Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 YEtakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

2. YEtakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi 
 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi Moliyaviy munosabatlarning 
quyidagi bug’inlaridan iborat: 

Davlat byudjeti tizimi; 

davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, fyedyerativ davlatlarda esa – 
fyedyerasiya a’zolarining krediti; 

maxsus nobyudjet fondlar; 

davlat korporasiyalari Moliyasi. 
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat 
tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki 
bug’indan iborat: 

Davlat byudjeti; 

kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). 
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat 
byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Fyedyerativ davlatlarda byudjet tizimi uch bug’indan tarkib topgan: 

Davlat byudjeti, yoki fyedyeral byudjet, yoki markaziy hukumat byudjeti; 



fyedyerasiya a’zolari byudjetlari (AQSHda – shtatlar byudjeti, Kanadada – provinsiyalar 
byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, SHvyeysariyada – kantonlar byudjeti va h.k.); 

mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan fyedyerasiya a’zolarining 
byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat fyedyeral byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining yetakchi bug’inlaridan biri 
Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va 
vazifalarini Moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini 
shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy Moliyaviy Rejasi hisoblanib, qonun 
kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlamyent tomonidan 
tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida)
hukumat Davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat 
xarajatlarini qoplaydi. 
YEtakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning 
asosiy instrumyentidir. Moliya tizimining bu bug’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha 
bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida byudjet 
daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham kо‘proq qismi 
shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar 
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporasiyalarning foydasidan 
olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga 
biriktirilgan. 
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mо‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralaShuv 
xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, sosial xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi 
va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, Davlat byudjeti 
mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga
subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat Moliya tizimining barcha bug’inlariga о‘z 
ta’sirini kо‘rsatadi. 
YEtakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining Davlat byudjetlari uchun doimiy 
ravishdagi byudjet defisiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat 
zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib kyeladi. Davlat qarzi oldin 
chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining 
foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. 
Hududiy Moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining ikkinchi bug’inidir. Bu 
fyedyerativ davlatlarda fyedyerasiya a’zolarining Moliyasi va fyedyerasiya a’zolari hamda 
munisipalityetlarga tyegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar Moliyasidan iborat. 
Fyedyerasiya a’zolarining daromadlari tо‘g’risidagi masala har bir mamlakatda о‘ziga 
xos tarzda yechiladi. Masalan, AQSHda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng 
avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa, GFRda asosiy tо‘g’ri (bevosita) soliqlar 
bо‘yicha tuShumlar – aholidan olinadigan daromad solig’i va korporasiyalardan olinadigan 
foyda solig’i 50%:50% nisbatda fyedyeral byudjet va yerlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi. 
YEtakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining uchinchi bug’ini davlat krediti 
hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, Yuridik va jismoniy shaxslar 
о‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bо‘lib, unga kо‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy 
organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari 
va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defisiti mavjud bо‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar 
davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy 
soliqlar) biriktirilgan. Sosial maqsadlarga yо‘naltiriladigan mablag’larning salmog’i mahalliy 
byudjetlarda Davlat byudjetiga nisbatan ancha Yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda 


dyefisitli bо‘lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yо‘li 
bilan kerakli mablag’larni oladi. 
YEtakchi xorijiy mamlakatlar davlat Moliyasining muhim bug’inlaridan yana biri bu 
maxsus nobyudjet fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yiirik maxsus 
nobyudjet fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida о‘rinni egallaydi. Bu fondlar 
korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug’urta badallari hamda Davlat byudjetidan beriladigan 
dotasiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining mablag’lari yosh, nogironlik va 
boquvchisini Yuqotgan hollar bо‘yicha pyensiyalarni tо‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
Yuqotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bо‘yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda 
mablag’larning asosiy qismi yosh bо‘yicha pyensiyalarni tо‘lashga yо‘naltiriladi. Barcha 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pyensiyaning miqdori ish haqi va tо‘langan sug’urta 
badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. 
Masalan, AQSHda pyensiya ta’minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga binoan joriy 
etilgan va bu tizim ba’zi bir о‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kyelayapti. Pyensiya 
ta’minoti tizimi doimiy band bо‘lgan yollanma ishchilar va о‘z-о‘zi bilan band bо‘lgan 
shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi. Tyemir yо‘l tizimida, fyedyeral xizmatda, shtatlar va mahalliy 
hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pyensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. 
Pyensiya ta’minoti tizimini Moliyalashtirish manbai milliy sug’urta fondi bо‘lib, bu fond 
AQSH fyedyeral byudjetining tarkibiga kiradi. 
Qarilik bо‘yicha pyensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) 
boshlab tо‘lanadi. Pyensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta stajiga ega bо‘lmoq 
lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini tо‘lash kerak. 
Pyensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilingan shaxs tomonidan 
olingan ish haqining о‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni 
chyegirgan holda). Pyensiyaning о‘rtacha miqdori о‘rtacha maoshning 40% ini, past darajadagi 
daromadga ega bо‘lgan shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pyensiya uchun 
murojaat qilinganda, ana Shu narsani rag’batlantirish uchun, pyensiyaning miqdori har oyiga 
0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pyensiya 
avtomatik ravishda indyensasiya qilinadi. Pyensionyerning qaramog’idagilar uchun qarilik 
pyensiyasining 50% i miqdorida qо‘shimcha tо‘lanadi. 
AQSHda pyensionyerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon,oziq-ovqatning yirik 
pakyeti, 100 dollar chyegarasigacha past kvartira haqi kabi qо‘shimcha imtiyozlarga ega. 
GFRda yangi pyensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi 
xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pyensiyaning miqdori о‘rtacha ish haqi va tо‘langan 
sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pyensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol 
о‘ynaydi. 
Italiyada pyensiya islohoti 1995 yilda о‘tkazilgan. Unga muvofiq о‘zgaruvchan pyensiya 
yoshi joriy etilgan. 
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pyensiya yoshi 65 yil bо‘lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 
yilga tyeng. CHunki ispanlarning 70%i qonunda kо‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pyensiyaga 
chiqadi.
Pyensiya ta’minoti xarajatlari YAIMga nisbatan Ispaniyada -7,5%, Avstriyada - 14,8%, 
Fransiyada – 11,8%, GFRda - 10,8%, BuYuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi. 
Davlat korxonalari Moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar Moliya tizimining bug’inlaridan 
biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng 
va 1945-1950 yillarda tyemir yо‘l va havo transporti, enyergyetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar 
korxonalarining milliylash-tirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. О‘sha paytlarda 
bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan о‘ta qoloq va noraqobatbardoshli edi. Ularni qayta 
qurollantirish juda katta miqdordagi mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti
ya’ni soliq tо‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizasiya qilinganligi va 
texnikaviy jihatdan ilg’or bо‘lishiga qaramasdan, Moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli 
yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan bо‘lib qolavyerishdi. Davlat korxonalari Moliyaviy holati 


og’irligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining 
Yurgizilayotganligidir. 
О‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralarining yangi 
iqtisodiy va Moliyaviy siyosatiga kо‘ra kо‘pgina davlat tarmoqlari va korxonalari 
xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish