GEOAXBOROT TIZIMI UCHUN VEKTOR ma’lumot olish
REJA
1. Global pozitsiyalash tizimi (GPS)
2. GPS qurilmasi orqali ma'lumot olish
3. GPS tizim tarkibi
Vektor ma'lumot olish
Asosiy yoki birlamchi vektor ma'lumot olish bu geografik ma'lumot olishning asosiy manbaasi hisoblanadi. Vektor ma'lumot olish ikkita muhim qismlarga: dala yoki er va GPS s'emkasiga bo'linadi. Oxirgi vaqtlarda GPS s'emkasi tobora kengroq qo'llanilib borilmoqda va bu ikki tur s'emka bir biriga qo'shilib ketmoqda. Dala yoki er s'emkasi istalgan nuqtaning 3 o'lchamdagi joylashuvini boshqa koordinatasi ma'lum bo'lgan tayanch nuqta (reper, marka, signal) lar yordamida o'lchash tamoyiliga asoslangan.
Global pozitsiyalash tizimi (GPS)
Keyingi yillarda kundalik hayotda GPS qiqartmasini tez-tez uchratish mumkin, u Global Positioning System – Global pozitsionirlash tizimi deb rasshifrovkalanadi. Bu tizim elektromagnit signallarini uzluksiz rejimda Erga yuborib turadigan yo’ldoshlar tarmog`idan iborat. Bunday nurlanishning yo’ldoshlargacha bo’lgan masofani o’lchaydigan maxsus priyomnigidan foydalanib, ob’yektning er yuzasida o’rnashgan joyini belgilangan aniqlikda (bir necha o’n kilometrlardan bir necha millimetrlargacha) topish mumkin.
GPS qurilmasi orqali ma'lumot olish
GPS qurilmasi orqali GAT dasturlariga ma'lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, s'emka qilib kelingandan so'ng maxsus dasturlar yordamida GPS qurilmaning xotirasidagi ma'lumotlarni qayta ishlash mumkin va bu ma'lumotlarni GAT dasturlariga jo'natish yoki bevosita to'g'ridan to'g'ri maxsus GAT ining ichida joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda er resurslarini boshqarish tashkilotlarida ishlatilayotgan Panorama GAT (Panorama) dasturida ham shunday dastur mavjud va bu ma'lumot olish NMEA 0183 tizimi orqali amalga oshiriladi. NMEA 0183 bu GPS navigatsiya priyomniklari va undan foydalanuvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvini uzatuvchi format turidir. GPS import dasturi orqali koordinatalar dasturinig File/Import from/ GPS Koordinates/NMEA or File/ Refresh/ Koordinates GPS /NMEA orqali amalga oshiriladi. GPS qabul qilgichining joylashuviga qarab statik va dinamik oʻlchashlar usullari qoʻllaniladi. Qabul qilgich oʻrnini statik usulda aniqlashda punktda uzoq muddat davomida kuzatishlar olib boriladi.Dinamik usulda kuzatishlarni olib borishda qabul qilgich harakatlanadigan transport vositasiga oʻrnatiladi. Geodezik GPS qabul qilgichlari bilan ishlashda qoʻyilgan maqsadga qarab quyidagi oʻlchashlar usullaridan biri qoʻllanadi: statika, tezkor statika, kinematika va RTK. Statika usuli uzoqliklarni oʻlchashda, geodezik tarmoqlarni rivojlantirishda, tektonik platformalar harakatini oʻrganish va boshqalarda qoʻllaniladi. Statika usuli yuqori aniqlikdagi oʻlchashlarni bajarish uchun moʻljallangan boʻlib, stansiyada kuzatishlar muddati 1 soatni tashkil qiladi. Tezkor statika usuli zichlash tarmoqlari va syomka tarmoqlarini rivojlantirishda qoʻllanadi. Bu usul nuqtalar koordinatalarini santimetr aniqligida topishni taʼminlaydi. RTK(Real Time Kinematics)usulida real vaqt davomida oʻlchash uchun bazaviy stansiya qabul qilgan sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini harakatdagi qabul qilgichga uzatish uchun radiomodemdan foydalaniladi. Bu usul nuqtalar koordinatalarini dalada real vaqtda aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun unda topografik syomkalarni bajarish juda samarali hisoblanadi. Lekin radiomodemda ishlash uchun bazaviy stansiya bilan harakatdagi stansiyalar oʻzaro koʻrinishi kerak. Bu real vaqtda santimetrli aniqlikni taʼminlaydigan yagona usuldir.
GPS ning umumiy xarakteristkalari
AQSH tomonidan ishlab chiqilgan
Ta’minoti
Aniq Navigatsiya 10 - 20 m
Butun dunyoni qoplagan 24 soat ishlaydi
Umumiy Koordinata sistemalariga mos
Harbiy va xalq xo’jaligi uchun ochiq
Kartografiya va geodezik syomka tarixi
Klassik uslublari: triangulatsion, trilaterasion va poligonometrik tarmoqlar
“chiziq va ko’rinish” bilan chegaralangan.
Qo’llanilgan uskunalar :Po’lat sim, Theodolit, Kompas, Nivelir
Kimlar foydalanishadi
HAMMA
Dengiz, havo kuchlari
Havo Yollari
Geodezistlar
Bu sohada revolyutsiya desa ham bo’ladi
Tranzit yuk tashuvchilar
Alpinist, turistlari
Avtomobillari
Media sputniklari
Aniq vaqtni talab etuvchi har qanday tizim
GPS vaqti
GPS vaqti 6 Yanvar 1980 da, 00:00:00 ga keltirilgan
Yanvar 6 = 1- shanba 1980 yilda
Sputnik GPS vaqtlari xalqaro Atom Vaqtiga keltirilgan (Xalqaro atom vaqti -TAI)
TAI esa Umumiy Vaqt Koordinatasiga asos bo’lib xizmat qiladi (Grinvich vaqti-UTC)
GPS vaqti = TAI + 13s
13 sekundlik o’zgarish 1/6/1980 yildan beri mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |