Jizzax DPI Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi Uslubiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi Bayonnomasidan ko‘chirma
Vaqti: 17.11.2021 Bo‘ston shaharchasi
Qatnashdilar: kafedra mudiri PhD I.Umarov (Yig‘ilish raisi), va kafedra professor-o‘qituvchilari
KUN TARTIBIDA
O‘qituvchi Zaripova Maftunaning “Bolalar adabiyoti haqida umumiy ma’lumot” mavzusidagi ochiq dars ma’ruzasi muhokamasi
ESHITILDI:
Kun tartibidagi ochiq va o‘zaro darslar muhokamasi yuzasidan kafedra uslubiy ishlari bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi S.Bultakov so‘zga chiqdi. Kafedra prof-o‘qituvchilari ZOOM dasturi orqali ochiq darslar tashkil etilib kelinayotganligi haqida so‘z yuritib o‘tdi. Kafedra mudiriga so‘z navbatini berdi.
1. Kafedra mudiri PhD, I.Umarov so‘zga chiqdi. Ma’ruzachi 17.11.2021 kuni 10:00da M.Zaripovaning “Bolalar adabiyoti haqida umumiy ma’lumot” mavzusidagi ochiq o‘quv seminari ZOOM dasturi orqali tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi 2-kurs talabalari uchun mavzu bo‘yicha atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ochiq ma’ruza mashg‘ulotiga darsga kirib, kuzatib tahlil qilgan o‘qituvchilarga so‘z berdi. So‘zga kafedra o‘qituvchisi Shodiyeva Shohida chiqdi. Ochiq ma’ruza xususida darsga kirgan prof-o‘qituvchilarning fikrlarini aytdi va dars yuzasidan quyidagi fikrlarini bildirdi. (7 ball qo‘ygan)
- Dars to‘g‘ri tashkil etildi. O‘tilgan dars talabalarga tushunarli bayon qilib berildi. O‘qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turibdi. O‘qituvchi fanni yuqori darajada o‘zlashtirgan.
Takliflar:
- Imkon darajada talabalar mashg‘ulot so‘nggida mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarini aytishsa yanada ko‘proq tushuncha hosil bo‘lgan bo‘lardi;
- Savol-javoblarga oxirigacha imkon berilsa yanada yaxshi bo‘lardi.
Yo‘l-yo‘riqlar:
Qo‘shimcha ilmiy adabiyotlar to‘g‘risida va internetdagi manzil havolalar ma’lumotlarini talabalar e’tiboriga havola qilinganda darsning samaradorligi yanada oshar edi. Asosiy adabiyotlar tavsiya etildi.
Ma’ruzachi so‘zining yakunida ushbu ochiq darsni 7 ball bilan baholaganligini aytib so‘zini yakunladi.
Takliflar:
Mavzu bo‘yicha fakt va amaliy islohatlar samaradorligini, muammolarni ochib berish lozim, talabalar fikrlari so‘ralishi, ular tomonidan aytilgan yaxshi mulohazalarni rivojlantirish kerak.
Dars tahlili uchun Shodiyeva Sh. (7 ball), Bo‘taeva N. (7 ball), Mavlonov B.(7 ball) Burxonov Z.(7 ball) hamda JizzaxDPI “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri p.f.n., dots Xolboyeva G 8ball) lar ham darsni kuzatib tahlil qilishgan. (Kafedrada dars tahlillari mavjud.)
Nazariy bilimlarni egallaganligi – 2 ball;
Amaliy ko‘nikmalar shakllanganligi – 2 ball;
O‘qitishda fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganligi – 2 ball;
Pedagogik mahorat va nutq madaniyatini egallaganligi – 2 ball.
Kafedra qaror qiladi:
1. Ochiq o‘quv seminar darsiga kirgan o‘qituvchilarning dars tahlillari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘tkazilgan ochiq darslar ijobiy deb baholansin.
Kafedra uslubiy ishlari bo‘yicha mas’ul: S.Bultakov
Do'stlaringiz bilan baham: |