Moliya kredit



Download 1,33 Mb.
bet3/6
Sana23.03.2022
Hajmi1,33 Mb.
#507062
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Молия фанидан курс иши

Iqtisodiyotni liberallashtirish nima beradi?

Birinchidan, aktsiyadorlik jamiyatlari davlatga tegishli qismining sotilishi davlat g‘aznasiga mo‘may mablag‘ keltiradi.
Ikkinchidan, davlatning qo‘li xo‘jalik yumushlaridan bir muncha bo‘shaydi.
Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlik muhiti kengayadi. Bundan ham davlat, ham mulkdorlar va oddiy kishilar yutadi. Asosiysi, bozor islohotlarini chuqurlashtirish shuni talab qiladi.
Davlatning monopol mavqei uglevodorod xomashyosi, rangli metallar, uran qazib olish, temir va avtomobil yo‘llari, avia tashuvlar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va communal tarmoqlarda saqlanib qolishi lozim. Boshqa sohalardagi davlat aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davom etadi. Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’ektlari chet ellik investorlarga sotilmoqda. Jumladan, yuzlab mulk majmualari tanlov asosida investitsiya kiritish sharti bilan «0» qiymatda yangi mulkdorlarga sotildi. Ular esa investitsiya kiritish, minglab ishchi o‘rinlarini yaratish majburiyatini oldi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni pirovard maqsad bo‘lmasligi kerak. Agar erkinlashtirish sur’atlari, iqtisodiyotning o‘sish sifat ko‘rsatkichlari, aholi turmush darajasi barobarida kechsa yanada yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozlariga ko‘ra, dunyodagi tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ham oldingi o‘rinlarga chiqdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar hozirgi sharoitda ancha yuqori hisoblanadi. Chunki jahon moliyaviy-iqtisod iyinqirozi hali to‘la barham topgani yo‘q, davlatlarning bir-biriga sanktsiya va embargolar qo‘llashi avj olmoqda. Qolaversa, muhim tovarlarga tashqi talab kamayib, narxlar pasayib bormoqda, talabga nisbatan taklif ustunroq.
Bu kabi tashqi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik milliy iqtisodiyotga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha Dasturida to‘la quvvat bilan ishlamayotgan davlat korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga o‘tkazish, strategic ahamiyatga ega bo‘lmagan va foydalanilmayotgan davlat ulushini to‘la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aktsiyalarini fond bozorida sotish orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, bu tadbirlarni o‘tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. Jumladan, davlat aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat aktivlariga ikki oy muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 foizgacha, har 15 kun daesa 10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda sotish, Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish, davlat ob’ektlarini qismlarga bo‘lib sotish, xarid to‘lovlariga imtiyoz berish, davlat ob’ektlarini ijarachilarga sotilishga ustunlik berish, xo‘jalik organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi mumkinligi va boshqalar belgilab qo‘yildi.
Valyuta va tashqi savdo bozorini erkinlashtirish iqtisodiyotni liberallashtirishning muhim bo‘g‘inlaridan biribo‘lib, davlat pul-kredit siyosatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Monetar siyosat davlat yoki uning Markaziy banki tomonidan makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish maqsadida muomaladagi pul massasini oshirish yoki pasaytirish orqali amalga oshiriladigan vositadir. Bu siyosat foiz stavkasi va ayirboshlash kursi, to‘lov balansi, ustidan nazorat, inflyatsiyani jilovlash, umumiy bandlikni oshirish, baholar darajasini me’yorlash va boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Monetar siyosat bir amerikalik tili bilan aytganda, “bir tanga ustida umbalo qoshish”dir.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit yaratish bo‘lib, bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‘rniga yagona rasmiy kurs bir dollarga 8100 so‘m miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini erkin sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. Bu qadar radikal yondashuv hatto ancha bilimdon bo‘lgan iqtisodchilarni ham xavotirga solib: endi nima bo‘ladi, milliy valyuta kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyatsiyaning yangi xalqasini keltirib chiqarmaydimi, degan mulohazalarni tug‘dirgan edi. Lekin fevralda bir dollar 8188,33 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyin asta-sekin so‘m mustahkamlana boshladi va iyun oxiriga kelib, bir dollar 7813 so‘mga tushdi. Endilikda aholida «dollarlashtirishdan» bir muncha qaytish tendentsiyasi, pul o‘tkazmalarini milliy valyutada olishni afzal ko‘rayotgani kuzatila boshladi.
Bu tendentsiya bundan keyin ham davom etishi, so‘m o‘z qadrini ko‘tarib borishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun so‘m bugun o‘z pozitsiyasini mustahkamlayapti, giperinflyatsiya yo‘q.
Chunki, birinchidan, dollar kursi pasayishida Markaziy bankning valyuta birjasidagi interventsiyasining ham roli bor. Bu vosita ham ko‘pchilik mamlakatlar amaliyotida uchrab turadigan valyuta ayirboshlash kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishdir. Bu holat “betaraf” xarakterga ega bo‘lib, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining keskin kamayib ketishiga olib kelmaydi.
Ikkinchidan, asosiysi, valyuta bozoridagi noaniqlik, nufuzli valyuta kurslarining har kuni, har soatda o‘ynab turishi aholida ajiotaj, ya’ni shov-shuv talabni kuchaytirayotgan edi. Endi esa Prezident va Markaziy bank kafolati ostida valyuta bozoriga aniqlik va shaffoflik kiritildi. Bugun o‘zbekistonlik turist, biznesmen, talaba yoki davolanuvchi chet elda turib conversion kartasidagi valyutani bankomatdan xohlagan miqdorda naqd mablag‘ sifatida yechib olishi mumkin.
Uchinchidan, liberallashtirish iqtisodiyotning qaysi sohasida kechmasin, kompleks xarakterga ega bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarni taqozo etadi. Ayni paytda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik saqlanib turibdi, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish jadal bormoqda. Soliq va bank tizimi islohotlari ketmoqda, biznesni yuritish va eksport sohasidagi ma’muriy to‘siqlar olib tashlanmoqda. Bular hammasi pul-kredit tizimini takomillashtirish, sohani liberallashtirishga xizmat qiladi.
Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish, ularga imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini pasaytirishga oid hujjatlarni rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o‘tish va boshqa chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Rasmiy valyuta kursi qiymatini yuqori darajada ma’muriy yo‘l bilan sun’iy ushlab turilishi milliy tovar va xizmatlar eksporti rivojining asosiy to‘siqlaridan biri edi. Boshqacha aytganda, valyuta bozori erkinlashmagani milliy tovar va xizmatlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirar, eksportda xomashyo hissasi yuqori qolishiga olib kelardi. Endi esa mamlakat eksporti tarkibida noxomashyo tovarlari hissasi oshirish, sohada institutsional qayta qurishlar, oxir-oqibatda import o‘rnini bosadigan modeldan eksportga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy modelga o‘tilmoqda. Tinch okeani havzasidagi Osiyo yangi industrial mamlakatlari rivojlanish tajribasi xuddi shunday. Ammo eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish raqobatbardosh mahsulotlarni taqozo qiladi. Bu esa chetdan mashina va asbob uskunalar, yangi texnika va texnologiya kiritishni talab qiladi. Tashqaridan kirmasa, tashqariga chiqarib ham bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyoti tartibi shunday. Milliy iqtisodiyot go‘yo ikki tomonlama qatnovli katta magistral yo‘lga o‘xshaydi.
2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‘lovlari o‘rtacha 14,5 foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi savdoni keyingi erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik mahsulotlariga import stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga esa yaqingacha import bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha past edi. O‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import bojlari o‘rtacha 2,5 martaga pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-import operatsiyalari kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‘rin olishini osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global zanjiriga integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz.
Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, jumladan, valyuta bozorini liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog‘liq katta voqea. Lekin ular ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko‘chirmalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotning real o‘sishi va muomaladagi pul miqdori o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo‘ladigan inflyatsiyani keltirib chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo‘shib olib borish bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi.
Umuman olganda, barcha xavflarni bartaraf etadigan yagona yo‘l iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.



  1. Download 1,33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish