MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
42
4-MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARI VA BUXGALTERIYA
HISOBI REGISTRLARI MOSLIGI NAZORATI
4.1. Moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha asosiy me’yoriy hujjatlarga izoh
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar
o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga
tayanishlari lozim.Zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining
moliyaviy hisobotlari
to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aktsiyalarni
sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda
foydalanadilar.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»
gi Qonunda aktsiyadorlar va
boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo’jalik
yurituvchi sub’ektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to’playdi hamda oshkor
qiladi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning muhim shakllaridan biri bo’lganligi bois,
moliyaviy hisobotlar auditida ham muhim o’rin tutadi.
Agar buxgalteriya balansida buzib ko’rsatishlar va xatolar mavjud bo’lsa bu moliyaviy hisobotlar
auditiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi.
Auditorlik tashkiloti buxgalteriya balansida aniqlangan buzib ko’rsatishlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasiga,
turli
maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan tashabbusli audit o’tkazishda esa - auditorlik hisobotiga kiritishi lozim.
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda bu tekshiruv moliyaviy hisobotning
qolgan shakllarini tekshiruvi bilan bevosita bog’liqligini ko’ramiz.
Buxgalteriya balansi moddalarini moliyaviy hisobot shakllariga muvofiq ekanligini tekshirish kerak.
Buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga bo’lgan da’volar
(majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari to’g’risidagi iqtisodiy axborot
bo’lib hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va
tashkil topish manbaalari
bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish, iqtisodiy guruhlash
usulidir.
Buxgalteriya balansining chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi
va
u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar
manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab
xo’jalik muomalarini sodir etadi. Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga
ta’sir qilib, balans moddalari Summalarni o’zgartirib yuboradi.
Shu sababli buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda balansning xar bir
moddasiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotlarning shakli hisoblanganligi uchun, buxgalteriya
balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda o’ziga xos maqsad va vazifalarni belgilab olishni
talab etadi.
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi bo’lib –
tekshirilayotgan davrda iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya balansini
shakllanishi va undagi
o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy xujjatlarga
muvofiqligi haqida tasdiqnoma olish.
Buning uchun buxgalteriya balansiga oid barcha O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-
huquqiy xujjatlarini ko’rib chiqish talab etiladi.