2.2.Informatika oqituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini shakllantirish vositalari: innovatsion oquv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot. Innovatsiyalar nazariy jihatdan asoslangan, biror-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yonaltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Innovatsiyaning oziga xos xususiyati uni quyidagilar bilan boglaydi [21]:
- innovatsiyalar doimo dolzarb muammoning yangi yechimini oz ichiga oladi;
-ulardan foydalanish yangi sifatli natijalarni olish imkonini beradi;
-talim jarayonida innovatsiyalarni tatbiq etish talim tizimidagi barcha komponentlarning sifatiy ozgarishlariga olib keladi.
Bugungi kunda innovatsion pedagogik jarayonlar talim muassasasi oquv faoliyatining muhim komponentlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki innovatsion pedagogik jarayonlar talim xizmatlari bozorida nafaqat u yoki bu talim muassasasining raqobatbardosh bolishiga asos yaratadi, balki, oqituvchi va oquvchi shaxsini intensiv rivojlantirish, oqituvchi va oquvchilarning birgalikdagi faoliyati va muloqotini demokratlashtirish, talim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, oquvchini faol talim olish hamda ozini shakllantirishga yonaltirish, talim texnologiyalari, metod va vositalari hamda talimning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash kabi vazifalarni bajaradi, pedagoglarning kasbiy mahorati, ularning ijodkorligi, izlanuvchanligining rivojlanish yona-lishlarini aniqlaydi, oquvchilarning shaxs sifatida kamol topishida muhim orin tutadi.
Informatika oqituvchisining innovatsion oquv-biluv faoliyati ozaro bogliq bolgan quyidagi faoliyatlarni oz ichiga oladi:
yangi bilimlarni egallashga qaratilgan tadqiqot ishlariga ishtirok etish [40,35];
amaliyotda tasdiqlangan kasbiy bilimlarni egallash, shaxsiy bilim va tajribalarni, kasbiy kompetentlikni rivojlantirib borish [34];
maxsus mutaxassislik, texnik bilimlarni egallash, rivojlantirish, oz pedagogik faoliyatini loyihalashtirib borish, amalga oshirib, samarali natijalarga erishishva h.k [42,38].
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga yonaltirish sohasidagi ilmiy ishlar, maqolalarni organish natijasida oliy talimda ilmiy tadqiqot ishi bilan shugullanmoqchi bolgan talabalar, magistrlar oldida muhim muammolar mavjudligi aniqlandi. Bu muammolar [40]:
Ilmiy tadqiqot mavzusini togri tanlay olmaslik;
Ilmiy tadqiqot metodlari va undan foydalanishni bilmaslik;
Ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini mustaqil tayyorlay bilmaslik;
Adabiy manbalar bilan ishlashda qiyinchiliklarga uchrash;
Bajarilgan tadqiqot ishining taqdimotini amalga oshirish konikmasiga ega bolmaslik va h.k.
Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yonaltirish ikki yonalishda amalga oshirilishi mumkin [78]:
- birinchisi, bevosita dars jarayonida: seminar, amaliy mashgulot darslarida muammoli darslarni tashkil etish, muammoli vazifalarni qoyib, ularni yechishga undash, talabalarning mutaxassisligi yoki biror fan doirasida oquv loyiha(dars ishlanma, texnologik xarita, elektron qollanma)larini yaratishga erishish;
- ikkinchisi, darsning mantiqiy davomi bolib, darsdan tashqari vaqtda oquv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish: mustaqil ish, referat, kurs ishi, ilmiy, oquv-tadqiqot ishlarini bajarish, olimpiada va korgazmalarda oz chiqishlari va konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |