Janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan Rustava davlati O’rta Osiyoda joylashgan Tabulistan davlatiga 10 yildan buyon Mango yetkazib berish bilan shug’ullanar edi. 2021-yil boshida amalga oshirilgan yangi kashfiyotlar natijasida Tabulistan davlati hamda uning yonida joylashgan Yangi Saburistan davlatida ham Mango yetishtirish yo’lga qo’yildi. Albatta, ushbu yangi yetishtiraloyotgan mangolar issiqxonalarda yetishtirilar edi. Shundan keyin 2021-yilning sentabr oyida Tabulistan davlatining Vazirlar Mahkamasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarga (ushbu ma’lumotlarda Rustava davlatidan kelayotgan mangolar bolalarda toshmalar chiqishiga sabab bo’layotgani bayon etilgandi) asoslanib, bundan buyon Rustava davlatidan kelayotgan mangolar import qilinishi uchun ular sanitariya va fitosanitariya tekshiruvlaridan o’tkazilishini nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Bundan Rustava mamlakati hayaratga tushdi, chunki 10 yil mobaynida mangolar bilan bog’liq hech qanday muammo kelib chiqmagan edi. Shu sababli, JSTga murojaat qilib, Tabulistan davlati Eng qulay rejim va Milliy rejim tamoyillarini buzayotganini ta’kidladi. Tabulistan davlati esa hech qanday buzilish mavjud emasligini bildirmoqda.
Vazifa. Nizo panelga chiqadigan bo’lsa qanday hal etilishi mumkin ekanligi haqida Sanitariya va fitosanitariya kelishuvining tegishli moddalariga asoslangan holda taraflarga konsultatsiya bering. Ikki taraf uchun alohida-alohida konsultatsiyalar berilishi lozim.
A.M.Хакимов
SRT davlatida yoshlar internet orqali o’ynaladigan qimor o’yinlariga berilib keta boshladi. Ushbu o’yinlarning programmalarini yaratuvchi Salma davlati bundan kattagina daromad olar edi. SRT davlatida qimor o’ynash taqiqlanmagan. Chunki u yerdagi kozinolar 24 soat faoliyat olib borar edi. Biroq online programmalar orqali o’ynaladigan qimor o’yinlarini taqiqqa duch keldi. Bunga sabab, SRT davlati parlamenti tomonidan qabul qilingan “Online qimor o’yinlarining barcha shakillarini taqiqlash to’g’risida”gi qonun edi. Salma davlati JSTga murojaat qilib, o’z vajlarida SRT davlati tomonidan amalga oshirilayotgan harakat GATS qoidalarini va uning asosiy tamoyillarini buzish ekanini ta’kidladi. Xususan, ot poygalari, mamlakat ichidagi kozinolarning 24 soat ochiq turishini aytib, bu Milliy rejimning qo’pol ravishda buzilishi ekanini bildirdi.
Vazifa. Mazkur vaziyatda SRT davlatiga uning parlamenti tomonidan chiqarilgan qonun GATS va boshqa JST qoidalariga zid emasligini asoslab berishga yordam bering. Chunki, SRT davlati parlamenti o’zi chiqargan qonunni asoslashga qiynalmoqda. O’z fikringizni asoslashda asosan GATS kelishuviga asoslaning.