Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


notijorat tashkilotlarining opyerativ xarajatlari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

notijorat tashkilotlarining opyerativ xarajatlari
. Bu kо‘rsatkich yalpi milliy 
mahsulotning о‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vyengriyada – 1,2%, AQSHda – 6,3%). 
Rossiyada bu raqam 2%ga tyengdir. 
Hozirgi sharoitda notijorat syektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bо‘la borib, bu yerda 
Moliyaviy va inson resurslarining syezilarli qismi tо‘planmoqda va u zamonaviy bozor 
munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. 
Notijorat asosda xо‘jalik Yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yо‘naltirilganligi; 

e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish; 

bozor xо‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sosial samaradorligini 
birgalikda qо‘shib olib borish. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining Moliyaviy manbalarini quyidagi byesh asosiy 
guruhga ajratish mumkin: 

byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar); 

tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizasiya qilishdan olingan tuShum;
- aksiyalar, obligasiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bо‘yicha olinadigan 
daromadlar; 
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami asosida tuzilgan 
xо‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; 
- va boshqalar. 

tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning qurbonliklari (homiylik yordamlari); 

ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning о‘zida tushib turishi mumkin bо‘lgan 
tushilmalar; 

qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, kо‘ngillilarning mehnat 
sarflari, resurslarni jalb qilish bо‘yicha о‘tkazilgan tadbirlar (lotyeryeyalar, auksionlar, 
kо‘ngilxо‘shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kyelgan 
tushilmalar. 
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini Moliyalashtirish manbalarining tarkibiy 
tuzilmasi turlichadir. Masalan, kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning 
miqdori 1%dan (YAponiyada) 20%gacha (AQSHda) tyebranadi va о‘rtacha 11%ni tashkil etadi. 


Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Gyermaniya) 71%gacha bо‘lib, uning о‘rtacha 
darajasi 48%ga tyengdir. Notijorat tashkilotlarining о‘zlari tomonidan ishlab topilgan 
mablag’larning salmog’i 23%dan (Vyengriya) 71%gacha tyebranib, uning о‘rtacha darajasi 
41%dan iboratdir. 
Notijorat faoliyatni Moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va 
mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tyegishli qonunlari 
yordamida amalga oshiriladi. Ularni Moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlash tо‘g’ridan-tо‘g’ri 
(bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bо‘lishi mumkin.
Notijorat syektorni davlat tomonidan tо‘g’ri (bevosita) qо‘llab-quvvatlashning uch 
asosiy shakli mavjud: 

tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) byudjet investisiyalari; 

hamkorlikda Moliyalashtirish; 

davlat sosial buYurtmasi. 
Notijorat syektorni egri (bilvosita) Moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat 
tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi tо‘lovlari va boshqa Shunga 
о‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tyez-tyez foydalaniladi. Egri 
(bilvosita) Moliyalashtirishning asosiy kо‘rinishlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 

nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish; 

soliqli imtiyozlashtirish. 
Bu yerda, о‘z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi: 

notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini 
ajratish; 

litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini о‘rnatish (belgilash); 

aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni tо‘lashda imtiyozli tariflardan foydalanish; 

va boshqalar. 
Shuningdyek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin: 

hadya etuvchilar uchun imtiyozlar; 

qurbonlik (homiylik) qiluvchi Yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. 
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi 
tashkilotning maqsadlariga mos kyelayotgan bо‘lsa, xarajatlarning yо‘nalishiga о‘zgartirishlar 
kiritish huquqiga ega emas. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish