq to‘loviga qadar foyda /
Xususiy kapital
|
Ka>=0.2
|
Amaliyotida ko‘p ko‘llaniladigan ushbu metodik yondashuv
yakunida reyting bahosi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi.
R=2Kt+0.1Kl+0.08Ka+0.45 s+ Kk
Ushbu amaliyot bankrotlikni, iqtisodiy nochorlikni aniqlashda
xorijda ko‘llaniladigan modellarga o‘xshab ketadi.
Buxgalteriya balansi tahlilini oxirgi bosqichi tahlil natijalarini
yakuniy xulosalarini chiqarish va rasmiylashtirish hisoblanadi.
Yakuniy xulosada, korxonalarni mulkiy holati, ularning
manbalanishi, iqtisodiy va moliyaviy salohiyati, korxona to‘lovga
qobilligi, likvidliligi, moliyaviy mustahkamlik va barqarorligini tashxisi
qo‘yiladi.
Bu tashxis asosida korxonalarning iqtisodiy reyting bahosini ham
berish mumkin. Korxonalarni buxgalteriya balansi asosida iqtisodiy va
moliyaviy reytingini aniqlashning uslubiy mezonlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
- korxonani iqtisodiy va moliyaviy salohiyati;
- korxonaning mulkiy jamg‘armasi, aktivlar va passivlar real qiymati;
- korxonaning to‘lovga qobilligi;
- korxonaning moliyaviy mustahkamligi va barqarorligi;
- korxona mablag‘larini harakatchanligi (likvidliligi).
Tahlil natijalarini rasmiylashtirishni uslubiy tartibida xulosalarni
aniq va ravon tilda bayon etilishiga, yutuq va kamchiliklarni asosligiga,
o‘rinli va obyektivligiga, yuzaga kelish va o‘zgarishlarni davriyligiga,
tahlil yakuni bo‘yicha korxona boshqaruvini optimal strategiyalarini
(chora-tadbirlar) belgilab olinishiga ahamiyat berish lozim.
4. Korxona iqtisodiy va moliyaviy salohiyati samaradorligi bo‘yicha reyting ko‘satkichlarining qiyosiy tahlili.
Korxonalar moliyaviy holatining yildan-yilga barqarorlashib,
investitsion jozibadorligining oshib borishi ham iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkonini
bermoqda.
Boshqaruv tizimida yuqori samaradorlikka erishish raqobatdosh
iqtisodiyot sharoitida korxonalar moliyaviy holatini, ularning faoliyati
samaradorligini aniqlash va tahlil etish nafaqat xo‘jalik subyektlarining
o‘ziga, shuningdek kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta muhim
ahamiyatiga ega.
Moliyaviy tahlilda korxonaning moliyaviy ahvolinigina
oydinlashtirib berilmasdan, balki uning istiqbollarini ham ko‘rsatib
beriladi. Shuningdek, investitsiyalarni faol jalb etish uchun xo‘jalik
yurituvchi subyektlar investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib,
hisoblab chiqish zarurdir.
Milliy va jahon amaliyotida korxonalar moliyaviy holatini reyting
baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Bunday usullarga «o‘rinlar
yig‘indisi», taksonometrik usul, ko‘rsatkichlar yig‘indisi usuli, ballar
usuli, masofalar usuli va hokazolarni kiritish mumkin. Bu usullar
korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining turli tomondan tahlil qilish
hamda ularning raqobatchilar orasidagi o‘rnini belgilash imkonini
beradi. Investorlar uchun reytingi yuqori korxonalarni aniqlash imkoni
tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |