harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan
qurollanganlik ahvoli;
shaxsiy tarkib turmush darajasini Yuqori pag’onaga kо‘tarishning va Qurolli
Kuchlarda sosial-madaniy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi;
mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;
va boshqalar.
Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarur bо‘lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish
xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksyevar tashqi
siyosatni amalga oshirish
natijasida harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi.
Byudjetda kо‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, asosan, Mudofaa
vazirligi orqali о‘tadigan tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning
tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog’ va harbiy texnikani sotib olish,
kapital qurilish, ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pyensiya va nafaqalar
berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa
vazirligining maxsus
smetasida о‘z aksini topadi va sо‘ng respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Milliy mudofaa xarajatlarini Rejalashtirishning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyati Shundan
iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bо‘yicha xarajatlarning umumiy hajmi
aniqlanadi. Undan sо‘ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday
tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog’,
harbiy texnika, yoqilg’i,
oziq-ovqat va Shunga о‘xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali Moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.
Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi byudjet xarajatlarining boshqa
bо‘linmalari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chyegara qо‘shinlarini saqlash
xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat
xavfsizligini ta’minlash bо‘limi orqali Moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarni Rejalashtirish va
Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar vyetyeranlari va
ularning oilalariga tо‘lanadigan pyensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar byudjetning sosial
himoya bо‘limi bо‘yicha Moliyalashtiriladi.
5. Byudjetning boshqaruv xarajatlari quyidagi guruhlardagi xarajatlardan iborat:
huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari. Bu
xarajatlar jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;
davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Pryezidyent Dyevoni,
Vazirlar
Mahkamasi, Oliy majlis Syenati va Qonunchilik palatasi, Konstitusiyaviy sud,
vazirliklar, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va
boshqa idoralarni saqlash xarajatlarini о‘z ichiga oladi;
saylovlar va ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlari. О‘z
ichiga dyeputatlar,
Pryezidyent, mahalla oqsoqollarini saylash, ryefyeryendumlarni о‘tkazish
xarajatlarini oladi.
Boshqaruv xarajatlarini Rejalashtirish va Moliyalashtirish xuddi sosial ehtiyoj
xarajatlarinikidyek tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: