“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Moliyaviy bozorining mazmun-mohiyati va



Download 6,94 Mb.
bet22/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Moliyaviy bozorining mazmun-mohiyati va iqtisodiyotdagi ahamiyati.
  • Moliyaviy bozorlarning tarkibiy qismlari.

  • Moliyaviy bozr stavkalari.
    1. Moliyaviy bozorining mazmun-mohiyati va iqtisodiyotdagi

    ahamiyati
    Iqtisodiyotning keng mazmuni – shaxslarning maqsadli nafsiy hohish- istaklari talabi rivoji ila bozor ta’siri ostida rejali shakllananuvchi va amalga oshiriluvchi ho‘jalik yuritish jarayoni bo‘lib, unda Alloh tomonidan avvaldan vaqt va miqdor o‘lchamlari bilan me’yorlanib shaxslar ihtiyoriga berilgan moddiy va nomoddiy boyliklar bozor qonunlari asosida obyektiv taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
    Bozor esa iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli nafsiy hohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi (chorlovchi) imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli (ijobiy yoki salbiy) samara darajasida obyektiv sodir bo‘luvchi bozor tovarlari bo‘yicha iqtisodiy-xuquqiy munosabatlari muhiti bo‘lib, unda taraflarning nafiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan obyektiv narhlarda (baholarda) qondiriladi. Bu muhit Allohning hohishi ila vujudga keladi va unga mos ravishda iqtisodiyot subyektlari tomonidan turli omillar ta’siri ostida rivoji shakllanuvchi iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlanadi va uning faoliyatiga mutanosib quvvat potensialiga (salohiyatiga) ega bo‘ladi.
    Bozorning bajaradigan funksiyasi nuqtai nazaridan bozor tizimi-ning vazifasi iqtisodiyotda tovarlar muomalasiga hizmat ko‘rsatish.
    Moliya iqtisodiyotning monetizatsiyalashgan alohida shakli sifatida moliyaviy vositalar asosida amalga oshiriluvchi moliyaviy munosabatlar jarayoni ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi toifasi (kategoriyasi). Moliyaning bajaradigan funksiyasi nuqtai nazaridan moliya tizimining vazifasi bozor iqtisodiyotidagi transaksiyalarga hizmat ko‘rsatish, jamg‘armalarni jamlash va taqsimlashdir.
    Insoniyatning yer yuzida paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlansa, bozor odamlar o‘rtasidagi boyliklarni natural tovar sifatida maqsadli va o‘zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo‘luvchi dinamik muhitga aylangan bo‘lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini obyektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ularning bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o‘zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.
    Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi.
    Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq bozor munosabatlari amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko‘rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson sivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o‘sib, ularning xaq- xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir.
    Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‘lmoqda. Bunda moliya bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot rivojini, balki global iqtisodiyot rivojini ham belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
    Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin: moliya bozori – bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq tashkillashgan iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot subyektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim. Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi.
    Bu ma’noda, umuman olganda, moliya bozori tushunchasi tovarlarning boshqa turlari (masalan, neft, oltin va boshqa turdagi hom-ashyolar, hizmatlar, ko‘chmas mulk va boshqalar) bozorlar tushunchasi o‘rtasida o‘xshashlikni sezish mumkin.
    Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari hususiyatlari bilan bog‘liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko‘rilalayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi uchun ularga hos bo‘lgan bozor zarur, qimmatli qog‘ozlar uchun esa faqat fond bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun

    • mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo‘lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotti bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlar esa cheklanmagan martta oldi-sotti bo‘lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog‘oz) esa muomalaga chiqariladi.

    Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo‘lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning obyektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
    Tovar iqtisodiyotining asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo‘lganligi uchun undagi har qanday faoliyat kapitalni orttirish sohasi bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan har qanday bozor – bir vaqtning o‘zida kapitallarga qo‘yilmalar uchun muljallangan bozor hamdir.
    Pul mablag‘lari tovarning har qanday turiga (jumladan qimmatli qog‘ozlarga) qo‘yilishi (yo‘naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo‘naltirilgan pul mablag‘lari vaqt mobaynida o‘z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo‘lishi, ya’ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin. Ammo, bu holatlarning barchasida boshlang‘ich pul mablag‘ini jamg‘arish yoki topish jarayoni mavjud emas, har qanday kapitalga pul mablag‘ini qo‘yish uchun boshlang‘ich jamg‘armaga ega bo‘lish yoki topish imkoniyatini bermaydi.
    Boshqa sohalardan farqli moliya bozori esa ushbu imkoniyatni beruvchi, uning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratuvchi muhit, alohida iqtisodiy- xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, institutlari (qatnashchilari) va ularning moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq munosabatlari majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
    Aynan shu va yuqorida aytilganlar bilan moliya bozori boshqa turdagi bozorlardan keskin farq qiladi.
    Sh.Shoxa’zamiyning fikricha moliya bozori o‘z ichiga quyidagi segmentlarni (hususiy bozorlarni) oladi:

    • pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;

    • qimmatli qog‘ozlar (fond, kapitallar) bozori;

    • valyuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san’at asarlari va boshqalarbozori;

    • sug‘urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o‘yinlari instrumentlari.

    Moliya bozori iqtisodiyotda qo‘yidagilar mavjud bo‘lgandagina samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin:

    • effektiv (samarali) mulkchilik tizimi58;

    • investitsiya uchun mo‘ljallangan yetarli jamg‘armalar (moliyaviy resurslar, mablag‘lar) va iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan moliyaviy instrumentlar.

    • talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;

    • moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;

    • bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini xukm surishi;

    • moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va havfsizlik, risklarni bashoratliligi.

    Moliya bozorida moliyaviy resurslar jarg‘armachilardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo‘nalishda harakat qiladi. Bunda jamg‘armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
    Moliya bozorida resurslar harakati quyidagi omillarga bog‘liq:

    • bozorning daromadlilik darajasi;

    • bozorni soliqqa tortish shart-sharoitlari;

    • kapitalni yo‘qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik riski;

    • bozorni samarali institutsional va funksional tashkillashgani;

    • bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;

    • moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;

    • jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;

    • makro va mikroiqtisodiy barqarorlik;

    • tashqi kuchlar va hodisalarning bozorga ta’siri va boshqalar.

    Ushbu omillar (tashqi va ichki fundamental omillar) moliya bozoridagi voqeliklar (jarayonlar, hodisalar) rivojini shakllantiradi. Samarali (effekiv) moliya bozori bo‘sh kapitalning adekvat hajmini va mamlakatning iqtisodiy



    58 Ернандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем осталном мире./Пер.s angl.-M.: Olimp-Biznes, 2001.-272 s.
    o‘sishini ta’minlash uchun zarurdir. Agarda, puldan boshqa moliyaviy resurslar bo‘lmaganda edi, bozor subyektlari o‘zlarining jamg‘armalari hajmidan oshmagan miqdordagina investitsiya qilishlari mumkin bo‘lardi, bu esa ularning investitsion faolligi cheklanganligidan dalolat beradi va kapitalni nooptimal (samarasiz) ishlatilishiga olib kelardi. Natijada bozor subyektlari uchun investitsiya qilish variantlari kam bo‘lganligi munosabati bilan ularda mablag‘larini akkumulyatsiya qilishdan boshqa imkoniyat qolmasdi. Bu esa moliyaviy instrumentlarni bozor muomalasiga chiqarishning afzalligini va moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Muhimi shundaki, erkin iqtisodiyotning qonunlari ta’siri ostida moliyaviy kapitalning (instrumentlarning) samarali, operativ va likvid muomalasi uchun obyektiv moliya bozori muhiti shakllanadi va rivojlanadi. Bu muhit evaziga iqtisodiyot samarali monetizatsiyalashadi, real mulk va tovarlar pul yordami va o‘lchamida erkin moliyaviy instrumentlarga tranformatsiyalanib, moliya bozorida ularning obyektiv narhi shakllanadi, natijada iqtisodiyot qonunlariga asoslangan moliyaviy resurslar bilan bog‘liq investitsion faollik rivojlanadi va iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi. Aytish joizki, pul ham kapital sifatida qimmatli qog‘ozga va kreditga tranformatsiyalanib bozor muomalasida bo‘lishi mumkin.
    Aynan yuqorida aytilganlarning asosida moliya bozori alohida bozor muhiti sifatida effektivlilik darajasiga erishadi. Bunda moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog‘ozlar, bank kapitallari, boshqa turdagi moliya vositalari va mahsulotlari) monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi mahsus samarali iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlanganligi tushuniladi.
    Moliya bozorining yuqori darajada tashkillashganligi uning alohida faoliyat mexanizmi bilan belgilanadi. Bu mexanizm iqtisodiyotning qonun va kategoriyalarini to‘liq amal qilishi negizida (6-chi ilovaga qaralsin) va davlatning regulyativ (administrativ va indikativ tarzda) siyosati asosida moliya bozorining barcha qatnashchilarini bevosita ishtiroki natijalari bilan belgilanadi, davlat va iqtisodiyot subyektlari tomonidan birgalikda harakatga keltiriladi.
    Moliya bozorining hossalari quyidagilardan kelib chiqadi:

    • - moliyaviy instrumentlar va ular bo‘yicha iqtisodiy-xuquqiy munosabatlarni ta’minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzilmaga (institutsional va funksional tuzilmaga) va faoliyat mexanizmiga ega dinamik tizim;

    • -ochiqlik, teng imkoniyat, erkin raqobat, obyektiv bozor bahosi, risklilik, omillar va voqeliklarni (jarayonlarni) o‘lchamliligi (tahlil qilinishi, baholanishi va prognozlanishi mumkinligi);

    • moliyaviy instrumentlarning monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan ta’minlanganligi, standartlashganligi va unifikatsiyalan-ganligi;

    • bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (informatsion shaffofligi);

    • moliyaviy instrumentlarning optimal hajmi va baholarini ob’ekiv talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;

    • moliyaviy instrumentlarning erkin muomalasi industriyasi uchun bozor infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi;

    • bozor qatnashchilarining biznes quvvati potensiali (sifat parametrlari darajasi miqdori bo‘yicha);

    • bozorni tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi darajasi bo‘yicha).

    Moliya bozorining muhim xossalariga quyidagilar kiradi: bozor geografiyasi kengligi va chegaralari, bozorning tashkiliy modeli parametr-lari, bozorni raqobatbardoshliligi va havfsizligi darajasi, bozorning risklilik darajasi, bozorning jalbdorliligi, bozorning egiluvchan mosla-shuvchanligi daradasi, bozorni iqtisodiyotga ekvivalentlilik darajasi, bozorning funksiyalarini bajarishi darajasi, bozorni omillarga ta’sir-chanligi darajasi. Sanab o‘tilgan hossalar moliya bozori muhitining quvvat potensialini belgilaydi va rivojini shakllantiradi. Ya’ni, moliya bozori muhitining quvvat potensiali darajasi – bosh (integral) hossa sifatida – moliya bozorining sanab o‘tilgan hossalari darajasi miqdori bilan belgilanadi va baholanadi.
    Moliya bozori muhiti tabiatan yuqorida keltirilgan hossalar va o‘zaro bog‘langan unsurlar bilan to‘ldirilgan qandaydir tizimli fazo (efir) deb qaralsa, unda u ilmiy nuqtai nazardan ma’lum bir quvvat potensialiga ega bo‘ladi.
    Moliya bozorining quvvat potensiali uning unsurlarini (asosan qatnashchilarini) muhit ichida o‘z manfaatlari maqsadida (yo‘lida) qanday-dir kuchlanish bilan ta’sir etuvchi kuchi miqdori bilan ifodalashi mumkin. Bozor qatnashchilarining mafaatlari bir-biriga zid bo‘lganligi munosabati bilan bozorda ma’lum sharoitlarda kuchlar muvozanati vujudga keladi, ya’ni moliya bozorida talab va taklifning muvozanat holati paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Odatda, bu muvozanat qisqa vaqtdan so‘ng tez buziladi. Masalan, bozorda haridor arzonga olishni hohlaydi, sotuvchi esa qimmatroqqa sotishga harakat qiladi. Pirovardida, ikala taraf muayyan vaqtda kopromissga keladi, natijada vaqtinchalik manffatlar muvozanati vujudga keladi. Lekin vaqt o‘tgach, bozor quvvati potensiali o‘zgarishi bilan taraflar manfaati ham o‘zgaradi, natijada yangi muvozanat (kompromiss) holatiga zamin paydo bo‘la boshlaydi va h.k. Umuman olganda bozor tendensiyasi (dinamikasi) to‘lqinsimon spekulyativ sakrashlar tusini oladi. Moliya bozorining bu hususiyati ayniqsa qimmatli qog‘ozlar segmentida
    (bozorida) kuchli namoyon bo‘ladi. Moliya bozorining ushbu hususiyati uni hom- ashyo va boshqa turdagi tovar (jumladan hizmatlar) bozorlaridan farqlaydi. Bunga sabab, tovar va hom-ashyo bozor-laridagi taklif ishlab chiqarishga bog‘liq, talab esa iste’molga bog‘liq. Lekin, taklif talabdan kelib chiqadi va aksincha, talab taklifdan kelib chiqadi, ya’ni ular bir-birida mujassamlanib, sabab-oqibatiy bog‘liqlikda bo‘ladi.
    Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliya bozorining mazmuni va hususiyatlarini ifodalaydi.
    Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:

    • iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;

    • kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;

    • davlat byudjetiga hizmat ko‘rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash uchun pul mablag‘larini samarali jalb qilinishi;

    • iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;

    • inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o‘zgarishiga operativ ta’sir ko‘rsatilishi;

    • davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;

    • mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;

    • jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.

    Moliya bozorini mamlakatning umumiy bozori muhitidagi o‘rnini 6-rasmda ko‘rsatilganidek ifodalash mumkin.
    Unada mos ravishda tashqi aylanma bilan ko‘rsalilgan yuza I - umumiy bozor muhitini (fazo-sini), II-chi va III-chi – yuzalar qisqa va o‘rta-uzoq muddatli birjadan tash-qari moliya instrumentlari bozorlari muhitini, IV-chi va V-chi yuzalar qisqa va o‘rta-uzoq muddatli birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozor- lari muhitini, VI-chi yuza (yadroviy fazo) fond birjasi muhitini ifodalaydi.
    Ta’kidlash joizki, VI-yuza eng yuqori darajada tashkillashtirilgan va obyektiv narh-navo bozor muhiti hisoblanadi, I-chi yuza esa uning aksidir. Bunda I-chi va II-chi yuzalar oralig‘idagi halqa hubfiya bozorni anglatadi. Sezish mumkinki, o‘ta rivojlangan hususiy mulkchilik tizimi sharoitida59 moliya bozorining yuqori darajada rivojlantirish, atribut va unsurlarini yuqori quvvat potensialiga erishtirish evaziga hubfiya bozor hajmi qisqarishi mumkin (bunga





    59 Ернандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем осталном мире./Пер.с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-сс.3-270; Шохаъзамий Ш.Ш. Основи теории и практика экономики приватизации.-Т.: Ибн Сино, 2004.-сс.3-850.
    industrial rivojlangan mamlakatlarning, masalan, AQSh, Germaniya, Yaponiya, moliya bozorlari misol bo‘la oladi).



      1. rasm. Moliya bozorini mamlakatning umumiy bozori muhitidagi o‘rnini ifodalovchi model

    Ushbu model (6-rasm) moliya bozorining umumiy bozor muhitida joylashgan o‘rnini yaqqol ifodalagan holda, uni iqtisodiyotda markaziy o‘ringa egaligini anglatadi. Chunki moliya bozori orqali iqtisodiyotning barcha subyektlari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ularning har biri o‘zining manfaati maqsadida moliyaviy instrumentlar yordamida iqtisodiy-xuquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.
    Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funksiyasi asosida uning o‘rni va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko‘rish muhim ahmiyatga ega.
    Ma’lumki, mamlakatda tayyor mahsulotlarning (hizmatlarning) umumiy taklifi (Y) harajatlar komponentlari orqali topilishi mumkin, ya’ni Y=C+I+X- M+TR. Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz: C+I=A (absorbsiya), Y-C=S (milliy jamg‘armalar), X-M+TR=CAB (mamlakatning joriy to‘lov balansining hisobi.
    Natijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin: Y-A=S-I va S-I=CAB.
    Bu tengliklar mamlakatda daromadlar va harajatlar o‘rtasidagi ichki makroiqtisodiy disbalansni tashqi disbalans bilan bog‘liqligini bildiradi. Ikala disbalans ham jamg‘armalar va investitsiyalar o‘rtasidagi disbalansga olib keladi,
    demak, ular iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan hisoblanadi60. Bunda esa moliya bozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi roli beqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg‘armalar shakllanadi (akkumulyatsiyalanadi) va ular samarali investitsiyalarga tranformatsiyalanadi (aylanadi).
    Qisqa davr ichida iqtisodiy o‘sish moliya bozori orqali mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi. Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarish quvvatlarini investitsiyalar hajmini kengaytirish yo‘li bilan modernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo‘lgan talab esa moliya institutlari yordamida ichki va tashqi jamg‘armalar hisobiga qoplanadi.
    Bundan ayon bo‘ladiki, moliya bozori moliyaviy resurslarni (jamg‘armalarni) iqtisodiyotda samarali (effektiv) taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati “barometri” rolini bajaradi.
    Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflyatsiya va foiz stavkasiga bog‘liq holda moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Bunda inflyatsiya va foiz stavkasi moliya bozorining muvozanat holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
    Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy muvozanatni mos ravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
    S = I (ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklif o‘rtasida tenglikka erishiladi, ya’ni S=Y–A–X=I, bunda A=C+G – absorbsiya; Y-A – ichki jamg‘armalar; X – manfiy ishorali tashqi jamg‘armalar), MV = PT.
    Ushbu tenglamalar bilan ifodanadigan makroiqtisodiy muvozanat moliya bozori holatida o‘z aksini topadi, ya’ni bozor iqtisodiyotning holatini ekvivalent tarzda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, moliya bozori iqtisodiyotning “egiz- analogi” sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning “barometridir”.
    Aytilganlar asosida moliya bozoridaga muvozanatni gipotetik tarzda quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin: SV = PT. Bunda: T – moliya instrumentlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar hajmi (bu esa investitsiyalar hajmiga teng), ya’ni T = I; S – moliyaviy instrumentlar uchun taklif qilingan jamg‘armalar hajmi; V – investitsiya qilingan jamg‘armalarni foyda (zarar) bilan qaytishi tezligi (vaqt oralig‘i, likvidliligi); P – moliyaviy instrumentlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning (bitishuvlarning) bozor narhi.
    Demak, T = I ekanligini hisobga olgan holda moliya bozorining muvozanat tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:





    60 Опит развития финансовой и фискалной системи и привлечения прямих иностранних инвестиций в Восточной Азии: уроки и рекомендации. Сборник трудов мол.учених Трушин Е., Музафаров Д., Федорова Е., Дийканбаева Г.-Алмати, 2001.-сс.74.
    SV = PI

    Ilmiy nuqtai nazardan (1) tenglamani pulning miqdoriy nazariyasiga o‘xshash moliya instrumentlarining (qimmatli qog‘ozlarning yoki investitsiya- larning) miqdoriy nazariyasi deb faraz qilish mumkin.
    Ma’lumki, S = I tenglik budjet-soliq siyosati asosida, MV = PT tenglik esa kredit-pul (monetar) siyosati asosida amalga oshiriladi. Bunda S→I→M→S ko‘rinishidagi davriy bog‘liqlik ushbu siyosatlarning ekvivalentliligini bildiradi. Bu esa (1) tenglamani maqsadga muvofiq ekanligini anglatadi. Chunki ikkala siyosat ham barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida real iqtisodiyot uchun ishlaganligi (yo‘naltirilgan-ligi) uchun, ularning uyg‘unlashuvi va optimal balansiga erishish (1) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, moliya bozori orqali amalga oshirilishi tabiiydir. Ushbu holatni rasmda ko‘rish mumkin.

    Soliqlar
      1. rasm. Moliyaviy oqimlarni moliya bozori orqali harakati modeli

    Bunda, MB – Moliya bozori; B – Markaziy bank; X – Hukumat; UX – uy ho‘jaliklari; F – firmalar; S1 - S4 – B, X, UX va Firmalarning moliya bozori (MB) bilan bog‘lanadigan lokal sikllari. Ushbu sikllar orqali mos ravishda moliyaviy oqimlar harakati moliya bozori qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladi.
    Bunda Hukumat va Uy ho‘jaliklari, Hukumat va Firmalar o‘rtasidagi bog‘lanish “daromad-soliq” aylanmasi tashqi sikllari bo‘yicha tashkillashgan.
    Rasmdagi modelda har bir sikl ma’lum maqsad asosida harakat qiladi va bir- biri bilan bevosita va (yoki) bilvosita bog‘liq bo‘lib, ularning tezligi va hajmi bozor kon’yunkturasiga bog‘liq.
    Demak, modeldan ko‘rinib turibdiki, moliya bozori iqtisodiyotda markaziy o‘ringa ega, iqtisodiyotning barcha subyektlari uning kon’yunkturasiga bog‘liq holda o‘zaro bog‘liqlik va ta’sirda faoliyat yuritadilar. Moliya bozori o‘zining qisqa va o‘rta (uzoq) muddatli instrumentlari (jumladan qimmatli qog‘ozlar) yordamida iqtisodiyot subyektlarini investitsiya bilan ta’minlaydi, resurslarni ularning o‘rtasida samarali taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi.
    Moliya bozori bir qator funksiyalarni bajaradi. Ularni to‘rt guruhga ajratish mumkin: makroiqtisodiy, umumbozor, mahsus (ixtisoslashgan) va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalarga.

    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish