117
qondirishga va AKTni madaniyat va ta’lim tizimlariga joriy etishga qaratdi. Elektron
demokratiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi Janubiy Koreya fuqarolariga ularning
muhim o‘ringa ega ekanliklari va haqiqatdan ham davlat va jamiyat hayotiga ta’sir
o‘tkaza olishlari to‘g‘risidagi fikrni o‘zlariga singdirishlariga imkon berdi.
Elektron xizmatlarni rivojlantirish sohasidagi amalga oshirilgan uzoqni ko‘ra
bilgan chuqur o‘ylangan va ichki imkoniyatlar to‘g‘ri baholangan davlat siyosati
Janubiy Koreya tajribasining eng muhim va foydali qirrasidir.
Butun davlat
miqyosida yagona axborot makonining yaratilishi nafaqat hokimiyat imkoniyatlarini
kuchaytiradi, balki demokratiyaning asosiy “xalq davlat hokimiyatining birdan-bir
manbai va tashuvchisi” to‘g‘risidagi tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib xizmat
qiladi. Janubiy Koreya har yili Internetning o‘rtacha tezligi va shuningdek aholining
keng polosali tarmoq bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha dunyo miqyosida
birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallaydi. Bir necha yillar avval mamlakatning davlat
sektorida 100 % lik elektron hujjat aylanish tizimi joriy etilgan edi.
Faqatgina
vazirlar va ulardan yuqori darajadagi hujjatlar va ma’lumotnomalargina qog‘oz
shaklida tayyorlana boshlandi.
Elektron hukumat yaratishning Osiyo modeli g‘oyasiga asolangan yana bir
davlat Singapur hukumatidir. Singapur hukumati uzoq, istiqbolda o‘zlariga nisbatan
katta tabiiy boyliklar hamda ishlab chiqarish bahosi pastroq bo‘lgan mamlakatlar
bilan raqobat qila olmay qolishini tushunganligi sababli kelajakda yuqori
texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot yaratishga harakat qilmoqda.
Innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida Singapur hukumati ilmiy hamda tajriba
konstruktorlik infrtuzilmasini yaratdi, intellektual
mulk huquqlari himoyasini
kuchaytirdi, yangiliklarni yaratish va joriy etish hamda byurokratik to‘siqlarni
kamaytirishga mablag‘ va kuch sarflamoqda, elektron tijorat rivojlanishi uchun
qulay sharoitlar yaratmoqda.
Rasm 8.1. - Koreya Respublikasining hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha asosiy
tizimlari
118
Rasm 8.2 - Koreya Respublikasining hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha asosiy
tizimlari: Hisobot tizimi
Koreya elektron hukumati ko‘pgina xalqaro iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha
qator davlatlar uchun omadga erishgan amaliyot tizimi sifatida ta’n olingan. Ushbu
tizim ketma – ket almashgan prezidentlar boshqaruvi
ostida uch bosqichli
shakllantirish asosida tizim yuqori natijalarga erishdi. Bundan tashqari kerakli,
kuzatishlar va maqsadlar asosida samaradorlikka va unumdorlikka erishish orqali
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Tizim rivojlangan sari bek – ofis, front – ofis xizmatilari
shakllangan va butun ishlab chiqarish davomida talab
va taklif asosida doim
o‘zgaruvchi elektron hukumat infratuzilmasi shakllanib bordi. Ommaviy ijtiomiy
xizmatlarning kengayishi va ma’muriy jarayonidagi shaffoflik,
shuningdek
demokratik hukumatni tanlanishi elektron hukumat tizimining rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. Bunday tezkor rivojlanish mos tashkilotlar: texnik tomondan
axborotlashtirish va Aloqa vazirligi qoshidagi Tarmoqlarga ta’minlash va qo‘llab
quvvatlash Fondi va Jamiyatni axborotlashtirilganligi bo‘yicha Milliy Agentiligi
tomonidan ta’minlash hisobiga va moliyaviy
manbalarning egiluvchan
taqsimilanishi evaziga erishilgan. Janubiy koreyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra,
Koreya tajribasidan foydalanib, ularning xatolari takrorlanmasa va mamlakatimizda
mavjud potensialdan to‘g‘ri foydalanilsa, yaqin yillarda mamlakatimizda elektron
hukumat tizimini to‘liq joriy etilishiga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: