Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida toplangan dalillarning tizimli yigindisi bolib, unda oquvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga oquvchi haqidagi asosiy malumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari orin oladi.
Oquvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga orgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uygotish) hosil qilish, oz mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi.
Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, malum xulosalarga kelish kabi konikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan talim muammoli talim deb ataladi. Informatika talimida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qoyiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi.
3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi. Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Talim sohasida metod oqituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yigindisidir [87, 29].
Talim berish usuli-belgilangan talim berish maqsadiga erishish boyicha talim beruvchi va talabalarning birgalikdagi ozaro faoliyatini tartibli tashkil etish yoli
3.1-rasm. Informatika talimi metodlari
Informatikadan talim berish maqsadiga erishish uchun oqituvchi va oquvchining birgalikdagi ish faoliyatida ananaviy, noananaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).
Talim metodlari deganda, organilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boyicha oqituvchining orgatuvchi ishi va talabalar oquv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Talim markazida oqituvchi turgan, muayyan muddatga moljallangan, talim jarayoni koproq oqituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat talim jarayoni ananaviy (subyekt-obyekt munosabati), talim markazida talaba turgan talim jarayoni noananaviy (subyekt-subyekt) talim jarayoni deb yuritiladi.
Ananaviy talim metodlariga maruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noanaviy talim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan oqitish, elektron talim manbalari asosida oqitish, muammoli, modulli, masofali oqitish, oqitishda oyinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
Passiv uslubda “obyekt sifatida faqat koruvchi va eshituvchi bolib, asosiy ishtirokchi shaxs oqituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda oquvchi subyekt sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.Oqituvchi va oquvchining ozaro tasiri kuchayib, sustlar faollashadi
3.2 - rasm. Informatikani oqitishda oqituvchi va oquvchilarning ozaro tasiri.
Interfaol uslubda ozaro faol bolish, tasir etish kuchayadi. Bunday talimda oituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, oquvchilarning hamkorlikda oqiydilar, organadilar.
Interfaol inglizcha interact ozaro tasirlanish (yoki interaction ozaro tasir) sozidan olingan bolib, biror faoliyat yoki muammoni ozaro muloqotda, ozaro muomalada, ozaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noananaviy oqitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qollanib kelinmoqda.
Interfaol talim talabalarning bilim, konikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni ozlashtirish yolidagi ozaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi talim.
Interfaollik talabalarning bilim, konikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni ozlashtirish yolida birgalikda, ozaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), ozaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Eng ommaviy interfaol talim texnologiyalari quyidagilar sanaladi:
Interfaol metodlar: Keys-stadi (yoki Oquv keyslari), Blits-sorov, Modellashtirish, Ijodiy ish, Munosabat, Reja, Suhbat, Assesment, FSMU, Kubik va b.
Strategiyalar: “Aqliy hujum, Bumerang, Galereya, Zig-zag, Zinama-zina, Muzyorar, Rotatsiya, T-jadval, Yumaloqlangan qor va h.k.
Grafik organayzerlar: Baliq skeleti, BBB, Konseptual jadval, Venn diagrammasi, Insert, Klaster, Nima uchun?, Qanday? va boshqalar [5,27, 29].
Do'stlaringiz bilan baham: |