Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
74 
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar tarkibiga soliq inspeksiyasi va boshqa nazorat 
organlari tomonidan solingan jarima summalarini qo’shish; 
- Hisobot yili daromad (foyda)laridan qonunga zid holda foydalanish; 
- Boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va xarajatlarni aks 
ettirishdagi schetlarning noto’g’ri korrespondensiyasi; 
- Foydadan qonunchilikda ko’zda tutilmagan maqsadlarda foydalanish. 
5.4.Direkt-kosting tizimi bo’yicha moliyaviy natijani aniqlash tartibi 
Agar moliyaviy natijalarni aniqlashning xalkaro tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, 
foyda va zararlarni aniqlash, avvalo, xarajatlarni kalkulyatsiya kilishga bevosita bog’liq 
ekanligiga guvoh bo’lamiz. Moliyaviy natijani aniqlash xarajarlarni hisobga olishning 
usullariga bevosita bog’lik ekanligini direkt-kosting va abzorpshen-kosting usullari orkali ko’rib 
o’tanmiz. 
Xalqaro hisobning direkt-kosting usuli chet mamlakatlarida keng tarqalgan va o’zining 
ko’p sonli tarafdorlariga ega. Bu usul “bevosita xarajatlar hisobi tizimi”, “xarajatlar sotish 
tizimi”. Frantsiya esa “marjinal buxgalteriya” degan nomlar bilan ham atadi. 
Ko’pgina kitoblarda “direkt-kosting” yoki “xarajatlar-sotish” usulining muallifi sifatida 
amerikalik olim, Nobel mukofoti laureati V. V. Leontev tan olinadi. Bu usul Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti (BMT), Umumevropa iqtisodiy hamdo’stligi (EX), Iqtisodiy rivojlangan va 
hamkorlik tashkiloti, Hisob bo’yicha Afrika kengashi, Buxgalteriya hisobi andozalari bo’yicha
xalkaro ko’mita va boshqa nufuzli xalqaro jamoat tashkilotlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. 
Xo’sh, bunchalik keng xalqaro jamoatchilik tomonidan keng tan olingan bu usulning 
xususiyatlari, afzalliklari nimalardan iborat? 
“Direkt-kosting” usulida tannarx hisobi yuritishda faqat o’zgaruvchan, yalpi bevosita 
sarflangan material, mehnat va moliyaviy xarajatlar kiritiladi. O’zgarmas xarakterdagi 
umumxo’jalik xarajatlari tannarxi tarkibiga kirmaydi, bunday xarajatlar bevosita firmaning 
moliyaviy natijalariga olib boriladi. Bu usul tarafdorlarini fikricha, bilvosita xarajatlar bevosita 
ishlab chiqarish jarayoniga taallukli bo’lmaydi, ular faqatgina malum hisobot davriga taallukli 
bo’lib, vaqt taqazosi bilan vujudga keladi. 
Direkt-kosting yoki boshqachasiga “ Xarajatlar - sotish “ usulida boshqaruv qarorini 
qabul qilish bevosita sotish natijalariga asoslanadi. Bu degani, firma faoliyatining moliyaviy 
natijalari sotish ko’rsatkichlarida ifodalanadi. 
Direkt-kosting firma foydasini yaxlit holda moliyaviy hisob malumotlari bo’yicha 
hisoblashga imkon beradi. Yani , bu usulda foyda ishlab chiqarilgan, jo’natilgan va sotilgan 
mahsulotlarni haqiqiy tannarxini izchil, ketma-ket hisoblashsiz topiladi. Bu, o’z navbatida, 
moliyaviy natijani keyingi oyning birinchi sanalaridayok tez aniqlashga, yani “Realizatsiya”
hisobi bo’yicha moliyaviy natijaning uslubiga qaraganda qariyb ikki hafta oldin aniqlashga 
imkon beradi. 
 Direkt-kosting tizimida, yukorida aytganimizdek, bilvosita umumxo’jalik xarajatlari davr 
xarajatlari hisoblanib, ular bevosita moliyaviy natijalarga olib boriladi. Bu xarajatlarni 
foydadan qoplash, shuningdek foydadan qilingan boshqa sarflarni alohida hisobga olish 
moliyaviy natijalarni ( foyda va zararlarni) alohida faoliyat turlari, jumladan, sotish, 
umumxo’jalik, tasodifiy hamda boshqa faoliyat va hollar bo’yicha aniqlashga imkon beradi. 
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va hisobga olinishining bunday tartibi ham mulk egasi 
uchun, ham davlat nazorat organlari uchun ham juda qulay hisoblanadi. Aynan shu afzalliklari 
direkt-kosting usulini dunyo mamlakatlari amaliyotiga tez qirib borishi va tarqalishiga sabab 
bo’lmoqda. 
Lekin “Direkt-kosting” usulini kamchiliklardan holi, deb bo’lmaydi. Bu usulning firma va 
kompaniya xo’jayinlari hamda rahbarlarini to’liq qoniqtirmaydigan tomonlari mavjud. 
Jumladan, xarajatlarni shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ajratgan holda hisobga 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish