Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#625329
Bog'liq
4.mavzu



4-MAVZU: 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavurlarni 
shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari
Dars o’quv maqsadi: 
Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik 
tasavvurlarini shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari yuzasidan 
bilim berish. 
Tayanch so’zlar va iboralar:
Nazariya, amaliyot, nazariya, bilimlar, hayot,
bog`lanish, kengaytirish, borish, talab, Individual, yondashish, printsip, bolalar, 
yosh xususiyatini, qobiliyatlar, psixologiya hisobga olish. 
Reja: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda 
ta'limning asosiy didaktik tamoyillarini amalga oshirish.
2. M
avzu.matematika mashg`ulotlarini o`tkazishga qo`yilgan talablar: 
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. 
Bolalarni maktabgacha ta’lmda matematik tasavvurlarni shakllantirishda. 
Didaktik tamoyillari 
1. 
Ilmiylik tamoyili 
bog`chada o`rganiladigan faktlarni ular fanda qanday 
yoritiladigan bo`lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya'ni biz ilmiylik 
Ilmiylik 
tamoyili 
Nazariya va
amaliyotning 
birlik tamoyili
Ko`rsatmalili
k tamoyili
Bilimlarni 
o`zlashtirishda 
sistemalilik, 
ketma-ketlik va 
mustahkamlilik 
tamoyili
Individual 
yondoshish, 
tamoyili


to`g`risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilm 
asosida tuzilgan bo`lishi kerak.
M: 2 + 2 = 4 ilm asosida.
2+2=5lar ham uchrab turadi, lekinbdu ilm asosida emas.
M: 3=7 
Isboti.
15-15 = 35-35
3 (5-5) =7(5-5): (5-5)
3=7
Isbotdagi xatoni toping.
5 — 5 = 0 biz bilamiz nolga bo`lish mumkin emas.
2. Nazariya va amaliyotning birlik tamoyili
Bu printsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, seminarotga bog`lanishini 
butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan 
bevosita hap-xil mashq va masalalar ni echishga o`tish yo`li bilan bu printsip keng 
suratda amalga oshiriladi. Haqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni ko`zi bilan 
ko`rib yurgan xonada, ko`chada, uydagi narsalar bilan bog`langan holda 
mashg`ulot o`tish, ya'ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib 
olishiga, o`zlashtirishiga yordam beradi.
3.Ko`rsatmalilik tamoyili
.
Bolalar 
tafakkurining 
aniqlikdan 
abstraktlikka 
qarab 
rivojlanish 
xususiyatlariga bog`liqdir. Matematikani o`qitishdan asosiy maqsad — mantiqiy 
tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o`qitish aniq fakt va 
obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o`rganishi shu aniq fakt va 
obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.
Ko`rgazmalilik o`quv materialini o`zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning 
mustahkam bo`lishiga yordam beradi.
M: doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib 
qo`yib bolalar ikki qo`llari orasida ushlab ko`rishlari kerak. Uning dumaloq 


ekanini, tekis ekanini qo`l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan 
holda eslarida yaxshiroq qol adi.
4. Bilimlarni o`zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik 
tamoyili
Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, 
chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog`lanishlar g`oyat 
muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo`lib qolmay, bir- biri 
bilan bog`langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin murakkablashtirib 
borilishi lozim.
Puxta o`zlashtirish esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. 
Matematik tushunchalar o`zaro shu qadar bog`langanki, majburiy minimumning 
biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o`z bilimlarini hayotda foydalana 
olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo`ladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geo’letrik figuralar, tevarak atrofni 
bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda 
katta.
son va sanoq
kattalik,
geometrik figuralar
fazoni idrok qilish
vaqtni chamalash 


Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning 
biror qismini yaxshi o`zlashtirmasdan va yaxshi mustahkamlamasdan turib, 
muvoffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.
5. Individual yondoshish, (ravonlik) tamoyili.
Ravonlik tamoyili bolalarning yosh xususiyatlarini, ya'ni qobiliyatlarini, 
psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu printsip 
matematikani o`qitish protsessida amalga oshirilishi shart. (Lekin bizning 
bog`chalarimizda bu printsip amalga oshirilmayapti.
MAVZU.MATEMATIKA 
MASHG`ULOTLARINI 
O`TKAZISHGA 
QO`YILGAN TALABLAR: 
1. Matematika mashg`ulotlarida son — sanoq bo`limi bilan bir qatorda dasturning 
boshqa bo`limlarini ham rejalashtirish, son — sanoq bo`limidagi dastur vazifasi hamma 
mashg`ulotlarda ham asosiy o`rinni egallashi kerak.
2. Har bir mashg`ulotda ikki uch programma vazifasi planlashtiriladi. Birinchisi 
yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti — sakkiz mashg`ulotdan keyin takroriy tipda mahgulotlarni o`tkazish tavsiya 
qilinadi.
4. Matematika mashg`ulotlarida eng asosiy o`rgatish usuli ko`rgazmali o`rgatish 
usulidir. O`rgatish usulida harakatli o`yin, didaktik o`yin usullari katta o`rin egallaydi.
5. Matematika mashg`ulotlarida programma mazmuni ko`rgazmali materiallar 
asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o`rta gruppada mashg`ulotlarni yakunlashda tarbiyachi 
programma mazmunida bolalarga tushunarli so`zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Katta va tayyorlov gruppada bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
MAShg`ULOTLARNI IIVXTA O`TKAZIShDA ASOSIY 
ShART - ShAROITLAR. 
1. Tarbiyachi bolalarni ilmiy psixologik pedagogik taraqqiyoti xususiyatlarining 
asoslarini qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlariga uning taraqqiyotidagi
ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh gruppasidagi elementar matematika tasavvurlarini o`rgatish 
programmasini ya'ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o`rgatish metodik usullarini egallash, ya'ni ishni qanday olib borish.
5. O`rgatish programma materialini egallash faqat maxsus mashg`ulotdagina amalga 
oshirilishini bilish.
6. Har bir mashg`ulotda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik 
tushunchalari:
Kattalik, shakl, tevarak atrof, vaqt tushunchasini planlashtirishni bilish.
7. Mashg`ulotlar didaktik printsip asosida tuzilishini bilish.
8. Mashg`ulotlarda turli analizatorlardan keng foydalanish.
9.Ko`rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart sharoitlardan biri 
ekanligini bilish.


10. Hap bir bolaning tarqatiluvchi material ishlashi va har bir mashg`ulotning asosiy 
sharti ekanligini bilish kerak.
Nazorat savollari: 
1.Ilmiylik tamoyilini izohlang? 
2. Nazariya va amaliyotning birlik tamoyili deganda nimani tushunasiz?
3. Ko`rsatmalilik tamoyiliga misollar keltiring? 
4. Bilimlarni o`zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili 
qanday amalga oshiriladi? 
5.
Individual yondoshish, (ravonlik) tamoyiliga ayni kunda amal qilinadimi? 
6. Ilmiylik tamoyilini axamiyati nimada deb o’ylaysiz? 
7. Ko`rsatmalilik tamoyilini mashg’ulotlarni tashkil etishdagi axamiyati nimada? 
8. Ketma-ketlik va mustahkamlilik deganda nimani tushunasiz? 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. SH.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogikasi” “Tafakkur sarchashmalari” 
nashriyoti. T.,2013y. 
2. Bikbayeva N.U. Ibragimova Z.I. Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shaklantirish» T. 
«O‘qituvchi» ,1995y. 
3.Raxmonqulova “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish”,T.2010y



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish