M uammoli va mantiqiy nazorat savollari
Pedagogik faoliyatda informatika oqituvchisining roli qanaqa bolishi lozim?
Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat tushunchalarini farqli va bogliqlik tomonlarini tushuntirib bering!
Informatika oqituvchisining pedagogik faoliyati boshqa fan oqituvchilarining pedagogik faoliyatidan qanday faq qiladi?
Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring!
Informatika oqituvchisining oquv-tarbiya faoliyati bilasn tashkiliy boshqaruv faoliyatiga nimalar kiradi?
Informatika oqituvchisining oquv-tarbiya faoliyati bilasn tashkiliy boshqaruv faoliyati bir-biridan qanday farq qiladi? Nima uchun?
Informatika oqituvchisining oquv jarayonini boshqarishi deganda nimani tushunasiz?
Informatika oqituvchisining karyerasi nima va u qanday shakllantiriladi?
2-mavzu. TALIM JARAYONIDA INNOVATSIYALAR, TASNIFI, SAMARADORLIK MEZONLARI
Reja
2.1.Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz talim tizimida informatika oqituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
2.2.Informatika oqituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini shakllantirish vositalari: innovatsion oquv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot
2.1.Innovatsion pedagogik faoliyat, uzluksiz talim tizimida informatika oqituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati. Innovatsiya (inglizcha innovation-in-kiritish, novation-yangilik, yangilik kiritish)-maqsadga qaratilgan ozgarishlar bolib, alohida olingan bir tizimni sifat jihati boyicha bir holatdan boshqa yangi holatga otkazish, uni tubdan takomillashtirish, degan manoni anglatadi [37].
Hozirgi kunda Innovatsiya atamasining tarifini turlicha talqin etishmoqda. Innovatsiya-bu pedagogik haqiqatning mumkin bolgan ozgarishlarning shunday mazmuniki, u talim va tarbiyaning avvaldan malum bolmagan, avvaldan uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogikada toligincha, shuningdek, uning alohida tashkil etuvchilariga ham tegishli bolishi mumkin (N.R.Yusufbekova).
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oqitish va tarbiya berishda avval malum bolmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning ozgarib turishi mumkin bolgan mazmuni sifatida qaraydi.
V.I.Zagvyazinskiy «yangi» tushunchasiga tarif berib, pedagogikadagi «yangi» faqatgina bu goya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalar ekanligini takidlaydi M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari ham etiborga molikdir. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi [93]:
faoliyat tuzilmasi-motiv-maqsad-vazifa-mazmun-shakl-metodlar-metodika komponentlari yigindisi;
subyektiv tuzilma-innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
mazmun tuzilmasi oquv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv(va b.)da yangilikning paydo bolishi, ishlab chiqilishi va ozlashtirilishi;
bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi-yangilikning paydo bolishi-ildam-osish-yetuklik-ozlashtirish-diffuziya (singib ketish, tarqalish) zamonaviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi boshqaruv harakatlarining 4ta turining ozaro aloqasi: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish:
tashkiliy tuzilma diagnostikalash, oldindan kora bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
A.Abduqodirov va A.Pardayevlar oz qarashlarida innovatsiyaning tortta asosiy elementlari mavjudligini korsatib berganlar. Ular: kreativlik (goyalarni yangilari bilan almashtirib turish), strategiya (ushbu goyaning jamoa faoliyatini muvofaqiyatli rivojlantirish nuqtai nazaridan yangi va foydali ekanligini aniqlash), amalga oshirish(yangi va foydali goyadan uni aniq mahsulot va xizmat korinishiga otishini taminlash) va natijaviyligi (yangi goyani amalga oshirish tufayli olingan mahsulot va xizmatlarning qiymati keskin kotarilishi yoki pasayishi mumkin) [5].
Pedagogikada absolyut(mutloq) yangilik yoq, nisbiy yangilik(mahalliy, xususiy, shartli: amalga qollanilayotganlarga bazi ozgarishlarni kiritish) va psevdoyangilik(yuzaki, mayda-chuyda ixtirochilik) bolishi mumkin.
Shunday qilib informatika oqituvchisi oz innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun [42]:
goya va fikrlarning xilma-xilligi va ozgarib turuvchanligiga;
yangilikni tez qabul qila olish (perseptiv qobiliyat);
ijodkorlik qobiliyati(kreativlik)ga;
oz-ozini tahlil qilishi va obyektiv baholash (refleksiflik)ga;
bagri kenglik, qarama-qarshilikni adolatli bartaraf eta olishga (tolerantlik);
oz emotsional holatini boshqarish (rahbar, oquvchi, ota-onalarga nisbatan), samimiylik, boshqalarga hamdardlikka (empatiya);
yangilikni amalga oshirib, oz xulosa va qarorlarini chiqara olish kabi qobiliyatlarga ega bolishi lozim.
Tadqiqotlardan shuni aytishimiz mumkinki uzluksiz talim tizimida informatika oqituvchilarining innovatsiyaga munosabat boyicha pedagoglarni besh guruhga bolish mumkin ekan:
1-guruh: novatorlar doimo yangilikni novatorlik ruhi bilan qarshi oladilar, jasorat bilan uni qollaydilar va boshqalarga ham tarqatadilar;
2-guruh: liderlar(ilgorlar) yangilikni qabul qilish va qollashda oldinda yuradiganlar va ozlari istab qollaydiganlar;
3-guruh: ortalikdagilar, birinchi bolishni ham, oxirida qolishni ham istamaydiganlar, yangilikni kopchilik qollaganidan keyingina qollovchilar.
4-guruh: oxiridan bitta oldingilar, yangilik haqida butun jamoatchilik fikrini bilib, yangi bilan eskini ortasida turib, gumonsirab, ikkilanib yangilikni qollaydiganlar.
5-guruh: oxirgilar, eskilikka ota boglanib qolgan, yangilikni hammadan keyin qollashga qaror qiladigan pedagoglar.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan talim-tarbiya jarayonida talabaga muayyan fan (mavzu) boyicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan oqitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir [50, 54].
Yuqorida keltirilgan besh guruhga mansub pedagoglar innovatsion pedagogik texnologiyalarni talim va tarbiya jarayoniga olib kirish uchun aynan oz munosabatlari boyicha harakat qiladilar va munosabatga mos natija oladilar.
Bizning vazifamiz bolajak informatika oqituvchilarini tayyorlashda ularni oxirgilar, oxirgidan bitta oldindagilar yoki ortalikdagilar qilib emas, talim-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishda liderlar va novatorlar qilib tarbiyalashimiz kerak. Liderlik va novatorlikning muhim jihatlari, talim-tarbiyaning rivojlanishdagi ornini korsatib berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |