Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 45
Shuni ta’kidlash muhimki, ushbu Qonun xalqaro tamoyillarga yaqinroq talablariga o’z vaqtida
to’liq javob bergan. Qonunda dastlab quyidagi tushunchalar aniqlashtirildi: audit, auditor, auditorlik
tashkiloti, auditorlik xulosasi, auditorlik faoliyatini litsenziyalash.
Quyidagi me’yoriy-huquqiy xujjatlar buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
uchun asos bo’lib hisoblanadi.
1.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonun (2016y 13 aprel yangi tahriri)
2.
Auditorlik faoliyati to’g’risida Qonun (yangi taxriri 2000yil 26 may)
3.
“Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning
ahamiyatini oshirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
4.
Buxgalteriya balansi (15-son BHMS)
5.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishish
(31-son AFMS)
6.
Auditni rejalashtirish (3-son AFMS)
7.
Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish (4-son AFMS)
8.
Auditni hujjatlashtirish(6-son AFMS)
9.
Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi (9-son AFMS)
10.
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik
Xulosasi (70-son AFMS)
11.
Tovar-moddiy zahiralar (4-son BHMS)
12.
Asosiy vositalar (5-son BHMS)
13.
Nomoddiy aktivlar(7-son BHMS)
14.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish (12-son BHMS)
15.
Xususiy kapital to’g’risida hisobot (14-son BHMS)
16.
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi (21 BXMS)
Buxgalteriya balansi mablag’lar turlari va ularning manbaalarini ajratib ko’rsatish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 7 fevralda 30-sonli buyrug’i
bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan.
“Buxgalteriya balansi” nomli 15-son BHMSda Buxgalteriya balansidagi barcha axborot
to’g’ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerakligi, zarur hollarda
buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan
to’ldirilishi keltirib o’tilgan.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ekt
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya
qilinayotgani yoki qilinmayotganini o’rganishi kerak.
Moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy hujjatlarda mavjud bo’lgan axborot xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga
oshirilgandagina to’g’ri bo’ladi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzayotganida xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilmaslikning moliyaviy hisobot va boshqa
moliyaviy axborotni buzishga olib kelgan barcha faktlari aniqlanganligiga ishonch hosil qilishi
kerak.
Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida har doim xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilmaslik holatlarini aniqlamaslik xatari mavjud
bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda auditorlar tomonidan me’yoriy xujjatlardan to’liq va to’g’ri
foydalanishi oqibatida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga olib keladi.