15.2. Baholash mezonlari. Baholash mezonlari va korsatkichlari yetarlicha aniq, olchash imkoniyati mavjud, uni talabalar va ota onalar tushuna oladigan bolishi kerak. Ozbekiston respublikasi oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi togrisidagi nizomda baholash mezonlari namuna sifatida korsatib otilgan [59].
Nizomda talabalarning bilim darajasi alo (86-100 ball), yaxshi (71-85 ball), qoniqarli (56-70 ball) mezonlar asosida baholanishi korsatilgan.
Umumiy orta lalim jarayonida baholash 5 ‒ a’lo, 4 ‒ yaxshi, 3 ‒ qoniqarli, 2 ‒ qoniqarsiz ko‘rinishida qoyiladi.
Informatika fani o‘qituvchilari mavzularni baholashda quyidagi umumiy mezonga asoslanadi [29]. (15.1-jadval).
Baholash mezonlari. 15.1-jadval
№
|
Mezonlar
|
Baho
|
|
Informatikadan o’tilgan mavzu mazmunini chuqur va to‘la egallab olgani, o‘quv materialidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidani ajrata bilganligi, o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikrlab javob qila olgani, aytilgan tarif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni togri uslubda, ijodiy, ishonchli va bexato bolishi.
|
alo
|
2
|
Informatikadan organilishi lozim bolgan oquv materialining mazmunini chuqur va tola ozlashtirgani, organilgan tushunchalar tariflarni, togri bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bolganligi. Lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yol qoyilganligi.
|
yaxshi
|
3.
|
Informatikadan oquv materialidagi asosiy boglanish va qoidalarni organganligi, tushunganligi, lekin tushunchalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yol qoyilishi, aytadigan fikrni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yoqligi. Javob togri bolsa ham, u alohida, tarqoq fikrlardan iborat bolishi. Javob berishda ikkilanish borligi, kop hollarda talim beruvchining yordami bilan javob berishi.
|
qoniqarli
|
4.
|
Informatikadan tizimsiz, tarqoq bilimlarga ega bolganligi. Nazariy va amaliy topshiriqlar mazmunining bir‑biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qopol xatolarga yol qoyishi. Axborot texnologiyalaridan yod olingan iboralarni takrorlay olishi, lekin, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajara olmasligi.
|
qoniqar-siz
|
Yuqorida keltirilgan umumiy baholash mezonidan kelib chiqib, amaliy va laboratoriya mavzuning xususiy baholash mezonlarini ishlab chiqish mumkin [29].
Do'stlaringiz bilan baham: |