4.2. Xo’jalik sub’ektlari moliyaviy hisobotining auditi.
Auditor o’z ish faoliyatini boshlar ekan birinchi navbatda mamlakatdagi mavjud qonunlar,
nizomlar, yo’riqnomalar va shu kabi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda auditorlik
tashkilotlarini tartibga solib turuvchi xujjatlar to’plami bilan tanishib borishi lozim. Chunki
mamlakatimiz rivojalanayotgan davlatlardan biri bo’lganligi sababli, jahon xamjamiyatiga
integratsiyalashuvi natijasidi qonunchiligimizda sezilarli ijobiy ko’p o’zgarishlar sodir
bo’lmoqda.
Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26
mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga
oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash
maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi
qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi
uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari
belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
44
avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy
ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonunining 10-bandida qayd etilgan
sub’ektlar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol
etkazib beruvchilar, aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega bo’lishni
istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishlari shart
qilib qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmi uch pog’onadan iborat
bo’lib, uning birinchi bosqichida yuqorida aytilgan auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuni, 365-sonli
Vazirlar Mahkamasining qarori va shu qarorga ilova sifatida qabul qilingan uch nizomdan tashkil topgan.
Ikkinchi bosqichida auditorlik faoliyatini milliy standartlari, auditorlik tekshruvi o’tkazishiga doir uslubiy
qo’llanmalari, amaliy tavsiyalar va boshqalar. Uchunchi bosqichida auditorlik tashkilotlarining doimiy
xujjatlar to’plami, auditorlik tekshiruvi o’tkazishning umumiy reja va dasturi, ekspertiza xujjatlari va
boshqa ichki xujjatlar to’plamidan iborat. Quyida O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini
me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari chizma shaklda keltirilgan .
Auditorlik faoliyatini tartibga solishda Moliya Vazirligining ham ahamiyat katta hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini isloh qilishda, me’yoriy tartibni takomillashtirishda
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini
boshqarish bo’limi tashkil etilgan. Quyida Moliya vazirligining auditorlik faoliyatin tartibga solish bo’yicha
funktsiyalari keltirilgan.
Mamlaktimizda audit institutlarini rivojlana borishi munosabati bilan auditorlik firmalari
uyushma, ittifoq va baoshqa birlashmalarga birlasha boshladilar. Bunday birlashishdan maqsad –
auditorlik faoliyatini rivojlantirish, tajriba almashish, ta’sir doirasini ajratish. Yurtimizda
auditorlar va buxgalterlarning ijtimoiy-kasbiy birlashmalari tashkil etilgan bo’lib va
muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Bu, birinchi navbatda, O’zbekiston Buxgalterlar va
auditorlari milliy assotsiatsiyasi (O’zBAMA), Auditorlar palatasi (AP)dir.
O’zBAMA – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqchilar bo’yicha
respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlarini va maqsadlarining
umumiyligi, xududiy yoki professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini
rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek,
buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish,
qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy
menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu
bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda
birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi
auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z
a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid
talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishdagi dastlabki
bosqichlaridan birinchisi, uni kelajakda rivojlanishi va isto’bolini yaratish maqsadida 1992 yil 9
dekabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risda”gi qonun qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini
rivojlanishining birinchi bosqichi 1992 yil “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul
qilinishi bilan boshlandi. Mustaqil audit yordamida davlat va xususiy mulk egalarining mulkiy
manfaatdorligini himoya qilish Qonunning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |