“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet19/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

of Americaning yana bir jiddiy raqobatchisiga aylanishi mumkin edi. Ayni paytda boshqa banklar Bank of Americaning o‘z dasturini Kaliforniyaning tashqarisiga ham kengaytirmoqchi ekanligi to‘g‘risida tez-tez eshitadigan bo‘lishdi. Bir necha yillik nisbatan jim-jitlikdan so‘ng bank sanoati bo‘lish ehtimoli bo‘lgan hujumlar va potensial ishtirokchilar, kredit kartochkalari to‘g‘risidagi turli xil shov-shuvlar bilan portladi. Buyuk Depressiyadan so‘ng amalda birinchi bo‘lib banklar bir- birlari bilan ochiqdan-ochiq raqobatlashish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylay boshlashdi.
Bu mish-mishlar, o‘z navbatida, 60-yillar oxirida butun mamlakatni qamrab olgan kredit kartalarni jo‘natishning buyuk to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Sarosima va hasadga tushgan bankirlar, amalda u haqda hech narsa bilmasdan va mutlaqo tayyorlanmasdan turib biznesga “boshlari bilan sho‘ng‘ishdi”. Iste’mol ssudalarini taqdim etadigan va taqdim etmaydigan barcha yirik va mayda banklar, bank konsorsium56lari va ayrim banklar yagona shiddat bilan Everything Cards, Town & Country Cards, Midwest Bank Cards, Interbank Cards kabi va boshqa o‘nlab unutilib ketgan nomlarni eslagan holda kredit kartochkalarini berishni boshladilar. 1966 yildan 1970 yilga qadar bo‘lgan davrda bankirlar mamlakatni kredit kartochkalari bilan deyarli to‘ldirib tashladilar. Shu davrga qadar AQSh bu kabi holatni ko‘rmagan edi.
Ushbu harakat faxriylarining ko‘pchiligi hozir o‘tgan asr 60-yillarining oxiri haqida banklar katta miqdorda ziyon ko‘rgan, jamiyatda sarosima va federal57 qonunchilikda chalkashliklar avjiga chiqqan ahmoqona bir davr bo‘lganligini gapirishadi. Shu bilan birga ularning hammasi, bu aqldan ozishning zaruriyat bo‘lganligi to‘g‘risida bir xilda fikrlashar edi. O‘sha yillarning tartibsizligidan elektron kredit kartochkalarning zamonaviy tizimi vujudga keldi. Usiz bank kredit kartochkalari bugundagiday: pul sohasidagi inqilobning plastik ramzi sifatida hech qachon mavjud bo‘lmasligi mumkin edi.
Shunday qilib, kredit kartochkalarining yirik firma-emitentlari o‘rtasidagi raqobat tufayli, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar deyarli katta emas. Hozirgi davrda sayohat qilishga jo‘nayotgan ko‘pchilik odamlar uchun kredit kartochkalaridan foydalanish nafaqat qulay, balki yo‘l cheklariga qaraganda foydaliroqdir.
Oxirgi mulohaza bizni moliyaviy innovatsiyalarga nisbatan yana bir fikrga olib keladi. Odamlar ehtiyojining va moliyaviy xizmatlar ko‘rsa-tadigan tashkilotlar o‘rtasidagi ta’sirning tahlili, moliyaviy tizimda kelgusidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida bashorat qilishga imkon beradi. Masalan, to‘lovning



56“Korsorsium” lotincha “concortium” - sheriklik, birga ishtirok etish. Bir necha banklar yoki sanoat korxonalarining qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijoriy ishlarni, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun tuzilgan vaqtinchalik bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.401.
57 “Federal” lotincha “federalis” - ittifoq, uyushmaga oid. Qarang: o‘sha manba. J. IV. –B.338.
kredit kartochkalaridan foydalanish kabi usulining ulkan afzalliklarini hisobga olgan holda, yo‘l cheklari kelajagi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakmikan? Bu cheklarni ham, kalkulyator kashf qilingandan so‘ng, logarifmik lineykaga kelgani kabi taqdir kutmayotganmikan?
Kredit kartochkalari – bu shunchaki oxirgi 40-50 yil ichida ishlab chiqilgan, iqtisod sohasida odamlarning faoliyat xarakterini tubdan o‘zgartirgan ko‘plab moliyaviy mahsulotlar misollaridan biridir, xolos. Barcha ushbu innovatsiyalar jami bo‘lib, risk va daromadlilik o‘rtasidagi samarali balans (muvozanat)ni topish, shaxsiy investitsiyalarni to‘g‘ri sarflash, shuningdek, mehnatga layoqatli davrda mablag‘larni yig‘ish va ularni pensiyaga chiqqanda ishlatishni qo‘shgan holda, butun hayoti davomida o‘zining individual ehtiyojlariga tuzatish kiritish imkoniyatlarini oshirdi.
    1. O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish