-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va tushumlar tushishini ta’minlash chora-tadbirlari
3-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va tushumlar tushishini ta’minlash chora-tadbirlari 12. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limi xodimlari bir ish kun davomida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarning to‘lanishini nazorat qilish maqsadida 25 tadan kam bo‘lmagan obyektlarni borib ko‘radi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) tuman organlarida hisobga olinmagan jismoniy shaxslarning obyektlari va yer uchastkalari aniqlangan hollarda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari ularni keyinchalik hisobga qo‘yish uchun ko‘rsatilgan organlarga axborot taqdim etadi.
14. Tashkilot xodimlarining jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan qarzdorliklari mavjud bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qarzdorlar ro‘yxati shakllantiriladi va keyinchalik soliq qarzini belgilangan tartibda undirish yuzasidan yordam ko‘rsatish uchun ushbu tashkilotlarga yoki ularning yuqori organlariga yuboriladi.
4-bob. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan tushadigan tushumlarni to‘liq qamrab olish chora-tadbirlari 15. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarning avtomatlashtirilgan bank tizimlari orqali to‘liq tushishi maqsadida har kuni bitta bozor va savdo kompleksida savdo joylarining sotuvchilar bilan to‘liq bandligi kuzatib boriladi va hisob-kitob qilinadi.
16. Bozorlarning tushumlari kamaygan hollarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan naqd pul tushumi tushishining xronometraji tashkil etiladi, tushumlarning pasayib ketishi sabablari aniqlanadi va qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
17. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari bozorlar va savdo komplekslari hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan tushadigan tushumlarni qamrab olish bo‘yicha quyidagi choralarni amalga oshiradilar:
bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning undirilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatadilar;
naqd pul tushumi to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish (3 tadan kam bo‘lmagan) obyektlarida xronometraj tashkil etadilar;
dehqon bozorlarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga sun’iy ravishda narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazadilar;
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (soxta) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazoratni amalga oshiradilar va tekshirishlarni tashkil qiladilar.
18. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan, shuningdek quyidagilarni aniqlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar amalga oshiriladi:
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida ro‘yxatga olinmagan noturar joy obyektlarini aniqlash va keyinchalik ularni soliq solish obyekti sifatida hisobga qo‘yish;
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslarni aniqlash hamda ularni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yishni ta’minlash;
bozor va savdo kompleksiga tutash hududlarda avtoto‘xtash joylarini aniqlash va tuman (shahar) hokimiga avtoto‘xtash joylarini bozorlar va savdo komplekslarining tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritish.