“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Bosqichlar Yo‘nalishlar



Download 6,94 Mb.
bet21/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Bosqichlar

Yo‘nalishlar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1-pog‘ona



Institutlarning amal qilishi



Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy institutlarning samarali ishlashi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • o‘zgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish tartibi;

  • korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish;

  • mulk huquqini muhofaza qilish;

  • investorlar huquqini himoyalash;

  • intellektual mulkni himoya qilish;

  • eksportni qo‘llab-quvvatlash;

  • sifatli bank xizmati;

  • hukumatning barqaror siyosati va hokazolar.

2-pog‘ona

Sifatli ta’lim

Aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun sifatli ta’lim tizimini ta’minlash quyidagilar orqali tadqiqotlarga sharoitlar yaratadi:

  • ta’limga yuqori xarajatlar;

  • zamonaviy ta’lim standartlari;

  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

  • malaka oshirish va xususiy ta’lim markazlarini rag‘batlantirish;

  • texnik mutaxassislar va muhandislarni ko‘proq tayyorlash.

3-pog‘ona



Tadbirkorlik madaniyati

Aholi, olimlar va tadqiqotchilar orasida quyidagilar orqali tadbirkorlik madaniyatini oshirish:

  • innovatorlarning tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirishlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • olimlar va tadqiqotchilarning tadbirkorlik bilan bandligini ta’minlash;

  • biznes yuritishda huquqbuzarliklar uchun qonuniy javobgarlikning yumshoqligini ta’minlash;

  • aholi o‘rtasida tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarini faol targ‘ib qilish.

4-pog‘ona

Rivojlangan infratuzilma



Tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yengillashtirish uchun rivojlangan infratuzilmani yaratish:

  • yuqori tezlikdagi Internet va aloqadan foydalanish;

  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, texnik va ichimlik suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlash;

  • avto va temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • sifatli logistika xizmatlari.

5-pog‘ona





Rivojlangan bozorlar

Quyidagi imkoniyatlar mavjud ichki raqobat rivojlangan bozor:

  • kreditlar va venchur moliyasidan foydalanish;

  • bozorda innovatsion ishlanmalarni kommersiyalash;

  • iqtisodiyotda klasterlar rivojlangani;

  • yaxshi rivojlangan mehnat bozori;

  • ko‘chmas mulk va tijorat binolari ijarasi rivojlangani;valyuta va fond bozorining ishlashi.

Dastlabki beshta pog‘ona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay muhitni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu vazifalar ado etilgan taqdirdagina innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda O‘zbekistonda innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samara berishi mumkin.



6-pog‘ona



Ilm-fanning davlat tomonidan moliyalashtirilishi



Ilmiy-texnik yutuqlarimizni erishilgan darajada saqlab turish va yanada oshirish maqsadida ilm-fan va fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish:

  • tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;

  • ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari ilmiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida subsidiyalar ajratish;

  • fanlararo tadqiqotlar faol olib borish;

  • olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvini rag‘batlantirish.

7-pog‘ona

Innovatsiya
ishlanmalarining

Umumiy tovarlar, ish va xizmatlar hajmida innovatsion
mahsulotlar ulushini oshirish uchun tajriba-konstruktorlik




davlat tomonidan moliyalashtirilishi

faoliyatini va innovatsion korxonalar ishlanmalari kommersiyalashuvini moliyalashtirish:

  • innovatsion ishlanmalar va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etishning davlat tomonidan moliyalashtirilishi;

  • kreditlarga garov sifatida kafolatlar berish;

  • strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun soliq imtiyozlari berish;

  • innovatsion yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida ularga talabni saqlab turish uchun davlat xaridini ta’minlash;

  • davlat venchur fondlarini tashkil etish hamda xususiy fondlar investitsiyalarini riskdan kafolatlash fondini tashkil qilish.

8-pog‘ona

Innovatsion faollik (effekt)



Qulay muhit shakllantirilishi va innovatsiyalarni faol moliyalashtirish natijasida:

  • O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion faolligi oshadi;

  • mehnat unumdorligi ko‘tariladi;

  • milliy va xalqaro patentlar berish ko‘payadi;

  • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxonalar safi kengayadi;

  • tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band kishilar soni oshadi.

9-pog‘ona

Siyosat natijasi

Shundan so‘ng O‘zbekistonda olib borilgan innovatsiya siyosat natijasini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali his etish mumkin:

  • berilgan patentlar soni;

  • venchurli investitsiyalar hajmi;

  • yuqori texnologik eksportning umumiy eksport hajmidagi ulushi;

  • xorijiy texnologiyalarga bog‘liqlikning pastligi;

  • ekologiya, sog‘liqni saqlash va aholi turmush darajasining yuqoriligi.

10-pog‘ona



Iqtisodiy oqibatlar



Shu tariqa O‘zbekiston xalqaro yuqori texnologiyalar bozoridagi yetakchilardan biriga aylanadi va turli xalqaro reytinglarda mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori o‘rinlarga erishamiz.

Qulay muhitni ta’minlashdan tashqari, innovatsiya siyosatining uzviy tarkibiy qismi bo‘lmish ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri moliyalashtirish ham muhim hisoblanadi. Faol moliyaviy qo‘llab- quvvatlash siyosati davlat uchun jozibaliroq. Chunki u aniq o‘lchanadigan natijalarga tezroq erishishini ko‘zlaydi. Jozibali muhitni yaratish esa unga nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, murakkab tizimlashtiriladi va unda kim aniq naf oluvchi ekanini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan. Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida innovatsiyani bugungi kunda farovonlik va raqobatbardoshlikning asosiy omili, innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi afzalliklarni qo‘shimcha tarzda kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z pozitsiyalarini xalqaro maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda. Unutmaslik kerakki, innovatsion faollikni boshqalarga nisbatan oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib
chiqadi.
9-MAVZU: MOLIYAVIY BOZORLAR REJA:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish