MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
76
6-MAVZU: PUL OQIMLARI
TO’G’RISIDAGI HISOBOT AUDITI
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
77
6-MAVZU: PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT AUDITI
6.1.Korxona pul oqimlarini faoliyat turlari bo’yicha nazorati.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tish bilan ko’p auditorlik tashkilotlari xatarni
baholash tushunchasini seza boshladi.
Auditorlik xatarining mohiyati, shuningdek uni baholash masalalari xorijiy g’arb
mualliflarning ko’p maxsus kitoblarida umumiy tarzda ta’riflab berilgan, ularning ayrimlari rus
tilida tarjima qilinib, Rossiya Federatsiyasida nashr etilgan (3.5.,3.18.,3.21.,3.42.). Tajriba shuni
ko’rsatmoqdagi, O’zbekiston auditida bu masalalar auditorlar va ularning mijozlarining
manfaatlari tutashgan joyda turadi. Shu bilan birga, bizningcha, u yoki bu xatarning kattaligini
va ahamiyatini aniqlash, shuningdek tekshirish o’tkazish chog’ida uni kamaytirish yo’llarini
qrganish va foydalanish mijozlar emas, auditorlarning o’zlari uchun muhim ishdir.
Audit xatosi moliyaviy hisobot auditi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu borada bizni
qiziqtirayotgan har bir xatarning ta’rifini, shuningdek, audit o’tkazish uslubiyatini belgilab
beruvchi ba’zi omillarni ko’rib chiqamiz va ularni sharhlaymiz.
Audit xatari - yo’l qo’yish mumkin bo’lgan, maqbul darajadagi audit xatari, audit
chog’idagi xatar (DAR- Destred audit risk). Auditorlik faoliyati standartlarida foydalaniladigan
atamalar va ta’riflarning rqyxati mualliflari uni auditorlik xatari deb atadilar (1.1.8.). Auditorlik
xatarining mohiyati shundan iboratki, auditor o’z ishida ba’zi nuqsonlarga yo’l qqyishi va
umumiy yakun qilish chog’ida noto’g’ri xulosa chiqarishi mumkin. Aslida, bu xatar ikki
omilning bir-biriga ta’siridir:
a) moliyaviy hisobotda muhim g’araz mavjudligi bilan bog’liq xatar;
b) moliyaviy hisobotdagi mavjud muhim g’arazgqyliklardan birortasi tekshirish chog’ida
aniqlanmay, ta’riflanmay qolishi bilan bog’liq xatar.
Shunga qaramay, amaliyot nuqtai nazaridan yuqoridagi omillarni parchalab, ularning har
birini alohida kichik omillar sifatida ko’rib chiqish mumkin:
Ajralmas xatar (IR-innerent risk). Uni ba’zi mualliflar ichki xujalik xatari, ichki xatarga
xos xatar va shu kabi nomlar bilan atashadi. Auditorlik faoliyati standartlarida foydalaniladigan
atamalar va ta’riflar rqyxatida uni ichki xo’jalik xatari va ajralmas xatar deyilgan. Sqnggi
standartlarda (6.25.) «Ichki xo’jalik xatari» iborasidan izchil va barqaror foydalanilgan.
Bizningcha, bu xatarga berilgan ta’rifni umuman maqbul desa bo’ladi, lekin u to’la emas.
Bu xatar ko’p jihatdan mijozning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi, xo’jalik tizimining
ichki xarakteristikasi, shuningdek, ba’zan ichki nazorat vositalari bilan tekshirish mumkin
bqlmagan tashqi muhit sharoitlariga bog’liqdir. Mohiyat jixatidan bu xo’jalik tizimi o’z
taraqqiyotining maqbul yo’lida muntazam bo’la olmasligi extimolidir. Aniq bir mijozga xizmat
qilishni aniq bir auditorlik tashkiloti zimmasiga olganiga qaramay, bu xatardan qutulib
bo’lmaydi..
Ichki nazoratning samarasizligi xatari (CR-control risk). Auditorlik faoliyati standartlarida
foydalaniladigan otamalar va ta’riflar rqyxatida bu «Ichki nazorat tizimi xatari» deyilgan.
(1.1.8.), keyinroq esa (6.25.) «Nazorat vositalari xatari» iborasidan foydalanilgan. Har qanday
iqtisodiy sub’ektda tashkil etilgan hisob va nazorat tizimi ta’sirchan va ayni paytda nisbatan
arzon bo’lishi kerak. Demak, turli operatsiyalar va faktlarni hisobga olishda ogohlantirmaslik
yoki xatoni aniqlay olmaslik xatari yoki boshqa muhim g’arazgqylik avval boshdanoq mavjud
bo’ladi. Masalan, tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash kassa va bankdagi mavjud pulni
baholashga nisbatan ancha murakkab ish.
Xatoni aniqlay olmaslik xatari (DR-detestion risk) va buxgalteriya hisobotidagi
chalkashliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |