Informatika oqituvchisining pedagogik faoliyatiga qoyiladigan talablar. V.A.Krasilnikova jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan madaniyatli yoshlarni tarbiyalashda informatika oqituvchisiga qoyilgan talablarni quyidagicha keltiradi [50].
umummadaniy tayyorgarlik: ozini-ozi qayta tayyorlash va rivojlantirishga bolgan ehtiyoji, jamiyatni madaniy rivojlanish sharoitida pedagogik faoliyatga va hayotga, ijodiy faollikka tayyorligi, telekommunikatsiya va global axborot resurslaridan foydalanish konikmalarini egallaganligi, kommunikativ jarayonni rejalashtirilgan holda tashkil eta olishi.
pedagogik faoliyat sohasida: noaniqlik sharoitlarida shaxsiy va kasbiy muammolarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yechishga tayyorligi, pedagogik faoliyat natijalarini tahlil eta olishi, togrilashi, ozini-ozi nazorat qilishi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni olib borish qobiliyatlarining mavjudligi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida zamonaviy oqituvchi pedagogik faoliyatiga qoyilgan talablar pedagogik va psixologik adabiyotlarda oz aksini topib, bizning fikrimizcha ularga [42]:
Oqituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida roy berayotgan ozgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, fan, texnika, pedagogik va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bolib, bu borada oquvchilarga togri, asosli malumotlarni bera olishi lozim.
Pedagogika, psixologiya va oz mutaxassisligi boyicha mukammal, chuqur, puxta bilimga ega bolishi, oz ustida tinimsiz izlanishi, tarbiya jarayonida oquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda oquv faoliyatini tashkil etishi lozim.
Yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qol oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur ozlashtirib olishga erishishi;
Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bolishi, shaxsiy hayotda pok, kiyinish madaniyati, ozini tushishi bilan atrofdagilarga ornak bola olishi;
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda, talim tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan, pedagogik va axborot texnologiyalari, ularning integratsiyasi imkoniyatlaridan unumli foydalana olish, ijodkorlik, tadqiqotchilik imkoniyatiga ega bolmogi lozim.
Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida informatika oqituvchisining pedagogik faoliyatiga quyidagilarni kiritamiz [42,54]:
talimda zamonaviy kompyuterlar va pedagogik texnologiyalarning funksional va didaktik imkoniyatlarini bilishi va qollay olishi;
tayyor dasturiy vositalardan foydalanib kompyuterli talim vositalarini tayyorlashning, unda pedagogik texnologiya elementlarini kiritishning nazariy va didaktik talablari va tamoyillaridan foydalanishi;
har xil oquv mashgulotlarini tashkil etishda taqdim etiladigan pedagogik texnologiya va elektron talim vositalarining talablari va tasniflash usullarini bilishi;
pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida mashgulotlarni tashkil etishda pedagogik va ergonomik talablarni hisobga olishi;
talim muassasasida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib oquv jarayonini boshqarishning avtomatlashtirish imkoniyatlari va boshqalarni bilishi zarur. Shuningdek,
oquvchilar bilim darajasini hisobga olib pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib dars otish loyihasini yaratish;
mashgulotlarda va darsdan tashqari mashgulotlarda pedagogik va axborot texnologiyalari(elektron seminar, elektron pochta, dasturiy vositalar, elektron talim resurslari, muammoli talim, modulli oqitish, oyinli texnologiyalar, interfaol metodlar va boshqa talim texnologiyalari imkoniyatlari)dan foydanishib tashkil etishni
informatika xonasini mashhulot otishga (kerakli elektron talim resurslarini, pedagogik texnologiyada qollaniladigan korgazmali, tarqatma materiallarni ) tayyorlab qoyishlarni bajara olishi, hamda:
mashgulotda qoyilgan maqsadga muvofiq 2-4 ta interfaol metodlardan axborot texnologiyalari bazasida elektron talim resurslaridan foydalanish;
elektron talim vositalarini yaratish, mavjud pedagogik texnologiya elementlarini oqitiladigan fanga moslab qollash, kerak bolganda ijodiy ozgarishlar qilish tajribalariga ega bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |