Maxsus kurs. Har bir yonalishning oquv rejasida shu yonalishda oqitiladigan maxsus kurslarga soatlar ajratilgan bolib, mutaxassislikni chuqurroq orgatishga xizmat qiladi. 5110700- Informatika oqitish metodikasi bakalavriat talim yonalishi oquv rejasida Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Talim texnologiyalari, Masofali talim texnologiyalari, Obyektga yonaltirilgan dasturlash tillari va boshqa fanlar orin olib bu fanlar shu yonalish talabalarida innovatsion faoliyatga yonaltirishga oz hissasini qoshadi.
Malakaviy amaliyot. Informatika oqitish metodikasi yonalishlarida talim olayotgan talabalar olgan bilim va konikmalarini pedagogik amaliyot jarayonida qollaydilar. Malakaviy amaliyot bolgusi oqituvchida innovatsion faoliyatni shakllanishi, kasbiy pedagogik tafakkurning faol shakllanishiga, pedagoglik kasbiga va talim oluvchilarga bolgan hurmat, muhabbatini rivojlantirishga, kasbning sir-asrorlarini organishga xizmat qiladi. Malakaviy amaliyot jarayonida talaba quyidagi ishlarni olib boradi [41].
talim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar, informatika fanini organishda qollaniladigan innovatsion pedagogik dasturiy vositalar va pedagogik texnologiyalarni organadi;
oqituvchi va sinf rahbarining oquv, tarbiyaviy va innovatsion faoliyati tizimi bilan tanishadi;
innovatsion pedagogik-psixologik metodlar yordamida oquvchi yoki pedagogik jamoaning psixologik-pedagogik tahlilini amalga oshiradi;
oquvchiga pedagogik- psixologik tavsifnoma tuzishni organadi;
fan boyicha oquv mashgulotlarini olib borish, tahlil qilishni organadi, bunda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishni amalda qollaydi;
darsdan tashqari manaviy-marifiy ishlar, oquvchilarning ota-onalari bilan ishlashni organadi;
metodik ishlarda faol qatnashadi, oqituvchilarning oquv tarbiyaviy ishlari tajribasini organadi, tahlil qiladi;
pedagogik kengashga qatnashadi, shuningdek, kurs ishi yoki bitiruv malakaviy ish mavzusi boyicha materiallar toplaydi va h.k.
Malakaviy amaliyot jarayonida amaliyotchi talabalarni kasbiy pedagogik kompetentligini shakllantirish mezoni sifatida a) boshlangich kompetentlikka: kasbiy pedagogik bilimlar, axborotlashuv, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari, 2) tayanch kompetentlikka: baholash, pedagogik jarayon tahlili, oz-ozini tahlil, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, 3) maxsus kompetentlikka: tadqiqotchilik, manaviy-marifiy ishlarni bajarish, loyihalash va dasturchilik, innovatsion faoliyatni tashkil etish qobiliyatlarini kiritgan holda, kuzatuvlarimiz davomida kommunikativlik, tashkilotchilik va oz-ozini boshqarish, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish dinamikasini oshganligi, shuning bilan birga, loyihalash, oz-ozini baholash, va dasturlash yetarli darajada rivojlanmaganlgini korishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |