112
Foydalanilgan adabiyotlar va Internet resurslar:
1.Olifer V.G. Kompyuternыe seti. Prinsipы, texnologii, protokolы. Uchebnik dlya
vuzov. Piter, 2015 g. ISBN 978-5-496-01967-5. 992str.
2.David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE
is the registered
trademark of Cambridge International Examinations. Buyuk Britaniya/Hodder
Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
3.Abdug‘aniev A.A. Internet texnologiyalari. Toshkent, 2011, 88 b.
4.Sh. Qudratxo`jaev. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. O’quv-uslubiy
qullanma. Toshkent, «O`zbekiston», 2011
WWW.Ziyonet.uz
8-mavzu. Xorijiy elektron hukumat tizimlari.
Reja:
1.
Xorijiy elektron hukumat tizimlari reytingi.
2.
Janubiy Koreyada elektron hukumat tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
3.
Koreya Respublikasi elektron hukumat tizimida faoliyatining statistik
ko‘rsatkichlari.
4.
AQSH elektron hukumat tizimi.
5.
AQSHda elektron hukumatni boshqarishning o‘ziga xos xususiyati.
Tayanch so‘z va iboralar:
AQSH,
Janubiy Koreya, Germaniya, Irlandiya,
statik
ko‘rsatkich, reyting.
Elektron hukumatni joriy etish imkoniyatlari birinchi navbatda yaxshi
rivojlangan zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi
mavjud bo‘lishini taqazo etadi. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, elektron hukumat va
mamlakatdagi fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi o‘zaro bog‘liq va bir-
biriga katta ta’sir o‘tkazuvchi jarayondir. Elektron hukumat yaratish bo‘yicha
birinchi
navbatda AQSH, Angliya, Italiya, Norvegiya, Singapur,
Niderlandiya,
Avstraliya va shuningdek Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya,
Qatar davlatlari
shug‘ullana boshlagan.
Misol sifatida Germaniya Federal hukumatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u elektron
hukumat loyihalari davlat apparati faoliyatida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun
turtki berishi va davlatni modernizatsiyasi jarayonida asosiy rolni o‘ynashi kerak
deb hisoblaydi. U aholiga Internet tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatish rasmiy
strategiyasi islohatlari sohasini qamrab oluvchi tamoyillarga asoslanadi. Germaniya
shuningdek, Federal hukumat tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlarni Internet
tarmog‘i orqali ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Irlandiya elektron hukumatining asosiy farqli xususiyati birinchilar qatorida ishga
tushirilgan davlat xaridlari tizimi bo‘lib, u orqali tezda kerakli tenderni topishgina
emas, balki unda ishtirok etish uchun ariza berish imkoniyatining ham mavjudligilir.
Evropa davlatlarida teskari aloqa shakli yanada rivojlanib bormoqda. SHu
jumladan saylovchilar fikri bilan qiziqishning interaktiv usullaridan biri Fransiya
hukumati saytlarining birida joriy etilgan. Unda qurilishi
rejalashtirilayotgan
113
infratuzilmaviy loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi va fuqarolar
bunday loyihalar borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Fransiyada korxonalar haqida axborotlar berish xizmatini amalga oshirish
amaliyoti keng o‘rin olgan: talab etiladigan korxonaning
manzilini olish uchun
qidirish oynasiga o‘zining pochta indeksini kiritishning o‘zi etarlidir. Bundan
tashqari Fransiyada elektron xizmatlar uchun to‘lovlar sayt orqali kredit
kartochkalar bilan amalga oshiriladi. Buning natijasida
zaruriy xizmatlarni olish
jarayoni sezilarli darajada soddalashadi.
8.1.-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, reytingning yuqori pog‘onalarini an’anaviy
ravishda Evropa, Osiyo va SHimoliy Amerikaning yuksak taraqqiy etgan
mamlakatlari band etishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: