Yakubov Nursulton
Mavzu : Informatika fanini o‘qitishda muammoli o‘qitish texnologiyalar
.
MODUL . INFORMATIKA OQITUVCHISINING INNOVATSION PEDAGOGIK FALIYATINING NAZARIY METODIK ASOSLARI
1-mavzu. Pedagogik faoliyat va unga qoyilgan talablar
Reja
1.1.Pedagogik faoliyat.
1.2.Informatika oqituvchisining pedagogik faoliyatiga qoyiladigan talablar.
1.1.Pedagogik faoliyat.Pedagogik faoliyat turlari. Talim togrisidagi qonunning 5-moddasi Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi deb nomlanib, Kim pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?” degan savolga javob beradi [1].
5-модда. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy oquv yurtlariga ishga qabul qilish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Talim beruvchi oqituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shugullanadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga talim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.
Pedagogik faoliyat oz mohiyatiga kora ijodiy xarakterga ega. Malumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugiladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, etiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga boysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bolmaydi.
Pedagogik mahorat bu oquv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yonaltirish, oquvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bolgan faoliyatga moyillik uygotish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bolib, u ozida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni oqitish usullarini mukammal egallashni talab etadi [64].
Zamonaviy pedagogik(P) va axborot texnologiyalari(AT)ning talim jarayoniga shiddat bilan kirib kelayotganligini hisobga olsak, pedagogning zamonaviy bolmoqlik sharti bu bevosita pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishini hisobga olishimiz mumkin.
Yanada kengroq etibor qaratadigan bolsak, talim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarning integratsiyasidan foydalanish samarali natija berayotganligini korishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimizning Talim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin ozgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi ornini ongli ravishda ozi belgilaydi degan fikrlari buning yaqqol namunasidir.
Shunday ekan, talim muassasalarida innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi muhitini joriy etish va uning asosida talim-tarbiya tizimida samarali natijalarni qolga kiritishimiz lozim boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |