Moliyaviy hisobot auditi


 Xo’jalik sub’ektlari moliyaviy hisobotining auditi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4.2. Xo’jalik sub’ektlari moliyaviy hisobotining auditi.
Auditor o’z ish faoliyatini boshlar ekan birinchi navbatda mamlakatdagi mavjud qonunlar, 
nizomlar, yo’riqnomalar va shu kabi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda auditorlik 
tashkilotlarini tartibga solib turuvchi xujjatlar to’plami bilan tanishib borishi lozim. Chunki 
mamlakatimiz rivojalanayotgan davlatlardan biri bo’lganligi sababli, jahon xamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi natijasidi qonunchiligimizda sezilarli ijobiy ko’p o’zgarishlar sodir 
bo’lmoqda.
Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy 
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 
mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga 
oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash 
maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli 
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi 
qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi 
uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari 
belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
44 
avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy 
ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonunining 10-bandida qayd etilgan 
sub’ektlar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol 
etkazib beruvchilar, aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega bo’lishni 
istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishlari shart 
qilib qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmi uch pog’onadan iborat 
bo’lib, uning birinchi bosqichida yuqorida aytilgan auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuni, 365-sonli
Vazirlar Mahkamasining qarori va shu qarorga ilova sifatida qabul qilingan uch nizomdan tashkil topgan. 
Ikkinchi bosqichida auditorlik faoliyatini milliy standartlari, auditorlik tekshruvi o’tkazishiga doir uslubiy 
qo’llanmalari, amaliy tavsiyalar va boshqalar. Uchunchi bosqichida auditorlik tashkilotlarining doimiy 
xujjatlar to’plami, auditorlik tekshiruvi o’tkazishning umumiy reja va dasturi, ekspertiza xujjatlari va 
boshqa ichki xujjatlar to’plamidan iborat. Quyida O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini 
me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari chizma shaklda keltirilgan . 
Auditorlik faoliyatini tartibga solishda Moliya Vazirligining ham ahamiyat katta hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini isloh qilishda, me’yoriy tartibni takomillashtirishda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibida buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasini 
boshqarish bo’limi tashkil etilgan. Quyida Moliya vazirligining auditorlik faoliyatin tartibga solish bo’yicha 
funktsiyalari keltirilgan. 
Mamlaktimizda audit institutlarini rivojlana borishi munosabati bilan auditorlik firmalari 
uyushma, ittifoq va baoshqa birlashmalarga birlasha boshladilar. Bunday birlashishdan maqsad – 
auditorlik faoliyatini rivojlantirish, tajriba almashish, ta’sir doirasini ajratish. Yurtimizda 
auditorlar va buxgalterlarning ijtimoiy-kasbiy birlashmalari tashkil etilgan bo’lib va 
muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Bu, birinchi navbatda, O’zbekiston Buxgalterlar va 
auditorlari milliy assotsiatsiyasi (O’zBAMA), Auditorlar palatasi (AP)dir. 
O’zBAMA – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqchilar bo’yicha 
respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlarini va maqsadlarining 
umumiyligi, xududiy yoki professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini 
rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, 
buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, 
qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy 
menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu 
bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi. 
O’zbekiston Auditorlar Palatasi – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda 
birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi 
auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z 
a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid 
talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat. 
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishdagi dastlabki 
bosqichlaridan birinchisi, uni kelajakda rivojlanishi va isto’bolini yaratish maqsadida 1992 yil 9 
dekabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risda”gi qonun qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini 
rivojlanishining birinchi bosqichi 1992 yil “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul 
qilinishi bilan boshlandi. Mustaqil audit yordamida davlat va xususiy mulk egalarining mulkiy 
manfaatdorligini himoya qilish Qonunning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish